1. Sog'lom turmush tarzining ahamiyati Oila byudjetini to'g'ri taqsimlash


Aholini yaxshi, sifatli toza ichimlik suvi bilan ta'mialash



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə3/6
tarix21.02.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#101162
1   2   3   4   5   6
INSON SOG\'LOM TURMUSH TARZIDA EKOLOGIK TABIIY OZIQ OVQAT MAHSULOTLARINING ROLI

4.Aholini yaxshi, sifatli toza ichimlik suvi bilan ta'mialash.
Mintaqaviy aholisining o'ziga xos xususiyatlarga, ega bo'lgan sog'lom turmush tarzining muhim omili bo'lib hisoblanadi. Gigiena qoidalariga ahamiyat bermaslik natijasida respublikada ichak kasalliklarini 70-80% hovuz-ariq va kanal suvlarini ichish, 8-13% infeksiyali ariqlarda cho'milish orqali sodir bo'lishini e'tiborga olsak, bu sohada hali aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishimiz kerakligi aniq bo'ladi.
5. Aholini sanitariya-gigiena jihatdan tarbiyalash. Katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnatning ustuvorligi aholining kam harakat qilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanmasligi, tozalikka rioya etmasligi sog'lom avlodni voyaga yetkazishimizga to'sqinlik qilmoqda. 60% oilalarda ota-onalar farzandlarining shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilmaydilar.
6. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish. Kishilarni, ay­niqsa yosh avlodni sog'lom, harkamol bo'lib voyaga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarga hayotda to'laroq va faolroq ishtirok etishga, o'zlarining bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga imkon beradi. Odamlarning jismoniy tarbiyasi rahharlarning e'tiboridan chetda qolib ketsa, jumladan, hordiq chiqarish uchun istirohat bog'lari yaroqsiz bo'lsa, iqtisodiy qiyinchiliklarni ro'kach qilib kino teatrlar yopib qo'yilgan bo'lsa, yoshlarga bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazish uchun oilada va jamoatchilikda imkoniyat yaratilmasa, ular bo'sh vaqtidan qanday foydalanayotganligini hech kim nazorat qilmasa, dunyoqarashi to'la shakllanmagan yoshlar hayotdagi "oq" va "qora"ni to'la ajrata olmaganligi tufayli qilgan jinoyatining mazmun-mohiyatini tushunmasdan shu yo'lga kiradi.
7. Ma'naviy kamolot. Biz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan birga, ularning oldilariga qo'yilgan aniq ijtimoiy maqsadga erishish ruhida tarbiyalashimiz kerak.
8. Sanitariya-gigiena madaniyati. O'zining gigienik buyumlariga ega bo'lish, undan to'g'ri foydalana olish, oiladagi sharoit ham mana shu sanitariya-gigiena talablariga javob berishiga erishishi lozim bo'ladi.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə