11-mavzu: O’zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari 1946-1991 yy


Tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalar



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə3/11
tarix11.06.2022
ölçüsü120,5 Kb.
#89321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
11-mavzu O’zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimo

Tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalar. Sharof Rashidov-davlat va jamoat arbobi.
Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga O‘zbekiston o‘z hissasini qo‘shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. 1958 yili O‘zbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chiqargan bo‘lsa, 1970 yil 76 mamlakat bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Chet davlatlarga mahsulot chiqarishda O‘zbekiston sobiq Ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o‘rinda turdi. Qorako‘l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi to‘rt qit’aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming afsuski, bu mahsulotlar O‘zbekiston nomidan emas “SSSRda ishlangan” degan tamg‘a bilan dunyoga tanildi.
Andijon mashinasozlik zavodining mahsulotlari 44 mamlakatga, Toshkent kabel zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati 20, Samarqanddagi “Kinap” zavodi 30 mamlakatga o‘z mahsulotini chiqardi. Ko‘p yillar davomida paxta tashqi bozorga chiqarilgan asosiy mahsulot bo‘lib, 1953 yildan boshlab O‘zbekiston paxtasi Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika, Suriya kabi paxta yetishtiruvchi mamlakatlarning raqobatini yengib yirik kapitalistik davlatlar bozoriga chiqdi va jami 35 davlatning bozorini egalladi.
1960-70 yillari O‘zbekiston Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun minglab Oliy va o‘rta ma’lumotli mutaxassislar va malakali ishchi kadrlar tayyorlab berdi. 1961 yili Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) qoshida chet elliklar uchun tayyorlov bo‘limi ochildi. O‘zbekistonning minglab mutaxassislari ko‘pgina mustaqillikka erishgan mamlakatlarning iqtisodiyotini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shdi. O‘zbekistonlik mashinasozlar, paxtakorlar, suv xo‘jaligi inshootlari va ipakchilik mutaxassislari ko‘p mamlakatlarda o‘zlarining boy tajribalarini tashviqot qildilar. Misrdagi Asvon va Xelvonn suv inshootlari, Afg‘onistondagi Jalolobod kanali va Kubadagi sanoat qurilmalarida O‘zbekiston mutaxassislari ham ishtirok qildilar.
“Feodalizmdan sotsializmga sakrab o‘tish mumkinligi to‘g‘risidagi marksistik ta’limotni” O‘zbekiston misolida isbotlash maqsadida, Osiyo va Afrika davlatlari uchun sotsializmning tajriba maktabi sifatida uning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengaytirildi, delagatsiyalar almashish borasida ishlar jonlantirildi.
1947-1955 yillari dunyoning 46 mamlakatlaridan, shu jumladan ilg‘or taraqqiy etgan davlatlardan 180 delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ana shu davrda sobiq ittifoqning delegatsiyalari tarkibida 200 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari xorijiy mamlakatlarda bo‘lib qaytdi. Bundan tashqari sa’nat va adabiyot xodimlari o‘rtasida delegatsiyalar almashildi. Bu tadbirlar natijasida bizning o‘lkada “kazarma sotsializmi” o‘rnatilgani ham oshkora bo‘ldi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Oliy sudining a’zosi Uilam Duglas O‘zbekistonda bo‘lib qaytgandan keyin “Luk “ jurnalida O‘rta Osiyo respublikalaridagi hayotda Fransiyaning mustamlakachilik tamg‘asi ko‘rinayapdi deb yozadi. Mahalliy matbuotda bunga tuxmat deb qaraydi.
O‘zbekiston xalqaro birodorlashgan shaharlar uyushmasiga a’zo bo‘ldi. Toshkent, Pokistonning Karachi, Liviyaning Tripoli, Hindistonning Patiala, AQShning Sietl, Marokashning Marokash, Yugoslaviyaning Skople shaharlari bilan birodarlashdi. O‘sha davrning muhim muammolari bo‘yicha Toshkentda xalqaro yig‘inlar, uchrashuvlar va ilmiy kengashlar chaqirildi. Jumladan, 1959-72 yillarda o‘ttizdan ortiq ilmiy sessiya va kengashlar bo‘lib o‘tdi. 1958 yilni kuzida Toshkentda 37ta Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining anjumani o‘tdi va bu yerda “Toshkent ruhi” yuzaga kelib, xalqaro miqyosda O‘zbekistonning mavqeini oshirdi.
O‘zbekiston chet davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini kengaytirish, uni samarali olib borish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lsa ham bu imkoniyatdan to‘la foydalana olmasdi.
Vaholanki, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasining 76, 77,112, 122 moddalariga ko‘ra O‘zbekiston chet davlatlar bilan alohalar o‘rnatish, diplomatlar va elchilar tayinlash va chaqirib olish huquqlariga ega va xalqaro tashkilotlar bilan mustaqil aloqalari o‘rnatish mumkin. Lekin, amalda respublikaning xalqaro munosabatlari markazda rejalashtirilib, chizib berilgan doirada olib borildi. Chet davlatlardan birorta delegatsiyaning qabul qilinishi, jumhuriyatda o‘tadigan uchrashuvlar, kengashlar, anjumanlar uchun “markazdan” ruxsat shart edi. Ittifoqchi respublikalarning, jumladan, O‘zbekistonning teng huquqligi va mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunlar aslida qog‘ozda qoldi.



Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə