12-mavzu. Ta’limda kredit texnologiyalari Reja


Sredits - Host (talaba qabul qiladigan)



Yüklə 35,37 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü35,37 Kb.
#156065
1   2   3   4
12-mavzu. Ta’limda kredit texnologiyalari

3. Sredits - Host (talaba qabul qiladigan) universitetida muvaffaqiyatli o‘tilgan barcha fanlar Post (talabani boshqa OTMga yuborgan) universitetda hisobga olinishi zarur.
4. Ta’limning insonparvarlashuvi - shaxsning turli ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va ta’lim jarayonida inson qobiyatining ochilishini anglatadi. YeSTS ta’limni davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasini, o‘quv fanlarini va o‘qituvchilarni tanlish imkoniyatini beradi.
5. Ta’limning individuallashtiruvi har bir talabaning individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70 % ni, majburiy fanlar esa 30 % dan oshmaydi. Talabaning mustaqil ish hajmi 70 % ni, auditoriyadagi ishi esa 30 % ni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 6. Ta’limning samaradorligi guruhda individual o‘qitishli auditoriya mashg‘ulotlari va talabaning mustavqil ishlarini uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Auditoriya o‘quv vaqtining 70% gacha qismini individual o‘qitishga, shuningdek umumiy o‘quv vaqtining 70%gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi o‘quv fanlarining talabalar tomonidan o‘z qobiliyatlari darajasida o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Bu asosida ta’limning samaradorligi ta’minlanadi.
Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, OTMning jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari - YeSTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
O‘quv rejasi bo‘yicha barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi:
1) majburiy fanlar;
2) talaba tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan fanlar.
Ular taxminan 1:2 nisbatda bo‘ladi.
Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘lishi zarur. Qolaversa, talaba har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qituvchini tanlash huquqiga ega.
Modul-kredit tizimi uchun har bir semestrda o‘rganiladigan fanlarning soni kamida 3 ta, ko‘pi bilan 7 ta bo‘lishi, mustaqil ishga ajratilgan soatlarning auditoriya soatlaridan ko‘pligi o‘ziga xos jihatlar sanaladi.
Modul-kredit tizimi bo‘yicha tashkil etiladigan ta’lim uchun ham ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejasi ta’lim jarayoni uchun asosi bo‘lib xizmat qiladi. Aynan o‘quv rejasiga muvofiq o‘quv faoliyatining turlari bo‘yicha talabalar tomonian sarflanadigan mehnat sarflari aniqlanadi. O ‘quv faoliyati turlari bo‘yicha mehnat sarflarini hisoblash taxminan shunday kechadi (1-jadval):

Yüklə 35,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə