1-Seminar ishi rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim va tarbiya (esse, venn diagrammasi usullari asosida) Ishning maqsadi



Yüklə 37,27 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü37,27 Kb.
#180575
  1   2   3   4   5
1-seminar uzb


1-Seminar ishi
RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM VA TARBIYA (ESSE, VENN DIAGRAMMASI USULLARI ASOSIDA)


Ishning maqsadi:
1. Talabalarning rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim tizimi haqida tushunchalarini shakllantirish.
2.Uzluksiz ta’limning tuzilishi haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.
3. O‘qitishning asosiy funksiyalarini umumlashtirib, tizimlashtiring.
4. Pedagogik jarayonda ta’limning o’rni haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish.
5. Ushbu mavzu bo'yicha olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash


Vazifalar:
1.Talabalarda ilmiy matnlarni qayta ishlash, materialni umumlashtirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish malakalarini shakllantirish;
2. bilimlarni o'zlashtirishda mustaqill, ijodiy tashabbusni rivojlantirish;
3.tinglovchilar oldida fikr yuritish va o‘z nuqtai nazarini himoya qilish.


Nazariy qisim
Tayanch so'zlar AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Talim jarayoni, ta'lim bosqichlari, BMT, Yunesko, Yunisef, boshlang'ich ta'lim, o'rta ta'lim, magistratura, doktorantura 2yillik ta'lim, 9 yillik ta'lim, 11 yillik ta'lim va h.k
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda o’rta ta`limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi jahon tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi isloxotlarni uz boshidan kechirayotgan bizning ta`limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega.
Xalq ta`limi tizimlarida jahon ta`lim tizimini o’rganish bilan shug’illanuvchi muassasalar xam tashkil topmoqda. Jahon ta`limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya ta`lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro ta`lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’kuv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish ta`lim oluvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir.
“Yangi dunyo”ning pedagogik g’oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga xam sezilarli ta`sir etdi. Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan kimyo, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv Dasturlari ham amalga oshirildi. Bu o’kuv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.

Yüklə 37,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə