1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Odam anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə3/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
TBA MARUZA

Odam anatomiyasi va fiziologiyasi.


Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning rivojlanish jarayoni, ayni vaqtda har bir aʻzoning jinsiy jihatdan va yoshga qarab boʻlgan tafovutlari, shuningdek, muhit sharoitlarining a ʻzolar tuzilishi hamda vazifalariga taʻsirini oʻrganadi.
Qadimda anatomiya fani aʻzolami alohida-alohida oʻrganib, ulaming oʻzaro munosabatini, organizmning bir butunligini hisobga olmagan, faqat dalillar to ʻplash bilan chegaralangan. Hozir bu fan a ʻzolaming oʻzaro munosabatini, ulaming bir sistemaga birlashishi qonuniyatlarini o ʻrganishda organizmning yagona sistema ekanligini, uning tashqi muhit bilan chambarchas bogʻliqligini, aʻzolaming shakli bilan funksiyasi bir-biriga bevosita aloqador ekanligini nazarda tutadi.
Anatomiya grekcha soʻz boʻlib (anatome) kesaman degan maʻnoni anglatadi. Odam organizmining tuzilishida yoshga xos jinsiy va shaxsiy xususiyatlar ajratiladi. Bolalik va oʻsmirlik davrida oiganizm toʻliq yetilmagan, to ʻqima elementlari toʻla-toʻkis takomillashmagan boʻladi. Anatomiya odam organizmini bir butun holda oʻrganadi, chunki organizm koʻpgina aʻzolardan iborat boʻlib, ular nerv va qon tomirlar tizimi bilan bogʻlangan. Tibbiyotda anatomiya fanini bffish nihoyatda zarur. Professor Ye.O.Muxin (1766—1850) “anatomiyani bilmagan shifokor, foydasizgina emas, balki zararlidir” deb yozgan. Anatomiya fiziologiya bilan birgalikda tibbiy ilm poydevorini tashkil qiladi.
Odam organizmining alohida aʻzolar yoki aʻzolar tizimi tuzilishini oddiy koʻz bilan makroskopik anatomiya (macros — grekcha katta) oʻrganadi.
Mikroskopik anatomiya (micros — grekcha kichik) esa aʻzolarning nozik tuzilishini, tarkibiy elementlarini mikroskop yordamida oʻrganadi.
Sistematik anatomiya odam organizmini tizimlaiga boʻIib (suyak, mushak, ovqat hazm qilish a ʻzolari va boshqalar) oʻrgangani uchun uni moʻtadil anatomiya deb ham ataladi.
Topografik anatomiya esa odamgavdasini sohalar boʻyicha, aʻzolaming tuzilishi, shaklidan tashqari ulaming oʻzaro munosabatlaiini, chegarasini va tanadan tashqaridagi proyeksiyalarim ham oʻrganadi.
Patologik anatomiya aʻzo va toʻqimalaming turli kasalliklarda oʻzgarishini oʻrganadigan fandir.
Yoshga doir anatomiya oiganizmning tugʻilganidan boshlab, to hayotining oxirigacha boʻlgan davmi oʻrganadi.
Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan boʻlib organizm, undagi a ʻzolar, toʻqimalar hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalarini tashqi muhitga bogiab, har tomonlama chuqur oʻrganadi. Fiziologiya soʻzi grekcha soʻz bolib, “tabiat” va “bilim” degan maʻnoni anglatadi. Fiziologiya anatomiya fani bilan chambarchas bogliqdir, chunki anatomiya aʻzolarning tuzilishini ularning vazifasiga bogʻiq holda shakllanib borishini oʻrgansa, fiziologiya fani organlar va organizm hayoti, jarayonlarini o ʻrganish bilan shugʻullanadi. Fiziologiya fani hamisha fizika, kimyo qonunlariga tayanadi, organizm va har bir hujayra faoliyati fizik va kimyoviy jarayonlar asosida sodir boiadi.
Fiziologiya ham koʻp tarmoqli fan boʻlib: mehnat fiziologiyasi, jismoniy tarbiya fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi.
Binobarin, pedagoglar taʻlim tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi maʻlumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy - foydali mehnatda, sogʻlomlashtirish ishlarida bolalar va oʻsmirlarning anatomo-flziologik xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak. Oʻsib rivojlanib kelayotgan organizm salomatligini, jismoniy va aqliy qobiliyatini baholash, sogʻlom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi yutuqlariga bogʻliq. Shuning uchun yosh flziologiyasi ilmi ijtimoiy ahamiyatga egadir.
Fiziologiya fanida eksperimental usulni qollash ingliz flziologi Vilyam Garveydan boshlanadi. U 1628-yilda tajribalariga asoslanib qon aylanishning katta va kichik doiralari haqida, yurakning qonni harakatga keltiruvchi organ ekanligi haqida toʻgʻri tasavvur berdi. XVII asrning birinchi yarmida fransuz fiziologi R.Dekart refleksni kashf etdi. Lekin “refleks” iborasini XVIII asr oxirida chex olimi G.Proxaski joriy qilgan. XVII-XVIII asrlarda S.Gels qon bosimini oʻlchadi.
V.M. Lomonosov, L.Paster, R.Kox, I.I.Mechnikov va boshqalar oʻz kashfiyotlari bilan anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanning rivojlanishiga katta hissa qoʻshganlar. XIX asrga kelib anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani tez rivojlana boshladi. Rus fiziologlaridan I.M. Sechenov, I.P. Pavlov S.P. Botkinlar tomonidan progressiv taʻlimot yaratildi. I.M. Sechenov 1862-yili “Bosh miya reflekslari” nomli asarini nashr qilgan va ushbu asarida markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini ochib bergan. Fiziologiya fanining rivojlanishida I.P. Pavlovning hissasi juda katta. U reflekslar nazariyasini rivojlantirdi. 1904- yilda hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. I.P.Pavlov shartli reflekslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyatining tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar tizimini oʻrgandi. Pavlov hayoti davomida 200 dan ortiq shogirdlar tayyorladi. Jahonga tanilgan buyuk rus fiziolog olimlardan V.P.Babkin, L.A.Orbeli va M.Bikovlar shular jumlasidandir.
1918-yilda Toshkentda Turkiston dorilfununining tashkil topishi Oʻzbekistonda fiziologiya va gigiyena fanlarining rivojlanishiga asos boʻldi. Fiziologiyaga oid dastlabki ilmiy tadqiqot izlanishlar Turkiston dorilfununining professorlari Ye.U. Polyakov va I.P. Mixaylovskiylar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik, professorlar A.S. Shatalina, N.V. Danilov va A.I. Izraillar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan fiziologiya fanining rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Ularning rahbarligida bir qancha mahalliy xalq ilm vakillari nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqladilar. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi
A.Yu. Yunusov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arboblari, professor A.S. Sodiqov va professor A.X. Xoshimovlar shular jumlasidandir. A.Yu. Yunusovning (1910-1971) Oʻzbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishidagi roli nihoyatda katta . U yuqori haroratni organizmning qon, tuz suv almashinuvi, energiya almashinuvi, hazm funksiyalariga ta ʻsiri haqida bir necha ilmiy asarlar yaratdi. “Odam fiziologiyasi” darsligi, fiziologik lugʻatni yaratdi.
A.Yu.Yunusov rahbarligida juda koʻp fiziolog olimlar yetishib chiqdilar. Professorlar Z.T.Tursunov, M.G.Mirzakarimova, X.Sh.Hayriddinov,
K.R.Rahimov, Ye.M.Mahmudov , U.Z.Qodirov, D.J.Sharipova, R.A.Ahmedovlar shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston mustaqillika erishgandan soʻng oʻzining asosiy masalalaridan biri deb sogʻlom avlodni tarbiyalashni belgilab oldi. ʻSogʻlom avlodni tarbiyalash - buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurishdirʻ, deydi prezidentimiz. Inson sogʻligini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini koʻtarish haqida gʻamxoʻrlik qilish muhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etishda, jumladan kasalliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta kuch boʻlib xizmat qiladilar. Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy oʻsib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi oʻzgarishlarini, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga taʻsirining gigiyenik ahamiyatini bilib olgandagina oʻquv-tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil eta oladi. Avlodni jismonan sogʻlom, aqliy va ruhiy jihatdan tetik, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday oʻqitish shaklidagi bilim muassasalari tarbiyachi va oʻqituvchilari yosh fiziologiyasi va gigiyena fani asoslari haqidagi bilimga ega boʻlishlari kerak. Oʻqituvchi bolalar va oʻsmirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini oʻrganar ekan, ayrim tizim va organlarning (suyak-muskul, nafas olish, qon aylanishi, nerv sistemasi, sezgi organlari, oshqozon-ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ularning faoliyatlari va gigiyenasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, oʻquv yuklamalarini bolaning yoshiga mos ravishda belgilash uchun nerv sistemasining oʻziga xos yosh xususiyatlarini bilish juda muhimdir. Oʻsib, rivojlanib kelayotgan bolalar va oʻsmirlar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay turib, bolalar shaxsiy gigiyenasi, maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi va oʻquv tarbiyaviy ishlar gigiyenasi masalalarini yechib boʻlmaydi.
Odam organizmining tuzilishi haqida bir necha xil fikrlar mavjud. Mexanistik materializm tarafdorlari organizmga aʻzolaming (D.Moigani), toʻqimalaming (K.Bisha) yoki hujayralaming (R.Virxov) yigʻindisi sifatida qaraydi.
Nemis olimi R.Virxov organizmni hujayralaming federativ davlatiga oʻxshatadi va bunda har bir hujayra fedaratsiyasi alohida yashashi mumkinligini aytadi. Organizmni ayrim qismlarini bunday ajratish metafizika, alohida hujayra qismlarini alohida yashay olish xususiyatini vitalizm (vita — hayot) deyiladi.



Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə