1. Tizimning makroskopik xususiyatlarini o‘rganishda statistik va termodinamik



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#137775
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
USA5hO588B5A7c58Y3DpPiHgR9SClmhOrwuMQmWF




 
1.Tizimning makroskopik xususiyatlarini o‘rganishda statistik va termodinamik 
usullar. 
2. Ideal gaz qonunlari. 
3. Ideal gazning holat tenglamasi. 
4. Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. 
5. Ideal gaz molekulalarining tezlik va energiya bo‘yicha taqsimoti. 
6. Potensial kuchlar ta’sirida ideal gaz molekulalarining taqsimoti. 
7.Gaz molekulalarining o‘rtacha to‘qnashishlari soni va o‘rtacha erkin yugurish 
yo‘li. 
8. Muvozanatda bo‘lmagan tizimlarda ko‘chish hodisalari. 
Bu mavzuda biz molekulyar kinetik nazariya va termodinamika asoslarini 
o‘rganamiz. Ma’lum bir tuzimning holatini (yoki mavjud bo’lishini) tushunish 
uchun, masalan idishdagi gazni, mikroskopik yoki makroskopik nuqtai nazardan 
yondashishimiz mumkin. Mikroskopik yondashuv bilan , tizimni tashkil etuvchi 
ko‘plab atom va molekulalarni o‘rganamiz, u kinetik nazariya asosida 
tushuntiriladi.Makroskopik qarashda esa, biz bevosita o‘z sezgi organlarimiz orqali 
his qilgan holda, o‘lchashlarni amalga oshirishimiz mumkin. Jarayonlarni 
makroskopik kattaliklar yordamida o‘rganishni termodinamika tushuntiradi.
 
1.Tizimning makroskopik xususiyatlarini o‘rganishda statistik va 
termodinamik usullar. 

Molekulyar fizika
– barcha jismlar doimo tartibsiz harakatda bo‘lgan atom 
yoki molekulalardan iboratdir, degan molekulyar-kinetik tushunchalarga 
asoslangan, moddalarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganuvchi fizikaning 
bo‘limidir. 
 
Juda ko‘p miqdordagi molekulalarning o‘zaro ta’siri, holatiga bog‘liq 
qonunlar – 
statistik usullar
orqali o‘rganiladi.U tizimni to’la xarakterlovchi 
fizikaviy kattaliklarning statistik qonuniyatlari va o’rtacha qiymatlariga asoslanadi. 
Termodinamika
– termodinamik muvozanat holatlarida va bu holatlarga 
o‘zaro o‘tish jarayonlarida bo‘lgan makroskopik tizimning umumiy xususiyatlarini 
o‘rganadi. Shu jarayonlar asosini belgilaydigan mikrojarayonlarni termodinamika 
o‘rganmaydi va shu bilan statistik usuldan farq qiladi. 
Termodinamik tizim
– makroskopik jismlar majmuasidan iborat bo‘lib, bu 
jismlar doimo o‘zaro ta’sirlashadilar va nafaqat o‘zaro, balki tashqi muhit bilan 
ham energiya almashib turadilar.
Temperatura 

moddaning isitilganlik darajasini ko‘rsatuvchi fizikaviy 
kattalikdir va makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini 
xarakterlaydi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə