1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha



Yüklə 360,06 Kb.
səhifə5/57
tarix24.06.2022
ölçüsü360,06 Kb.
#90053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
TBA MARUZA

Hujayra sitoplazmasi membrananing ichida joylashgan bolib, tarkibi organik va anorganik moddalardan iborat. Sitoplazma organoidlariga: mitoxondriya, ichki membrana, lizosoma, Golji apparati, ribosoma, sentrosomalar kiradi. Ularning har biri maʻlum vazifalarni bajaradi.
Golji apparati qoʻsh qavat membrana bilan qoplangan yirik vakuolalardan va mayda pufakchalardan iborat. U hujayraning boiinishida ishtirok etadi. Ribosomalar hujayralar tarkibida bolib, oqsillar sintezida qatnashadi.
Lizosomalar fermentlardan iborat, ular hujayradagi oziq moddalarni mayda zarrachalarga parchalaydi. Shu tufayli shartli ravishda hujayraning ovqat hazm qilish organi deb ataladi.
Mitoxondriyalar tayoqchasimon, donador, ipsimon shakllarda boʻlib, diametri 0,5 mkm, uzunligi 7 mkm ga yetadi. Ular fermentlar va vitaminlarga boy, ikki qavat membrana bilan qoplangan. Mitoxondriya hujayrani energiya bilan ta ʻminlovchi koʻpgina kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Jumladan, unda adenozintrifosfat kislota (ATF) va kreotin fosfat kislota (KF) sintez qilinadi. Hujayra qoʻzgʻalib ish bajarganda, bu kislotalar parchalanib, energiya hosil qiladi.
Sentrosomalar, yaʻni hujayra markazi yadro atrofida joylashgan boʻlib, hujayra boʻlinishida muhim rol oʻynaydi. Hujayra yadrosi sitoplazmaning markazida joylashgan ujayraning barcha hayotiy jarayonlarini boshqaradi va uning koʻpayishini taʻminlaydi. Uning shakli, oʻlchami koʻproq hujayraning shakli va oʻlchamiga bogʻliq. Yadro sitoplazmadan membrana orqali ajralib turadi. Yadro membranasining teshiklari boʻlib, sitoplazmadagi oqsillar shu teshiklar orqali yadroga, yadroning moddasi esa sitoplazmaga oʻtadi.
Membrananing ostida yadroning yarim suyuq moddasi - yadro shirasi bor. Yadro ichida mayda donacha shaklidagi moddalar boʻlib, ularning ayrimlari maxsus boʻyoqlarda boʻyaladi. Hujayra yadrosining boʻlinishida ishtirok etadigan va yaxshi boʻyaladigan tanachalarni 1888-yilda nemis olimi V.Valdeyer aniqlab, ularni xromosomalar deb atagan. Xromosoma grekcha soʻz boʻlib, “xromos” boʻyoq, rang, “soma” tanacha degan maʻnoni bildiradi. Xromosomalar organizmning oʻziga xos barcha belgilarini irsiy yoʻl bilan nasldan naslga oʻtkazadi. U oqsillar va nuklein kislotalarning yirik molekulalaridan tashkil topgan
Xromosomalar ipsimon yoki tayoqchasimon shaklda boʻlib, uning soni turli o ʻsimlik, hayvon hujayralarida turlichadir. 1956-yilda koʻrsatib berilgandek odam hujayralari 46 ta xromosomadan iborat. Hujayralarning boʻlinishi xromosomalarning ipsimon ikkita tizilmaga ajratilishidan boshlanadi. Xromosomalar kimyoviy tabiatining aniqlanishi biokimyoning soʻnggiyillarda qoʻlga kiritgan eng katta yutugʻi boʻldi. Xromosomaning dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalardan tashkil topganligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda DNKda belgilar informatsiyalarining kodlari saqlanishi, yaʻni DNK orqali hujayradanhujayraga, organizmdan-organizmga irsiy axborot oʻtkazilishi isbotlangan. DNK molekulasi qoʻshaloq spiral strukturasiga ega. Buni 1953-yilda ingliz olimlari Uotson va Kriklar koʻrsatib berishdi. Ular shu kashflyotlari uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻldilar. RNK oqsil sintezda ishtirok etadi. Oqsil sintezida 20 ta aminokislota ishtirok etib, ularning sintezlanishi 1,5 daqiqa davom etadi.

Yüklə 360,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə