1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Sotsiologiyani faning rivojlanish tarixi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə4/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
manaviy begonalashuv

Sotsiologiyani faning rivojlanish tarixi. Sotsiologiyani fan sifatida tasavvur etish uchun eng avvalo uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan ta’limotlar, qarashlar eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari Aflotun (eramizdan avvalgi 427-347 yil) ning “qonunlar ”, “Davlat To‘g‘risida”, Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yil) ning “ Siyosat to‘g‘risida”, “Metafizika”, “Etika”, Protogorning (eramizdan avvalgi 490-420 yil) “Haqiqat” kabi asarlarida yoritilgan.
Antik davr sotsiologiyasi 3 davrga bo‘linadi.
1. Eng qadimgi grek sotsiologiyasi.
2. Grek demokratiyasi ravnaqi davri.
3. Antik davrning oltin davri.
Eng qadimgi grek sotsiologiyasi maktabini yaratganlar bu Milet maktabi vakillari hisoblanishadi. Bularga Fales, Anaksomandr, Anaksagor va Pifagorlarni keltirish mumkin.
Grek demokratiyasi ravnaqi davrida esa olimlardan Zenon, Parmenid, Empedokl, Protogorlar yashab jamiyat va inson, shaxs haqida o‘z fikrlarini bayon etishgan. Odamzot o‘zini tanigandan buyon tabiiy va ijtimoiy jarayon, hodisalarning sirlarini bilishga intilgan, shu jumladan, odamzot o‘zining mavjudligi, yashayotgan jamiyati odamlarning o‘zaro aloqa va munosabati masalalariga qiziqa boshlagan. Insoniyat orasidan yetishib chiqqan mutafakkirlar, donishmandlar jamiyatning odamlar kundalik turmushining xilma-xil tomonlarini bilishga, asrlarning jumboqlariga javob topishga intilganlar. Bu borada faylasuflar alohida mavqega ega bo‘lganlar. Qadimgi Xitoy va Hindistondagi ko‘pgina manbalarda, jumladan, Motsri yo‘nalishida jamiyatni oqilona boshqarish yoshlarga ko‘proq foyda keltiradigan kasb-hunar, faoliyat haqida qimmatli fikrlar ilgari surilgan bo‘lsa, “Mahobhorat”da esa hukmdorlarning qudratli bo‘lishi, barcha odamlar uchun baxtga erishuvi uchun zarur bo‘lgan qonun-qoidalar, turmush tartibi haqida teran ijtimoiy fikrlar ilgari surildi.
Konfutsiy ta’limoti manbalarida ilgari surilgan ko‘pgina g‘oyalar, jumladan, sotsial munosabatlarning bosh nazariyasi: keksalarga hurmat, uzoq umr ko‘rish, sihat-salomatlik kabi masalalar, marosim, rasm-rusumlar, shuningdek, she’riyat va musiqa sohasida, umuman, inson faoliyatining ijtimoiy shakllari haqida sotsiologik fikrlar ilgari surilgan edi. Shuningdek, “Manu qonuni”, “Brigaspati”, “Parada”, ma’bud Vishnu timsolining o‘rnatilishi kabi hind manbalarida sotsiologik xarakteridagi fikrlar keng o‘rin olgan.
Ijtimoiy fikrlarga oid qarashlar, ayniqsa, Gretsiya va Rim mutafakkirlari asarlarida yanada yuqori darajada bayon etilgan. Aflotunning “Davlat”, “Siyosatchi”, “Qonunlar”, Aristotelning “Siyosat”, “Etika”, “Kategoriyalar” asarlarida ijtimoiy hayot va uning muhim jabhalari - oila, fuqaro, mulk, boylik, zeb-ziynat, jamiyatni boshqarish, adolat, donishmandlik, davlat, ilk demokratiya, huquq haqida o‘z davriga nisbatan bir qancha ilg‘or ijtimoiy fikrlar ilgari surildi. Ayniqsa, ideal axloq, ideal fuqaro, ideal davlat tuzumi, ideal boshqaruv haqida qarashlar hozirgi zamonda ham ahamiyatlidir. Ular ijtimoiy hodisalarni ifodalovchi tushuncha, kategoriya, hatto g‘oya va soya (narsa, Aflotun), ya’ni “G‘oyalar olami soyalar (narsalar) olaminiyaratadi” degani bilan inson hayotida tushuncha, g‘oylarning roli haqida qiziqarli fikrlarni bayon etadi.
Bu haqda, ayniqsa, Aristotelning “Kategoriya” asarida atroflicha fikrlar bayon etilgan. O‘sha davr uchun xaraklerli bo‘lgan polis demokratiyasi ba’zi siyosiy institutlar, jumladan, respublika haqida ijtimoiy fikrlar bayon qilingan. “Respublika” so‘zi, “umumiiy ish” - degan ma’noni anglatibdi. Sitseron: “Davlat — bu xalqning ishi, to‘g‘rirog‘i, fuqarolarning mulki” - deydi. Ammo respublika bu boshqaruv shakli emas, bu qandaydir prinsipdir. Sitseron “Davlat to‘g‘risida” traktatlarida va Yunon tarixchilari Gerodot, Fukidida, Plutarx asarlarida o‘sha davr uchun xarakterli bo‘lgan tarixiy voqea-hodisalar, ijtimoiy jarayonlar haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Aristotelning fikricha davlat tuzumining olti shakli mavjud: uch to‘g‘ri va uch noto‘g‘ri. Shulardan to‘g‘rilari monarxiya (yoki podsholik) - bir kishining boshqarishi; aristokratiya ozchilikning boshqaruvi, ammo bir kishidan ko‘proq; politiya ко’pchilikning boshqaruvi. Uch noto‘g‘ri: tiran, oligarxlya va demokratiya (kambag‘allardan tashkil topgan ko‘pchilik hukmdorligining, g‘arazli shakli).
O‘rta asr davrida Hindiston va Xitoyda falsafiy va sotsiologik fikrlar yana kengroq rivojlandi. Ayniqsa, VII- IX asrlarda Xitoyda madaniyat, adabiyot, san’at taraqqiy topdi.Xan Yuy (768 — 824), aka-uka Chee Xao (1032 1085) Chen I (1033 -1107), Chju Si (1130 — 1200), Chjan Szay (1020 1077), Van van Min (1472- 1528), Li Chji (1527- 1602) va boshqalar
Hindistonda ilk o‘rta asr davrida IV-IX asrlardadiniy, falsafiy oqimlar rivoj topdi.
Braxmanizm va buddizm g‘oyalarini shubha ostiga oluvchi qarashlar ham rivojlandi. Shoir Kabir (XV asr ), asarlarida, ayniqsa, Shoir Tulen Das(1532 - 1624)ning “Ramayana” dostonida kastachilik tizimi, ijtimoiy tengsizlik va diniy fimatizmga qarshi tanqidiy fikrlar ilgari surildi. Yaponiyada ham ijtimoiy fikrlar keng rivojlandi. Bu yerda ham hukmron mafkura konfutsionizm va buddizm edi. Ntikar Iodzyu, Fudztvara Seyka, Xayasi Radzan va b‘oshqalar ta’limotlarida ko‘pgina dunyoviy qarashlar - jamiyat, davlat, boshqaruv, adolat va tengsizlik, masalalari, shuningdek, oila muammolari o’z ifodasini topgan.
O‘rta asrda Vizantiyada xristian sxolastikasi bilan birga jamiyat, davlat fuqaro, adolatsizlik, cherkov, ezgulik va yovuzlik haqida turli ijtimoiy fikrlar rivojlandi. VIII asrda yashagan Ioann Damaskin; IX asrda yashagan patriarx Fotiy, Mixail Psell (1018 - 1078) Ioann Ital (XI asr ikkinchi yarmida yashagan, ijtimoiy hayotni nuqul diniy tushuntiruvchi cherkov ta’limotiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar bayon etildi. Vizantiyada IX - XIV asrlarda feodalizm sarqitlariga qarshi, katta, ijtimoiy fikrlar ham shakllandi. Eron va qo‘shni bo‘lgan Yaqin Sharq mamlakatlarida ham “Avesto” ta’limoti, mazdaizm qarashlarida ijtimoiy hayotning ko‘pgina tomonlari o‘z ifodasini topgan edi. III asrda Manixeylik, V-VI asrlarda Mazdakizm yo‘nalishlarida ezgulik, ijtimoiy adolat, tengsizlik kabi muammolar keng o‘rin olgan. Mazdakizm ijtimoiy va mulkiy tengsizlikni zo‘rlik yo‘li bilan yo‘qotish, mulkning umumiyligi va undan teng foydalanish haqidagi talablar bilan chiqdi. Ar-Roziy (864 - 925) qarashlarida ham jamiyatning ko‘pgina muammolari ko‘tarildi.
Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishida arab mutafakkiri va davlat arbobi Ibn Xoldunning ham hissasi kattadir. Uning “Kitob ul- ibar” (Ibratli misollar kitobi) (1370y) hamda “Tarixiy prolegomen” (1377y) asarining paydo bo‘lishi sotsiologiyada, umuman, ijtimoiy fan tarixida katta voqea edi. Uning ta’limotida umumiy va maxsus sotsiologiyaning ko‘pgina muhim masalalari o‘z aksini topgan edi. Unda ilgari surilgan g‘oyalar hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Shuning uchun ham, Ibn Xoldunning nomi sotsiologiyaning asoschilari Platon, Aristotel, D.Viko va O. Kont bilan bir qatorda turadi.
Uyg‘onish hamda Ma’rifatparvarlik davri mutafakkirlari asarlarida jamiyat, davlat, ijtimoiy institutlar, unda odamlarning o‘rni va roli haqida qimmatli fikrlar ilgari surildi. Ma’rifatparvarlik davri mutafakkirlaridan Gelvitsiy, Didro, Russo, Volter va boshqalar jamiyat tuzimi, tengsizlik, ijtimoiy hayotda din va cherkovning roli masalalariga e’ibomi qaratdilar. Ayniqsa, italiyalik faylasuf Viko (1668 - 1744) “Yangi fan” kitobida jamiyat haqida yangilik yaratishga harakat qildi. Jamiyatda inson xulqi va tengsizlik kabi ijtimoiy hodisalarni tahlil qilishga e’tiborni qaratadi. Uning kitobida birinchi marta sotsial va dinamika sohasida fikrlar bayon etildi.
“Нагbir odam mustaqil ong, tafakkurga ega va mustaqil harakat qiladi, o‘zining xulqi, kasbi, turmush tarzini erkin tanlaydi; bu erkinlik faqat ilohiy qudrat bilan cheklangandir” - degan edi mutafakkir. Bundan tashqari, ular inson sifatida nafaqat iroda erkinligiga, balki o‘rgatish, ta’lim berish, aql va qobiliyatga ham ega ekanligini ta’kidlaydi.
Olijanob, madaniyatli o‘qimishli, adolatpesha odamlar orqali oqilona tuzumga erishish mumkin, degan fikrni ilgari surdi.
Soha bilimdonlari orasida Montesk’ening “Qonunlar ruhi” asari alohida ahamiyatga egadir. Unda huquq va axloq sotsiologiyasi bo‘yicha juda qimmatli fikrlar joy olgan.
Mutafakkirlarning inson va jamiyat ijtimoiy borliq, ijtimoiy birlik, ijtimoiy institutlar va ularning bir-biriga munosabati haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Inson jamiyatda erkin ong va irodaga ega bolsa da, lekin uning xatti-harakati, xulqi cheklanganki, hamma vaqt ham erkin harakat va faoliyat ko‘rsata olmaganligi, unda qadriyatlar, urf- odatlar, axloq vaqonunning boshqaruvchilik roli haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Islom dinining vujudga kelishi va keng yoyilishi bilan birga Sharqda ijtimoiy fikrlarning rivojlanishi o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Bunday xususiyatlari eng avvalo, islom dini, uning mafkurasi asosida shakllanibxalqningturmush tarzidao‘z ifodasini topgan. O‘sha davrda so’fiylik keng rivojlandi. Mustaqillik davri tafakkurigacha, so‘fiylikka bir yoqlama qaralardi. Uning insoniy axloq-odob, kamtarinlik, odamoxunlik halol-pokizalik, o‘zaro tenglik, rahmdillik, podsholarni adolatga chaqirish, mol-mulkka, zeb-ziynatga, aysh-ishratga berilishni qoralash kabi qarashlari progressiv ahamiyatga ega edi.
Sharqda IX - XII asrlarda yashab o‘tgan ulug‘ allomalar al-Kindi (800 - 879), al-G‘azzoliy (1059 - 1111), Ibn Tufeyli (1110 - 879) va Ibn Rushd (1126-1138) asarlarida tabiat, jamiyatga oid keng qarashlar ifoda etilgan. Jumladan, ijtimoiy hodisalar va ularning qonuniyati, huquq, din, teologiya masalalari keng o‘rin olgan. Umuman, o‘rta asr ijtimoiy fikrlarida Aristotel va Aflotun qarashlari ta’siri sezilib turadi.
Sharq ijtimoiy fikrlar rivojlanishi tarixida al-Xorazmiy, al- Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning ta’limot va qarashlari muhim o‘rinni egallaydi. XVI asrgacha Sharqda arab tilida yozilgan fanlarning rivojlanishi G‘arbiy Yevropaga nisbatan oldinda bordi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan buyuk mutafakkirlar yashagan davrda sotsiologiya hali mustaqil fan sifatida shakllanmagan edi. Ularning ijtimoiy hayot jarayonlari to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqotlari natijalari esa ijtimoiy – falsafiy qarashlar tarzida namoyon bo‘lgan.
O.Kont tomonidan 1839 yilda “Pozitiv falsafa kursi” asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida, birinchi marotoba u jamiyatni ilmiy asosda o‘rganish sifatida sotsiologiya terminini qo‘lladi va bu sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi.
O.Kont tomonidan ta’riflangan insonning intelektual rivojlanishining uchta izchillik bosqichi: teologiyaga oid, metafizik va pozitivik haqidagi qonuni ushbu savolga javob berish uchun imkon beradi.
Birinchi, teologik bosqichda insonning g‘ayritabiiy tushunchasi diniy tasavvurlar asosida qurilgan.
Ikkinchi, metafizik bosqichda inson g‘ayritabiiy kuchdan voz kechib, mavhum mohiyat sabab va boshqa falsafiy me’yorlar yordamida voqelikni tushuntirishga harakat qiladi. Ikkinchi bosqichning vazifasi tanqidiy, avvalgi tasavvurlarni vayron etib, u uchinchi mohiyatni ifodalashdan voz kechib, ular ustidan kuzatish bilan kifoyalanadi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tish hamma fanlarda bir vaqtlarda bo'lmasada izchillik bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon oddiydan murakkabga (yuqoridan quyiga) tamoyili asosida amalga oshiriladi.
O‘rganilayotgan ob’ekt qanchalar oddiy bo‘lsa, u erda pozitiv bilimlar shuncha tez qaror topadi. Shuning uchun pozitiv bilimlar avvalo matematikada, fizikada, astronomiyada, ximiyada, so‘ng esa biologiyada tarqaladi.
Sotsiologiya esa bu pozitiv bilimlar cho‘qisidir. U o‘z tadqiqotlarida pozitiv uslubga suyanadi. Pozitiv uslub kuzatishlardan to‘plangan tajriba va tadqiqotlarni taqqoslash, ishonchli, tekshirilgan, e’tirozni tug‘dirmaydigan empirik ma’lumotlar majmuini nazariy tahlil etishga suyangan. O.Kont tomonidan jamiyat haqidagi fanni shakllantirishda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashning zarurligi haqidagi qonunning ochib berilishi navbatdagi muhim yakun bo‘ladi. Bu omillar jamiyat tarixida juda katta ijobiy ahamiyatga ega. Shu tufayli sotsial va kasbkorlik guruhlari yuzaga keladi, jamiyatning xilma-xilligi o‘sadi va odamlarning moddiy farovonligi ko‘tariladi.
O.Kont o‘z qarashlaridan kelib chiqib, sotsiologiyani ikki qismga: sotsial turg‘unlik va sotsial jo‘shqinlikka bo‘ladi.
Sotsial turg‘unlik ijtimoiy tuzumlarning amal qilish sharoitlari va qonuniyatlarini o‘rgatadi. O.Kont sotsiologiyasining ushbu bo‘limida asosiy ijtimoiy institutlar: oila, davlat, din, ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy funksiyalari va ularning birdamlik va hamkorlikni o‘rnatishdagi rollari ko‘rib chiqiladi. Sotsial jo‘shqinlikda O.Kont insonni ma’naviy, aqliy rivojlantirishning muhim omili bo‘lgan ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini rivojlantiradi.
O.Kontning ko‘pgina g‘oyalari, avvalo tabiat va jamiyat haqidagi fanlarning ijobiy ko‘rsatmalaridan sotsiologiyada foydalanish, shuningdek yaxlit sotsial organizm bo‘lgan jamiyat haqidagi tasavvurlarini qabul qilib uni rivojlantirgan mutafakkirlardan biri Gerbert Spenserdir. (1820-1903).
O.Kont kabi G.Spenser ham keng ma’lumotga ega bo‘lgan olim, o‘z davrining buyuk aql egalaridan biri hisoblanadi. U falsafa, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlar bo‘yicha qator jiddiy asarlar muallifidir. G.Spenserning asosiy asari “Sintetik falsafa sistemasi” bo‘lib, unda tabiiy va sotsial voqealarining tarixiy rivojlanishi haqidagi chuqur qarashlarini bayon etgan. G.Spenser sotsiologiyadagi organizmga oid maktabning asoschisi hisoblanadi. U o‘zining organizmga oid nazariyasini va sotsial evolyutsiya tushunchasini “Ilmiy, siyosiy va falsafiy tajribalar” asarida atroflicha bayon etgan.
G.Spenser jamiyatni tabiiy, eng avvalo biologik qonunlar asosida rivojlanuvi organizm sifatida qaragan. U jamiyatni jonli biologik organizmga o‘xshatadi. Ushbu fikrni asoslash maqsadida u quyidagi dalillarni keltiradi:
1.Jonli organizm sifatida har qanday jamiyat ham o‘sish va rivojlanish jarayonida o‘z massasida ortib boradi;
2.U va boshqalari murakkablashadi;
3.Uning qismlarining tobora bir-biriga bog‘liqligi kuchayib boradi;
4.Uni tashkil etgan birliklar goho paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lib turishiga qaramay, bir butun holda yashashni davom ettiradi.
G.Spenserning sotsial, shuningdek evolyutsiya nazariyasi katta qiziqish uyg‘otadi. Evolyutsiyada u quyidagi asosiy jihatlarni ajratadi: oddiydan murakkabga o‘tish (integratsiya); bir turdan xilma-xillikka o‘tish (differentsiatsiya, noaniqlika o‘tish tartibining o‘sishi). Sotsial evolyutsiya bu – jamiyatning murakkablashuvi yo‘lidagi progressiv rivojlanish va sotsial, avvalo siyosiy institutlarni takomillashtirish sohasidagi faoliyatdir. U sotsial evolyutsiyaning odamlar ehtiyojlari bilan obyektv bog‘langanligini ko‘rsatadi.
“Davlat evolyutsiyasi sotsial ehtiyojlar natijasi hisoblanadi” - deb ta’kidlaydi G.Spenser.
G.Spenserning nuqtai nazaricha sotsial evolyutsiya jarayonida odamlarning va turli sotsial institutlarning jamoaviy faoliyatining ahamiyati ortadi. Turli avlod odamlarning birgalikdagi intilishlari orqali amalga oshirilayotgan sotsial evolyutsiya davomida jamiyatning ko‘p funksiyalari o‘zgaradi.
Spenser jamiyatni parchalanishi muammosini – muvozanat uyg‘unlik va barqaror qarama-qarshi bo‘lgan jarayon deb hisoblab, o‘z qarashlarini bayon etgan. Jamiyatning parchalanishi, uning fikricha inqirozga uchrashi orqali yuz beradi. Bu jarayon ichki, shuningdek tashqi sabablar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Jamiyatning parchalanishi siyosiy hokimiyatni, armiya, o‘tmishda progressiv bo‘lgan tashkilotlarni o‘z ichiga olgan davlat institutlarining samarali faoliyat ko‘rsatishining kuchsizlanishi natijasida boshlanadi. Jamiyatning parchalanishi jarayonida deb davom etadi, Spenser, integratsiyalashgan harakatlarning kamayishi va markazdan qochuvchi harakatlarning kuchayishi yuz beradi. Tartibsizlik kuchayadi, hukumat o‘zining qobiliyatsizligini namoyish etadi. Spenser aytgan ushbu fikrlari dolzarb, mazmunan chuqur va aniq ekanligi nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Spenserning fikr va qarashlari bizning zamondoshlarimizga hozirgi hayotning mazmunini chuqur tushunib olishlariga yordam beradi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi sotsiologik pozivitizmning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri, bu frantsuz sotsiologi Emil Dyurkgeymdir (1858-1917). U bir necha marotoba O.Kont va G.Spenserlar sotsiologik qarashining ahamiyatini ta’kidlagan, ularni tanqidiy anglagan va yanada rivojlantirgan. U bir butun sotsial organizm bo‘lgan jamiyat haqidagi nazariyasini ishlab chiqishni rivojlantirgan. U sotsial realizm nazariyasida sotsial voqelik tabiatini sotsial voqealar orqali tushuntirish lozimligi, odamlarning fe’l-atvorini tahlil etishning boshlang‘ichi bo‘lib, individlar, ijtimoiy guruhlar va tegishli sotsial institutlarning o‘zaro munosabati tizimini tashkil etgan jamiyat hisoblanishini yoritadi.
E.Dyurkgeym “Sotsiologiya uslubi” nomli asarida sotsiologiya sohasidagi jamiyat rivojlanishi nazariyalarini ishlab chiqishga e’tiborini qaratib, sotsial omillarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan tavsilotlarni yaratish ustida shug‘ullangan.
Sotsiologiya, - deb yozadi u, sotsial dalillar haqidagi fan bo‘lib, uning ostida siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa g‘oyalar, qoida va qadriyatlar yotadi. Dyurkgeym fikricha, sotsial voqealikning yakuniy sabablari bo‘lib, amaliyotda ro‘yobga oshiriladigan odamlarning g‘oya va madaniy qadriyatlari hisoblanadi. Aynan ana shunda, u har qanday sotsial evolyutsiyaning manbai mavjudligini ko‘radi. Bunda so‘z jamoaviy ongni namoyon bo‘lishi sifatidagi g‘oyalar va ma’naviy qadriyatlar ustida boradi.
Ayrim shaxslarda nisbatan sotsial qoidalar, qadriyatlar va boshqa ijtimoiy ongning namoyon bo‘lishi obyektv amal qiladi. Sotsial nazariya va uslub muammolarini ishlab chiqishda, Dyurkgeym sotsiologiya va falsafaning o‘zaro ta’siri muammolariga ham e’tiborini qaratgan.
U sotsiologiya buyuk falsafiy ta’limotlardan yuzaga kelganligini e’tirof etadi va doimo qandaydir falsafiy yondashuvlarga suyanganligini ta’kidlaydi. Sotsiologiya – deb yozadi Dyurkgeym – allaqachon mustaqil fan bo‘lib shakllangan, o‘z predmetiga ega va shu tufayli o‘z ishi bilan shug‘ullanishi kerak. Dyurkgeym asarlari sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida qaror topishida muhim rolni o‘ynaydi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida sotsiologiyaning rivojlanishiga buyuk hissa qo‘shganlardan biri, bu nemis mutafakkiri Maks Veberdir (1864-1920). Hozirgi kunda M.Veber sotsiologiyasi haqiqiy uyg‘onish davrini boshidan kechirmoqda. Uning falsafiy sotsiologik qarashlarining ko‘p tomonlari yangidan qayta anglanmoqda.
Uning fikricha, ishlab chiqilgan sotsiologik bilim, metodologiyasini tushunish konseptsiyasi, madaniyat, etika, sotsiologiya, din haqidagi ta’limotlari harakat uchun qo‘llanma sifatida qabul qilinmoqda.
Veberning fikricha, sotsiologiya avvalo, inson yoki guruh, odamlarning fe’l-atvori va sotsial faoliyatini o‘rganishi kerak. Veber ko‘plab ilmiy asarlarning, jumladan, “Sotsial-ilmiy va sotsial- siyosiy bilishning obyektvligi”, “Madaniyat haqidagi mantiq fani sohasidagi tanqidiy tadqiqotlar”, “Sotsiologiya” va boshqalarning muallifidir.
Sotsial harakat M.Veberning fikricha odamlarning anglab yetilgan o‘zaro munosabati tizimini tashkil etadi. Bunday holatda u sotsiologiyaning predmeti hisoblanadi.
M.Veber o‘z asarlarida sotsiologiya nazariyasi va metodologiyasiga oid keng qamrovli muammolarni atroflicha muhokama etishga katta ahamiyat bergan. Shunday qilib, M.Veber asarlaridagi ilmiylik va obyektvlik bir-biridan ajralib ketmagan.
Empirik sotsiologiya asrimizning 20 yillaridan boshlab sotsiologiyadagi yetakchi maktablaridan biriga aylandi. Empirik sotsiologiyaga bir qator o‘ziga xos xususiyatlar tegishli bo‘lganligi sababli uni odatda mustaqil oqim sifatida ajratib ko‘rsatadilar.
Empirik sotsiologiyaning vujudga kelishi “sotsial obrazlar” yoki “dalillarni tadqiq qilish” deb atalgan narsalarni e’lon qilishdan boshlangan edi. Bu o‘rinda gap muayyan sotsial dalil va hodisalarni batafsil bayon qilish va ishlab chiqarish to‘g‘’risida boradi. Sotsiologik muammolarni hal qilishning bunday usuli tez orada birinchi bo‘lib AqShda, ayniqsa, keng tarqaldi. Empirik sotsiologiya shakllanishining markazi Chikago universiteti bo‘ldi (uni Chikago “hayot markazi” deb ham atashgan). Bu erda 20-30 yillarda empirik sotsiologiyaning yaqqol rivojlanishini ifodalovchi ko‘p qirrali amaliy tadqiqotlar keng sur’atda amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishlar aniq holatlarda kishilar hayot faoliyatlarini mukammal tadqiq etishga qaratilgan edi. Masalan, empirik sotsiologiyaning asoschilari deb hisoblanuvchi U.Tomas va F.Znanetskiy besh tomli “Polyak dehqoni Yevropada va Amerikada” (1918-1920) degan asarida AqShga ko‘chib kelgan polyak dehqonlarining hayotini batafsil tahlil qildilar. Bunda ular ashyoviy dalilardan, shaxsiy hujjatlardan – 28 polyak oilasining shaxsiy yozishmasi, ayrim kishilarning tarjimai holi, anketalar va shu kabi bir qancha materiallardan keng foydalandilar.
Bu sotsiologiyada tadqiqotlar o‘tkazishning yangi turi bo‘lib, unda zamon va makon bilan cheklangan juda ko‘p dalillar o‘rganilar, ammo, odatda jamiyat hayotning muhim tomonlari qonuniyatlariga oid umumlashtiruvchi tekshirishning maxsus tartibi va texnikasi ham qo‘llanila boshladi: kuzatish, intervyu, anketa tarqatish, hujjatlarni o‘rganib chiqish, tajriba o‘tkazish va modellashtirish to‘plangan materiallarni statistik jihatdan ishlash, diagramma, grafiklar tuzish kabilar.
Ommaviy so‘rovlar usuli va texnikasi rivojiga J.G.Gellapning “Jamoatchilik fikrini o‘rganish Amerika instituti” faoliyati katta rol o‘ynaydi. U 30- yillarda 10 kunlab davom etadigan umummilliy so‘rovlarni o‘tkazdi.
XX-asrning 20-yillaridan boshlab Amerika shtatlari jahon sotsiologiyasi rivojida yetakchi mavqeini egalladi. AQShda sotsiologiyaning fan sifatida jadal rivojlanishida quyidagi omil muhim rol o‘ynaydi. Kapitalizmning yuqori bosqichga ko‘tarilishi, Yevropada sinfiy kurashning kuchayishi natijasida mavjud ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlarni hal etishga qaratilgan empirik tadqiqotlarning katta hajmda to‘planganligi AQShda sotsiologiyaning fan sifatida jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bu yerda sotsiologiya dastlab universitet fani sifatida shakllandi. 1892-yilda jahonda birinchi marta Chikago universitetida sotsiologiya kafedrasi va fakulteti ochildi. 1901 yilda sotsiologiya 196 universitet va kollejlarda fan sifatida o‘qitilgan bo‘lsa, 80-yillarning oxirlariga kelib raqam 250 ni tashkil qildi.
AQShda sotsiologiya o‘zining ilk davridayoq amaliy-empirik fan sifatida shakllandi. 1910-yildayoq mamlakatda 3000 dan oshiq empirik tadqiqotlar o‘tkazilgan edi. Hozir bu ko‘rsatkich 2 baravardan oshib ketdi. Sotsiologik tadqiqotlar o‘zining juda katta moliyaviy asosiga ega. Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish uchun yiliga 2 milliard dollar ajratiladi. Bu harajatlarning yarmini hukumati, qolgan yarmini xususiy biznes o‘z zimmasiga olgan. AQShda hozirga kelib 100 ming sotsiolog mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda. Hukumat va mulk egalari sotsiologiyaga sotsial ziddiyatlarni hal etish quroli sifatida, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash vositasi, ijtimoiy nazorat va boshqaruv omili, mehnat unumdorligini oshiruvchi kishilarning moddiy va ma’naviy munosabatlarni tartibga solib turishning ilmiy asosi sifatida jiddiy e’tibor berib kelmoqdalar. Empirik tadqiqotlar muntazam ravishda olib borilishi fundamental metodologik va nazariy asosning ishlab chiqarilganligi, uning matematik statistik, kompyuter texnologiyasi yuqori darajadaligi, modellashtirish va sotsial eksperimentlarning yuqori saviyada olib borilishi oqibatida hozirga kelib AQShda sotsiologiya aniq prognozlar beruvchi fanga aylangan.
XX – asrning 20-yillaridan boshlab AQSh sotsiologiyasida mehnat munosabatlari, insoniy munosabatlarni o‘rganish yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘tish jarayonlarini tezlashtirdi. Masalan, 1927-1932 yillarda E.Meyo rahbarligida mehnat va boshqaruv munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan va Xotorn eksperimentlari nomi bilan mashhur bo‘lgan sotsiologik tadqiqotlar (bu tadqiqotlar g‘arbiy Evropani larzaga solgan kuchli iqtisodiy tanazzul davrida o‘tkazilgan bo‘lib uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi – ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha omillarini qidirib topishdan iborat edi). Shu asosda 1943 yilda Abraxaam Maslou tomonidan ishlab chiqarilgan “Iste’molning iyerarxik nazariyasi” yaratildi va amaliyotda qo‘llanildi. Keyinchalik, shu nazariya asosida 1950 yili F.Xertsberg tomonidan “motivatsiya nazariyasi” (mehnat sharoitlarining ichki va tashqi omillari haqidagi nazariya) va 1957 yili D.Makgregor tomonidan “boshqaruv usullari nazariyasi” yaratildi (bunda boshqarishning 3 asosiy usullari – avtoritar, demokratik va aralash tip haqida fikr yuritiladi). F.Xersberg nazariyasiga ko‘ra, faqat ichki omillar mehnat mazmunini, mehnatdan qoniqishni oshiradi. Mehnat sharoitlari: ish haqi, shaxslararo munosabatlar, korxona rahbariyatining tutgan siyosati, boshqaruv usuli va boshqa shu kabilarga tashqi omillar sifatida qaraydi.
Bu omillar mehnatdan qoniqmaslik darajasini pasaytirib, kadrlarni, mutaxassislarning korxonaga bog‘lanishini mustahkamlaydi. Ammo, bu omillar mehnat unumdorligining oshishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi, bu bilan F.Xertsberg quyidagi o‘zaro bog‘liqlikni asoslaydi: mehnatdan qoniqish hosil qilish mehnat mazmunining funksiyasidir. qoniqmaslik esa mehnat sharoitining funksiyasidir.
60-yillarda AQSh nazariy sotsiologiyasi fenomenologik yo‘nalishning kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Fenomenologik sotsiologiyaning shakllanishi A.Shnetts nomi bilan bog‘liq. O‘z mohiyatiga ko‘ra, fenomenologik sotsiologiya antipozitiv yo‘nalishda bo‘ldi. AQShda yana bir antipozitiv sotsiologik yo‘nalish - simvolik interaktsionizm bo‘lib, unga G.Blumer asos solgan. “Yangi sotsiologiya” nomi bilan atalgan uchinchi antipozitiv sotsilogik yo‘nalish Ch.R.Mills nomi bilan bog‘liq. Simvolik interaktsionizm, fenomenologik sotsiologiya, “yangi sotsiologiya”, konflikt sotsiologiyasi, ijtimoiy ayirboshlash nazariyasi, neofunktsionalizm va boshqa shu kabi nazariyalar – hozirgi zamon sotsiologiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Amerika sotsiologiyasida 60-yillarga qadar marksistik g‘oyalar ta’siri yo‘q edi. 60-yillardan boshlab AQShda marksistik sotsiologiyaga qiziqish orta bordi. 70-yillarda R.Fridrix kabi sotsiologlar “dialektik sotsiologik” dasturini ishlab chiqish g‘oyasi bilan chiqdilar. Unga ko‘ra, marksistik va nomarksistik sotsiologik nazariyalar, kontseptsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatli ajralishni bartaraf qilish masalasi ilgari surilgan.
Rossiyada sotsiologik g‘oyalar umujahon sotsiologik fanining bir qismi sifatida rivojlangan. Tadqiqotchilar Rossiyada sotsiologik g‘oyalar rivojlanishining 3 bosqichini ajratib ko‘rsatadilar. Birinchi bosqich – XIX asr o‘rtalaridan to 1918 yilgacha, ikkinchi bosqich – XX asr 20-yillari boshidan to 50-yillar oxirigacha; uchinchi, 60-yillar boshidan to bizning kunimizgacha.
Birinchi bosqich, avvalo P.Lavrov (1828-1900) va N.M.Mixaylovskiy (1822-1904) lar kabi yirik sotsial mutafakkirlar faoliyati bilan bog‘liq. Ular tomonidan rivojlantirilgan sotsial g‘oyalar “sub’ektiv sotsiologiya” nomini olgan. Bunday yo‘nalishdagi g‘oya P.Lavrovning 1870 yildagi mashhur tarixiy xatida birinchi marta ta’riflab berilgan. “Sub’ektiv sotsiologiya” namoyondalari ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini ishlab chiqishga e’tibor berdilar.
Lavrovning fikricha ijtimoiy taraqqiyotning mohiyati – madaniyatni qayta tashkil etish: shaxsan an’anaviy tur, qotib qolgan ijtimoiy formalarni o‘zgaruvchan, jo‘shqinlikni ifodalovchi tuzumlar va munosabatlar bilan almashtirish zarur. Sub’ektiv sotsiologlar andozalarida shaxs asosan harakatga keltiruvchi kuch sifatidagina emas, shuningdek ijtimoiy hayotning o‘lchovi hamdir.
Ijtimoiy taraqqiyotning oliy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun xizmat qiladigan munosabatlarni yaratishdan iborat.
Sub’ektiv sotsiologiya bilan bir qatorda, o‘sha davr sotsial fanida sezilarli rolni M.M.Kovalevskiy (1857-1916) ning asarlari o‘ynaydi. Kovalevskiy sotsiologik nazariyasining mohiyatim sotsial guruhlar, sinflar va xalqlar o‘rtasidagi birdamlikdir.
Rossiyada sotsial fikrni rivojlantirishda sezilarli rolni Yu.Yasonning “Rossiya va g‘arbiy Yevropa davlatlarining siyosiy statistikasi” asari o‘ynaydi. Sotsiologiyani tavsiflash, sinflar haqida nazariyalarga bag‘ishlab Rossiya sotsiologlari A.Bogdanov, V.Shumyatnikov, P.Sorokin, K.Taxraev asarlari yuzaga keldi.
1918-1919 yillarda Peterburg va Yaroslavl’ universitetlarida sotsiologiya kafedralari tashkil etildi.
P.A.Sorokin (1889-1969) yirik olim va jamoat arbobi bo‘lib, Rossiya sotsiologiyasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Ikkinchi bosqichda nazariy sotsiologiyaning rivojlanishi davom etdi. 1920-yillarda P.A.Sorokin “Sotsiologiya asoslari”, 1922-yilda M.S.Solinskiyning “Odamlarning sotsial hayoti”, 1922-yilda M.M.Xvostovning “Sotsiologiya asoslari asarlari”, 1928-yilda N.A.Buxarinning “Tarixiy materializm nazariyasi” asarlari chop etildi. 1974-yildan boshlab ixtisoslashgan maxsus “Sotsiologik tadqiqotlar” jurnali chiqa boshladi. 1988-yildan boshlab Moskva, Leningrad, Sverdlovsk, Kiev universitetlarida sotsiologiya fakultetlari faoliyat ko‘rsata boshladi.
Sovet tuzumi davrida tarixni materialistik tushunishga sinfiy va partiyaviy yondashishni absolyutlashtirish oqibatida umumsotsiologik qonuniyat mohiyatiga putur yetkazildi. Jamiyat taraqqiyotni bir tomonlama bo‘rtirib tushuntirish oqibati sub’ektivizmga, volyuntrizmga olib keldi. Sotsiologiya falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar singari siyosatga bo‘ysundirilib, uning xizmatkoriga aylantirildi. Sotsiologiyaning asosiy ijtimoiy vazifasi muayyan andozaga solingan, oldindan qat’iy belgilangan siyosiy buyurtmani bajarishdan iborat bo‘lib qoldi. Mavjud mafkura doirasidan chiqish qat’iy ta’qiqlandi.
Shunday qilib, o‘sha davr ijtimoiy fanlar uchun metodologik asos qilib olingan tarixni materialistik tushunishdan chetlashildi. Ijtimoiy ong ijtimoiy hayotni emas, balki ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilaydi, degan materialistik mohiyatga ega bo‘lgan umumsotsiologik qonuniyatga xilof ravishda ish yuritildi.
Sovet Ittifoqi davrida sotsiologiyaning fan sifatida rivojlanishi uchun to‘la imkoniyat bo‘lmadi. Buning asosiy sababi demokratiyaning yo‘qligi, ijtimoiy munosabatlarga faqat sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazardan qaralganligi bo‘ldi. Sotsiologiya esa faqat to‘la qonli demokratiya bo‘lgandagina fan darajasida amal qiladi. Chunki, sotsiologiya mohiyat e’tibori bilan jamiyat hayotining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy turmush sohalari rivojlanish va funksional qonunlarini obyektv jihatdan umumiy tahlil qiladi.
Binobarin, empirik tadqiqot darajasida olingan ma’lumotlar o‘rganilayotganda ob’ektning salbiy jihatlarini ham ifodalash mumkin.
Kishilarning davlat siyosatiga, mavjud siyosiy rejimga munosabatini, moddiy turmush darajasini, kayfiyati, intilishlari va shu kabi munosabatlarini sotsiologik tadqiq qilish orqali mavjud ijtimoiy-siyosiy holat yuzaga chiqariladi. Faqat to‘la qonli demokratik tuzumdagina mavjud siyosiy kuchlarning fikrlar xilma-xilligiga yo‘l qo‘yiladi.
Sotsiologiyada tadqiqot natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ilmiy asoslangan va obyektv xarakterda bo‘lishi talab qilinadi. Agar davlat demokratik asosda boshqarilmasa, hokimiyat tepasidagi siyosiy kuchlar manfaatiga xizmat qilmaydigan har qanday ilmiy sotsiologik tadqiqotdan voz kechiladi va u ta’qiqlanadi. Siyosiy ideologiyaga bo‘ysundirilgan sotsiologiya o‘zining ilmiyligini yo‘qotib sub’ektiv, sun’iy va soxta xususiyatga ega bo‘lib qoladi.
Sotsiologiya fan sifatida Garbiy Yevropada rivojlangan bo‘lishiga qaramay fan sifatida o‘qitilish birinchi bo‘lib AQSHda boshlandi. Birinchi sotsiologiya kafedrasi 1892 yilda AQSHning Chikago Universitetida tashkil etildi va unga Albion Smoll rahbarlik qilgan. 1913 yilda Fransiyaning Sarbonna Universitetida sotsiologiya kafedrasi tashkil etildi va unga Emil Dyukgeym rahbarlik qilgan.
1919 yilda Rossiyada Pitirim Sorokin rahbarligida sotsiologiya kafedrasi
Petrograd Universitetida tashkil etildi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə