1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə7/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
TBA MARUZA

Toʻqimalar — kelib chiqishi, tuzilishi va faoliyati jihatidan bir xil boʻlgan hujayra va hujayradan tashqari moddalaming tarixan tashkil topgan yigʻindisidan iborat. Organizmda 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi, mushak va nerv toʻqima tafovut qilinadi.
1. Epiteliy toʻqima (textus epithelialis) bazal membranada yotgan hujayralar qatlamidan iborat boʻlib, uning ostida yumshoq tolali biriktiruvchi toʻqima joylashgan. Bu hujayralar tana yuzasi (teri) va shilliq pardalami qoplab oiganizmni tashqi muhitdan ajratib himoya vazifasini bajaradi. Epiteliy ichki va tashqi sekretsiya bezlarini bez toʻqimasini ham hosil qiladi. Epiteliy bir qavatli va koʻp qavatli boʻladi. Bir qavatli epiteliy shakl jihatidan silindrik, kubsimon va yassi turlaiga boʻlinadi.
2. Ichki muhit toʻqimasi (tayanch-trofik va himoya toʻqimalari, biriktiruvchi toʻqima) mezenximadan hosil boʻlib, uning tarkibiga qon, limfa va biriktiruvchi toʻqima kiradi. Biriktiruvchi toʻqima tuzilishi va faoliyati jihatidan turlicha. Ular hujayralar, kollagen, elastik, retikular tolalardan iborat hujayralar aro modda va asosiy moddadan tashkil topgan. Biriktiruvchi toʻqimaga xususiy biriktiruvchi toʻqima, togʻay va suyak toʻqimalar kiradi. Xususiy biriktiruvchi toʻqima yumshoq va zich tolali biriktiruvchi toʻqimaga boʻlinadi. Biriktiruvchi toʻqima tayanch, himoya va trofik (oziqlantiruvchi) vazifalarni bajaradi.
Yumshoq biriktiruvchi toʻqima fibroblastlardan tashkil topgan, u boshqa turdagi toʻqimalami bir-biriga bogʻlaydi, a ʻzolar tarkibidagi boʻshliqlami toʻldiradi. Bu toʻqima koʻproq qon tomirlar atrofida joylashadi. Yogʻ toʻqima yumshoq tolali biriktiruvchi toʻqima hujayralari sitoplazmasida yogʻ kiritmalari toʻplanishidan hosil boʻladi. U teri ostida, koʻproq qorinparda ostida, charvida va buyrak atrofida hosil boʻladi. Zich biriktiruvchi toʻqima shakllanmagan koʻp sonli zich chatishgan tolalar va ular oʻrtasidagi oz sonli hujayra elementlaridan tashkil topgan (terming to ʻr qavati). Shakllangan zich biriktiruvchi toʻqima tolalari dasta shaklida maʻlum bir tartibda va yoʻnalishda joylashishi bilan farq qiladi (boylamlar, paylar). Oiganizmda tayanch vazifasini bajaradi.
Togʻay toʻqima guruh boʻlib joylashgan 2—3 ta togʻay hujayralari (xondrositlar) va gel shaklida joylashgan asosiy moddadan iborat. U gialin va elastik togʻaylaiga boʻlinadi. Gialin togʻay xira shisha koʻrinishida boʻlib, tashqi tomondan togʻay usti pardasi bUan qoplangan. Ular suyaklaming boʻgʻim togʻaylarini, qovurgʻalaming togʻay qismini, nafas yoʻllarining togʻayini hosil qiladi. Kollagen tolali togʻay toʻqimasining asosiy moddasida kollagen tolalar koʻp boʻlib, togʻayni mustahkamligini ta ʻminlaydi. Ular boʻgʻim ichi diski, menisklar va umurtqalararo diskning fibroz halqasini hosil qiladi. Elastik togʻay toʻqimaning asosiy moddasida koʻp sonli chatishgan elastic tolalar boʻlib, sariq rangga ega. Ular hiqildoq usti togʻayi va quloq suprasi togʻayini hosil qiladi. Suyak toʻqima oʻzining mexanik xususiyatlari bilan farq qiladi. U ossein tolalari va noorganik tuzlari boʻlgan ohaklangan hujayralar aro modda ichida joylashgan suyak hujayralaridan tashkil topgan. Suyak toʻqima organizmdagi eng qattiq va pishiq toʻqimadir.
3. Mushak toʻqima (textus muscularis) odam organizmida harakatni vujudga keltiradi. U qisqaruvchi miofibrillardan tashkil topgan. Mushak toʻqima silliq va koʻndalang-targʻil mushaklarga boʻlinadi. Silliq mushak toʻqima duksimon shakldagi hujayralardan tashkil topgan boʻlib, qon tomirlar va naysimon ichi boʻsh aʻzolar (meʻda, ichaklar va boshqa) devorida uchraydi. Silliq mushaklaming qisqarishi ixtiyordan tashqari boʻUb, ularni vegetativ nerv tizimi innervatsiya qiladi. Koʻndalang-targʻil mushaklar skelet mushaklarini va baʻzi bir ichki a ʻzolar (til, halqum, qiziloʻngachning yuqori qismi) tarkibiga kiradi. Ular koʻp oʻzakli murakkab tuzilishga ega boʻlgan koʻndalang-taigʻil mushak tolalaridan iborat. Ulaming qisqarishi odam ixtiyori bilan boshqariladi.
4. Nerv toʻqima (textus nevrosus) nerv hujayralaridan va neyrogliyadan iborat. Nerv hujayrasi tanasining (uzun neyrit yoki akson) va qisqa (dendrit) shoxlari bor. Akson boʻylab nerv impulslari ishchi aʻzolaiga yoʻnaladi Dendritlarning uchlari taʻsimi qabul qilib, hujayra tanasiga oʻtkazib beradi. Aʻzo va aʻzolar tizimi Aʻzolar (organon—qurol degani) organizmning ajralmas bir qismi boʻlib, ular m a ʻlum bir shaklga ega va maʻlum bir vazifani bajaradi, shuningdek, gavdani tashqi muhitga moslashtiradi. Aʻzolar organizmning evolutsion rivojlanish jarayonida mavjud muhitga moslashgan holda saqlanishga, koʻpayishga va hayot kechirishga moslashib rivojlanadi. Aʻzolar organizmdan tashqarida hayot kechira olmaydi.
Aʻzolaming tu z ilishi va vazifalari bir-biriga uzviy bogʻliq. Shuning uchun aʻzolaming tuzilishi va shaklining oʻzgarishi ulaming faoliyatiga va aksincha ulaming faoliyati oʻzgarishi aʻzolar hajmi va tuzilishiga ta ʻsir etadi. Bundan tashqari, aʻzolaming tuzilishi, shakli va vazni odam jinsi va yoshiga qarab oʻzgarib boradi. Baʻzan aʻzolar oʻsishi davrida oʻzining odatdagi tuzilishi va shakliga ega boʻlmay qolsa, gʻayritabiiy (anomaliya) holat vujudga keladi. Aʻzolar, odatda, bir necha toʻqimadan iborat boʻlib, ulardan bittasi koʻproq boʻladi. U a ʻzoning tuzilishi va faoliyatini belgilaydi. Masalan: skelet mushagi faqat koʻndalangtargʻil mushak toʻqimadan iborat boʻlmay, uning tarkibida turli xil biriktiruvchi toʻqima (fibroz va elastik tolalar), nerv toʻqimasi, qon tomirlami hosil qiluvchi endoteliy va silliq mushak tolalaridan iborat boʻladi. Ammo koʻndalang-targʻil mushak toʻqimasi koʻp boʻlib, mushakning tuzilishi va faoliyatini (qisqarish) taʻminlaydi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə