Farg’ona politexnika instituti



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə1/128
tarix23.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#156143
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
61dbf70ca843b9.33574334







SO„Z BOSHI


So‗nggi yillarda Respublikamiz Oliy o‗quv yurtlarida jiddiy o‗zgarishlar kuzatilmoqda. Oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarida fanilarni o‗qitish va uning uslubiyatiga yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda.


Ishlab chiqarishning texnik darajasi o‗sishi natijasida, texnologik jarayonlarni samarali boshqarishda yangi turdagi mashinalar, apparatlar va o‗lchash vositalaridan foydalanilmoqda.
Ushbu O‗quv qo‗llanma 2-qismdan iborat bo‗lib, har bir qismda mavzuga tegishli o‗lchash asboblari va vositalarining tuzilish hamda ishlash prinsiplari bayon etilgan.
Ushbu o‗quv qo‗llanmada metrologiya asoslari, elektrik, noelektrik kattaliklarni o‗lchash usullari, texnik vositalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy metrologik xossalari, afzalliklari hamda ularning kamchiliklarini bartaraf etish yo‗llari batafsil yoritilgan.
Kitobdagi ma‘lumotlar hozirgi zamon metrologiyasi hamda elektr o‗lchashlariga doir bo‗lib, ularning texnik yechimlari xalq xo‗jaligida keng qo‗llanilayotgan axborot-o‗lchash tizimlari va majmualaridagi elektrik va noelektrik kattaliklarni o‗lchashda ishlatilayotgan birlamchi o‗lchash o‗zgartkichlari – datchiklarning xossalari, ularning o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganishga bag‗ishlangan.
Amaliy va laboratoriya ishlari nazariy bilimlarning mazmun- mohiyatini yanada chuqurroq tushunishga hamda mustahkamlashga imkon beradi. O‗z-o‗zini sinash savollari, masalalar, referativ mavzular talabalarning mustaqil ta‘lim olishi va fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Talabalarni O‗zbekistonda elektr o‗lchashlar yo‗nalishida olib borilayotgan ilmiy - tadqiqot ishlaridan ma‘lum darajada xabardor qilish maqsadida mavzyga tegishli fan dasturi doirasidagi umumiy ma‘lumotlardan tashqari o‗zbekistonlik olimlar yaratgan o‗lchash o‗zgartkichlari va asboblarining konstruksiyalaridan namunalar berib borilgan.
Ushbu ma‘lumotlardan ―Telekommunikatsiyalar‖ – ta‘lim yo‗nalishining talabalari ―Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish‖ fanining ―Metrologiya‖ asoslarini o‗rganishlarida va ish faoliyatlarida, undan tashqari sohaviy malaka oshirish kurslarida foydalanish mumkin.
O‗quv qo‗llanma ba‘zi kamchiliklardan holi bo‗lmasligi sababli qo‗llanmaning keyingi nashrlarida fikr va mulohazalaringiz inobatga olinadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə