12-mavzu. Ta’limda kredit texnologiyalari Reja


Modul-kredit tizimi - har bir o‘quv fani (moduli)ning talabalar tomonidan ma’lum miqdordagi kredit birliklari asosida o‘zlashtirilishini ta’minlovchi tizim



Yüklə 35,37 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü35,37 Kb.
#156065
1   2   3   4
12-mavzu. Ta’limda kredit texnologiyalari

Modul-kredit tizimi - har bir o‘quv fani (moduli)ning talabalar tomonidan ma’lum miqdordagi kredit birliklari asosida o‘zlashtirilishini ta’minlovchi tizim.
Kredit birliklarining soni talabalar tomonidan sarflanadigan mehnat sarfiga mos holda belgilanadi. Talabaning mehnat sarfi - auditoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ishlar va o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. O‘quv fani (moduli)ni o‘rganish uchun talaba tomonidan sarflangan umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya va mustaqil ish soatlari) bir o‘quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi lozim. Ayni o‘rinda aytib o‘tish zarurki, kreditlar auditoriya soatlari bilan chegaralanib qolmay, balki talabaning auditoriyadan tashqari sharoitda ham o‘quv fani (moduli)ni o ‘zlashtirish uchun sarflaydigan yuklamani ham inobatga olgan holda belgilanadi.
YeSTS kredit texnologiyasiga o‘tishdan ko‘zlangan maqsad talabalarga xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish; muayyan davlatdagi mavjud ta’lim olish muddatining xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash; Yevropa oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalarini o ‘rganish va shu asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish; talabalar qobiliyatini to‘la rivojlantirish va o ‘qitishning yuqori natijalariga erishish.
Modul-kredit tizimi ham muayyan tamoyillarga tayanadi. Ular:
1. Transferancy - YeSTS tizimiga xohlagan shaxs yoki tashkilotning to‘siqsiz kirishiga shart-sharoit yaratish. Ushbu shart-sharoit kuchli axborot targ‘iboti vositasida yaratiladi, uning natijasida umumiy yangilik, aniqlik va ochiqlik muhiti shakllantiriladi.
Axborot targ‘iboti quyidagilarni o ‘z ichiga oladi: 1) almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning o ‘qish natijalari haqida bir-biriga o‘z vaqtida axborot etkazib turish; 2) oliy o ‘quv yurtlarining o ‘z axbrot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniyatlarini o‘rganish; 3) oliy o ‘quv yurtlarida, YeSTS haqida to‘la ma’lumotlarning mavjudligi.
2. Agreement - talaba bilan ikkala oliy ta’lim muassasasining YeSTS koordinatorlari orasida tayyorlash mazmuni, o ‘quv tartibi va muddatlari, attestatsiya tadbirlari, o‘quv rejalaridagi farbini bartaraf etish tartiblari haqida o ‘zaro kelishuvlarini anglatadi.

Yüklə 35,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə