Mavzu: Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari, suv va tuproq gigiyenasi



Yüklə 19,91 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü19,91 Kb.
#155420
  1   2
Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari, suv va tuproq gigiyenasi.


Mavzu: Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari, suv va tuproq gigiyenasi.
Reja:

  1. Havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari.

  2. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida havo gigiyenasining ahamiyati .

  3. Harorat, namlik, havoning harakat tezligi va yo‘nalishi. Barometrik bosim.

Havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari


Havo eng muhim omil bо‘lib, usiz inson organizmi о‘z hayotiy funksiyalarni uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bо‘lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bо‘lib xizmat qiladi. Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yо‘qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sogʻlomlashtirish choralarini qо‘llash orqali har-xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zararli omillarga qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator hollarda havoning о‘zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi omil sifatida foydalaniladi Havoning organizmga bevosta ta’siridan tashqari kiyimlar, qurilish materiallari, tuproq va boshqalarning gigiyenik xossalarini о‘zgartirib bilvosita ta’sir etishi mumkin. Havoning gigiyenik harakteristikasi quyidagi о‘rsatkichlar yigʻindisidan iborat:

  1. havoning fizikaviy xossalari – temperaturasi, namligi, harakati, atmosfera

bosimi, quyosh radiatsiyasi, elektrik holati, ionlantiruvchi radiatsiya,

  1. ximiyaviy tarkibi – havoning doimiy tarkibi va yot gazlar;

v) mexanik aralashmalar – chang, tutun, qurum aralashmasi;
g)mikroflora (mikroorganizmlar) – bakterial ifloslanish borligi Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida havo gigiyenasining ahamiyati
Havoni tarkibiy qismidagi moddalar odamni hayotidagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida ishtirok etib, odamni hayot faoliyatini ta'minlaydi, biokimyoviy jarayon turli bosqichlarda kechadi: hujayra, toʻqima, a'zo, organizm. Havo gazlar almashinuvidagi hamma moddalarni qabul etadi. Havo yuqori samarali, nisbatan ekologik vosita. Turli sogʻlomlashtirish tizimlarida kuchli chiniqtiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Havo muhitini sifatini asosiy gigiyena koʻrsatkichlari:

  • Havoni fizikaviy xossasi (harorat, namlik, harakat tezligi atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, elektr holati, ionlashtiruvchi radiatsiya).

  • Kimyoviy tarkibi (doimiy kimyoviy tarkibni nisbati va kontsentratsiyasi chetdan kimyoviy ifloslantiruvchi bor yoki yoʻqligi, gazlar miqdori). Har turli mexanik aralashmalarning bor yoki yoʻqligi (organik yoki anorganik changlar, tutun, qora tutun). - Bakteriyalar bilan ifloslanganligi (mikroorganizmlarni bor yoki yoʻqligi). Yuqorida koʻrsatilgan hamma omillar havo muhitini odam organizmiga aniq bir omili ta'sir etishini koʻrsatadi va uni sifatini aniqlashda mustaqil oʻziga xos koʻrsatkich hisoblanadi.

Gigiyena tomondan katta amaliy ahamiyatga ega boʻlgan havo qatlami troposfera hisoblanib, u еryuzasidan 10-12 km hosil qiladi, odamni hayot faoliyati troposferada kechadi. Havoning asosiy fizik xossalari: harorat, namlik, havoning harakat tezligi, barometrik bosimi hisoblanadi. Harorat, namlik va havoni harakat tezligi odamni issiqlik almashinuviga ta'sir koʻrsatadi va oʻrab turgan muhit bilan issiqlik almashinuvini aniqlaydi (nafas olganda namlikni bugʻlanishi, issiqlik berish, konventsiya).
Harorat, namlik, havoning harakat tezligi va yo‘nalishi. Barometrik bosim.
Havoni harorati.Bu doimo odam tanasiga ta'sir etuvchi fizik xossasi. Issiqlikni asosiy manbai boʻlib еryuzida issiqlik quyosh nurlanishi hisoblanadi, natijada tuproq isiydi va u еryuzasiga yaqin boʻlgan havo qatlamini qizdiradi. Havoni harorati asosan quyosh energiyasiga bogʻliq boʻladi (har kunlik va yillik), dengiz sathidan еryuzasining kengligiga va balandliliga, dengiz va okeanlardan uzoqliliga, oʻsimliklarni bor yoki yoʻqligiga bogʻliq boʻladi. Haroratni asosiy gigiyena ahamiyati uni odam issiqlik almashinuviga koʻrsatgan ta'siridan iborat boʻladi. Harorat yuqori boʻlsa, issiqlik sarfi kamayadi, harorat past boʻlsa, issiqlik almashinishi ortadi. Odamni tashqi muhitni ozgina oʻzgarishiga ya'ni havo haroratini oʻzgarishiga murakkab issiqlik boshqarish mexanizmi ta'minlab beradi. Buni asosida odam tanasi issiqlikni ishlab chiqarishni hajmini oʻzgarishiyotadi, (oksidlanish qaytarilish jarayonlarini turli tumanligi, energiyani ajralish hajmi) va bu eyenrgiyani tashqi muhitga berish (terini periferiyada joylashgan tomirlarini diametri oʻzgarishi va qonni ichki a'zolarga, chuqurda joylashgan toʻqimalarga koʻchishiyotadi). Odamni fizikaviy usulda issiqlikni boshqarishida issiqlik balansida turli usullarda issiqlikni oʻtkazish mexanizmi yotadi. Ularni asosiylari:

  • Tana yuzasidan sovuq buyumlarga nurlanish usulida oʻtishi.

  • Odamni tanasiga tegib turgan havoni isitish usulida konvektsiya usulida oʻtishi.

  • Odamni terisi va shilliq qavatlaridan parchalanish usulida oʻtishi.

Havo namligi deganda har qanday gaz singari simob ustunining mm balandligi bilan о‘lchanadigan havodagi suv bugʻlarining zichligi tushiniladi. Agar suv bugʻlarining zichligi chegaradan oshib ketsa, fazo suv bugʻlari bilan tо‘yinadi; bundan ham oshib ketishi namlikning tuman, shudring yoki qirov holida ajralishiga olib keladi. Har bir havo temperaturasiga muayyan darajada suv bugʻlari bilan tо‘yinganlik tо‘gʻri keladi. Temperatura qancha yuqori bо‘lsa havoda suv bugʻlari shuncha kо‘p saqlanadi. Fiziologik jihatdan organizm tashqi muhitning yuqori temperaturasiga moda almashinishini pasaytirish yо‘li bilan, shuningdek tarkibida yogʻ kо‘paygan ter ajralishini kuchaytirish orqali ham moslashadi, bu esa terning teri yuzasida ancha teng taqsimlanishiga va bugʻlanishiga sabab bо‘ladi Havo temperaturasining issiqlik almashinuviga ta’siri uning muhim gigiyenik ahamiyati hisoblanadi. Yuqori temperatura tanadan issiqlik ajralishini chegaralasa, past temperatura uni kuchaytiradi.
Markaziy nerv tizimsi orqali nazorat qilinib turuvchi termoregulyator mexanizmlarining еtukligi tufayli odam har-xil temperatura sharoitlariga kо‘nikishi va yuksak temperaturalardan sagʻal oshgan isiqlikka ham hiyla vaqt chidashi mumkin Quyosh еrdagi issiqlikning manbai bо‘lib xizmat qiladi. Uning isitishi avvalo, еrga еtib kelib issiqliq energiyasiga aylanuvchi yorugʻlik nurlari hisobiga bо‘ladi. Atmosfera deyarli faqat issiq nurlangan tuproqdan isiydi. Shuning uchun еr bilan tutashib turgan pastki havo qatlamining temperaturasi yuqori qatlamlar temperaturasidan issiqroq bо‘ladi. Yerdan uzoqlashishi bilan u taxminan har yuz metrda 0,5 gradus pasayadi.
Iqlim deganda muayyan joy uchun harakterli bо‘lgan va qup yillik kuzatishlar natijasida niqlangan о‘rtacha holati tushiniladi. Ob-havo deganda esa mazkur sharoitda vaqtinchalik meteriologik sharoit tushiniladi. Bunda о‘proq havo temperaturasi namligi, harakat tezligi, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasining kuchlanishi, bulutlar va yogʻingarchilik miqdori nazarda tutiladi. Lekin metereologik omillar tegishli о‘rtacha kattalik, u klimni mediko-biologik nuqtai nazardan еtarli darajada harakterlab bermaydi va unga tо‘la-tо‘kis gigiyenik baho berish uchun temperatura va boshqa kattaliklar tebranish ampletudasi va bular sodir bо‘ladigan muddatning eng kichik ahamiyatini ham bilish zarur.
Akklimatizatsiya – odam organizmining yangi iqlim sharoitiga kо‘nikish qobiliyati – akklimatizatsiya deyiladi. Akklimatizatsiya muammosi har-xil sharoitlari bilan farq qiladigan Yangi qator rayonlarning о‘zlashtirilishi tufayli aktual ahamiyatga ega bо‘lib qoladi. Bu mamlakatning har-xil oblastlarida, chet-ellarda musobaqa о‘tkazuvchi sportsmenlar uchun ham zarur.
4 Mikroiqlim – bu termin chegaralangan maxsus joy territoriyasining iqlimini harakterlaydi. Masalan: turar-joyning ba’zi bir aholi yashaydigan joylarida kurort, turistik lagerlardagi iqlim vahakazo. О‘ziga xos relyefi, еrning qatlami, kо‘kalamzorlashtirilganligi, suv havzasining mavjudligi, territoriyasining qurilish tizimsi va boshqalar tufayli qushni punktlarning mikroiqlim xususiyati har-xil bо‘lishi smumkin. Joyning mikroiqlim xususiyatlarini hisobga olish, turar-joy qurilishlari, sport inshootlari, maktab, kasalxonalar qurish uchun sanitariya taraflari jihatidan qulay joy tanlashga imkon beradi.

Yüklə 19,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə