1-Seminar ishi rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim va tarbiya (esse, venn diagrammasi usullari asosida) Ishning maqsadi



Yüklə 37,27 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü37,27 Kb.
#180575
1   2   3   4   5
1-seminar uzb

Fransiya boshlang’ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo’linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir qator farqlar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta`lim maktablarining yangi musiqa ta`limi o’quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan.
Shuni ta`kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80- yillarda tabiiy ilmiy ta`lim dasturi tarkibiga fizika, kimyo, biologiya, ba`zi hollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda to’liqsiz o’rta maktablar o’quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
Ta`lim oluvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta`lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta`lim jarayonida sinf ta`lim oluvchilarini uch tabaqaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular quyidagilar :
1.Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan ta`lim oluvchilar.
2.Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil ta`lim oluvchilar.
3.Gegeron — barcha predmetlarni har xil saviyada o’zlashtiradigan ta`lim oluvchilar va hokazo.
Germaniya maktablarida sinfda ta`lim oluvchilar sonini qisqartirish sari yo’l tutilgan. Bunday ta`lim oluvchilarni – har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Topshiriqlarni ta`lim oluvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u pedagogdan konsultatsiya oladi.

Yüklə 37,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə