1. Oliy nerv faoliyatining tiplari. Temperament va ko’rinish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#151086
  1   2   3   4   5

JDPU 1Kurs Amaliy
psixologiya
yo‘nalishi
903 -guruh talabasi
Shodmonova o’g’iloyning
Oliy nerv faoliyati va
markaziy nerv
sistemasi fiziologiyasi fanidan
tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu: Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash .
Reja:
1.Oliy nerv faoliyatining tiplari.
2.Temperament va ko’rinish.
3.Sangivinik haqida tushuncha.
Shodmonova O’g’iloy
Tashqi olamning ob`ektiv realligini ongda aks ettiradigan fiziologik mexanizmlarni ochib berish fiziologiyaning vazifasidir.
Voqelikni aks ettirish formalari taraqqiyotning turli bosqichlarida turlichadir. Sezgilar, idroklar, tasavvurlarda o`z ifodasini topadigan konkret hissiy in`ikos soddaroqdir. Tashqi olamning abstrakid-umumlashtirilgan in`ikosi beqiyos murakkab bo`lib, logik tafakkurda, ya`ni odam miyasining abstraklovchi ishi asosida vujudga keladigan tushuncha, muhokama xulosalarda o`z ifodasini topadi.
Oliy nerv faoliyatini o`rganish tashqi olamning miyada aks etishiga yordamidagina ko`pgina fiziologik mexanizmlarni bylib olish imkoniyatini tugdiradi.
Tashqi olam va organizmning holati birinchi signal sistemasi tufayli konkret -hissiyotni in`ikos etadi, ya`ni sezgilar, idroklar, tasavvurlar hosil bo`ladi. Nerv sistemasi bo`lgan hayvonlarda retseptorlarning qo`zg`alishi nerv markazlariga nerv impulslarini o`tishi nerv markazlarining qo`zg`olishi sezgalarning fiziologik negizi hisoblanadi.
Ayni vaqtda organizm retseptorlariga ta`sir etuvchi buyum va hodisalarning ayrim xosalari o`g`risida signallar olib turadi.
Nerv sistemasining rivojlanishi jarayonida sezgilarning mexanizmi murakkablashadi, sezgilar murakkab nozik va aniq bo`lib qoladi. Voqelikni aks ettirishning boshqa hamma formalari, jumladan idrok va tasavvurlar sezgilar asosida kelib chiqadi. Sezgilarga qarama - qarshi o`laroq idrok butun buyumni xossalarining yig`indisi sifatida aks ettirishdan iborat. Narsa yaxlit, bir butun va shu bilan birga bir qadar bo`lishgan holda idrok etiladi. Bu katta yarim sharlar yustlog`ining analitik sintetik faoliyatiga bog`liq. Buyum va xodisalarning turli xossalari idrok etganda miya po`stlog`ining ko`p markazlari bir yo`la qo`zg`aladi. Ana shu nuqtalari orasida vaqtinchalik bog`lanishlar vujudga keladi. Vaqtinchalik aloqa -eng muhim fiziologik hodisa shu bilan birga psixik xodisa hamdir ya`ni assotsiativ bog`lanish psixik hodisaning o`zginasidir. Bir buyum yoki hodisaning o`zidan ko`p marta signallar olish asosida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Miya po`stlog`ida qo`zg`olishning yoyilishi tufayli narsa hodisa tushuniladi. Keyingi idroklar protsessida buyumning ayrim xossalari differentsiallanadi- bir biridan ajratiladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə