1-Mavzu: Psixokorreksiya fanining maqsadi va vazifalari. Reja


Psixokorreksiya faning psixologiya fanining asosiy tarmoqlari bilan aloqasi



Yüklə 49,22 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü49,22 Kb.
#161175
1   2   3   4
1-Mavzu Psixokorreksiya fanining maqsadi va vazifalari. Reja

4. Psixokorreksiya faning psixologiya fanining asosiy tarmoqlari bilan aloqasi.
Psixokorreksiya fanining maqsadi talabalarni psixologik korreksiya sohasidagi Amaliy psixologiyaning xozirgi zamon yutuqlari bilan tanishtirish, olgan bilimlarini amalda ishlata bilishni rivojlantirishdir. Shuningdek psixokorreksiya insonning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini kulan jarayonini xam o‘rganadi. Psixokorreksiyaning asosiy vazifasi Respublikada va chet ellardagi psixodiagnostika va korreksiya buyicha erishilgan yutuqlarni ilmiy adabiyotlar orqali o‘rganishni takozo etadi.
Psixologik ishlar majmuasi o‘quvchilarni maktab, kollej va liseylarda o‘kitish davomida psixologik, pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlari, ta’lim-tarbiyasidagi nuqsonlarni aniqlashga munjallangandir. Diagnostika va korreksion ishlar guruxiy yoki yakka (individual) tarzda utkaziladi. Bu asnoda psixolog yaqqol vazifalarni bajaradi: Yosh davr taraqqayotining muayyan mezonlariga muofiqligini aniklash maksadida, psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab va bilim yurti tinglovchilarini, Oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik darajalarini belgilaydi.
O‘qituvchilarning kasbiy yarokligigi va layokatini diagnostika qiladi. Ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, xis-tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual (akliy darajasi) va pedagogik qobilyatini tekshiradi. Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixik xususiyatlari, ularning qiziqish, mayl, istak, ilk iqtidorlik qobiliyatlarni o‘rganadi. Ularga yakka xolda (individual) munosabat va yondrshuvni yo‘lga qo‘yadi. Mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishga muayyan yordam ko‘rsatadi, treyning (maxsus mashq) o‘tkazadi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar, o‘quvchilar hunar, kasb, bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq – atvoridagi buzilishlar sabablarini diagnostika kiladi va ularni bartaraf kilish, korreksiya kilish usullarini axtaradi.
Bolalarning voyaga yetgan odam va o‘z tengkurlari bilan muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnoqiyofasi va etnomadaniyati xususini xisobga olgan xolda psixofiziologik metodikalarini muayyan sharoitga moslashtiradi, ya’ni «adaptasiya», boshka soxani mutaxassislari bilan birgalikda ruxiy rivojlanishdagi nuksonlarni xisbga olib tabakalashgan differensial diagnostikani amalga oshiradi.
Nuqsonlarning tabiiy va difektologik (lotincha suzdan olingan bulib, yetishmaslik degan ma’noni bildiradi) tabiatini aniklaydi.
Deviant (qonunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulq-atvor sabablari va ularning shakllarini belgilaydi. Giyoxvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, ug‘rilik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi. Ularni omillarini taxlil kiladi. Shuningdek raxbar kadrlar va o‘qituvchilarning kasbga yarokliligini ilmiy asosda tekshirish va tavsiyanomalar ishlab chikish.
Oliy maktab xodimlari, sinov, adaptasiya muddatini (stajor, yosh mutaxasis, ukituvchi, aspirant va boshkalarni) urganish va amaliy kursatmalar berish. Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, kabul buyicha ilmiy psixologik prognoz kilish, sodir bulishi mumkin bulgan xavodan ma’muriyatni ogox etish.
Attestasiya ijtimoiy talab va buyurtmalar asosida ijtimoiy psixik axborotlar to‘plash va ularni to‘plab yakkol psixologiyalar yaratish, chet el muassasalari bilan aloka kilish, kadrlarning malakasini oshirish ularning intellektual potensialini aniklash, fan va texnikani rivojlantirish imkoniyati va oliy maktabning nufuzi to‘g‘risida materiallar yigish, ularni psixik jixatdan taxlil kili shva maslaxatlar berish, ukuv kullanmalarining sifati, kitobxonlilik muammosi, xodimlar, talabalarning Davlat mulkiga munosabati xakida ma’lumotlar tuplash va ularni umumlashtirish, ma’muriyatga va kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash, yotokxonada o‘quvchilar va talabalarning talabi, kizikishi, ijtimoiy karashi, nuktan nazari, moslash, turmushga nisbatan munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar tuplash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chikarish.
- Maktab xodimlari o‘qituvchilar va talabalarning ekologik, iktisodiy, siyosiy, etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish va mustakillikni mustaxkamlash imkoniyatini o‘rganish, vatanparvarlik xis tuyg‘ularini shakllantirish maksadida tadbirlar tizimini ishlab chikish.
- An’anaviy ta’lim-tarbiya metodlarining yutugi xamda kamchiliklarini tadkikot kilish, innovasion faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab kurish. O‘quvchilarning ularga nisbatan munosabatini aniklash va anna shularga asosan o‘qitishni individuallashtirish tabakalash buyicha ukuv-uslubiy kursatmalar tavsiya qilish.
- Iktidorli o‘quvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar, aspirantlarni tanlashda ishtirok kilish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chikish va shularga asoslanib ularga nafakalar berish.
- O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar o‘rtasida bush vaktni ta’minlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini, ijtimoiy psixologik nuktan nazaridan tekshirish va bush vaktni maksadga muofik tashkil kilish yullari xamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy kadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik jixatdan taxlil kilish.
- Maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarda ishbilarmonlik kobiliyati yuzasidan ilmiy psixologik dastur yaratish xamda uning moddiy boylik ishlab chikarishdagi ulushini taxlil kilish.
Psixologik diagnostikasi va psixologik korreksiyaning mazkur yunalishi, psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib topshirish jarayoniga faol ta’sir kursatishni takozo kiladi. Xalk ta’limi soxasida faoliyat kursatayotgan psixologning vazifasi muayyan qoida, mezonga asoslanib, o‘z faoliyatini tashkil kilib, yosh davr xususiyatlariga binoan bolalar, o‘quvchilar, talabalar psixikasini rivojlantirishi, shaxsning shakllanishi konuniyatlarini amaliyotga tadbik etish. O‘qituvchilar jamoasiga o‘quvchilar, bolalar va talabalar ta’lim tarbiyasini individuallashtirishda yordam berish, ularning kobiliyati, maylining darajasiga karab o‘qituvchilarga korreksion tuzatish ishlarini amalga oshirishda kursatmalar berish, oshirishda kursatmalar berish, korreksion ishda aloxida axamiyat kasb etadigan narsa bu bolalar, talabalar, o‘quvchilar usishida, rivojlanishida orkali kolish, unda xulkning buzilishi, ta’limida uzlashtirishni yomonlashuvi xtsoblanadi. Bu borada psixolog kuyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim.
1.Psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini xamda jadal rivojlanishini xisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabxalarini kamrab oluvchi, dinamik tarakkiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chikarishga butun faoliyatni yunaltiradi. Ijtimoiy usish talabiga javob beruvchi umuminsoniy, etnopsixologik konuniyatlar muxitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib topshirishni bosh maksad deb tanlaydi.
2.Psixolog bolalar, o‘quvchilar va talabalarning psixik tarakkiyotidagi xulki va muammosidagi nuksonlar xamda kamchiliklarni asta-sekin tuzitish dasturini ishlab chikadi va amaliyotga tadbik etadi. Buning uchun ular Bilan maxsus mashgulotlar, buzilishni kamaytirish mashklarini utkazadi. Ijodiy (kryativ) kobilyatlarni ustirish maksadida treyninglar olib boradi.
3.Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturi ichida psixologik va pedagogik muammolarni kamrab oladi. Korreksion faoliyatning psixologik kismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jixati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar Bilan xamkorligida utkaziladi va butun ma’suliyat uning zimmasiga tushadi.
4.Rivojlanuvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan xar xil shakllarda, vaziyatlarda va xolatlarda tashkil kilinadi:
A) psixologning ishi, mashg‘uloti ayrim bolalar, o‘quvchilar va talabalar bilan aloxida o‘tkazishni rejalashtiriladi.
B) psixologlarning boshka bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruxlariga tarbiyaviy ta’sir utkazishga yunaltirilgan bo‘ladi.
V) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashgulotlar olib borish nazarda tutiladi.
5.Rivojlanuvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb kilinuvchilar guruxini kadryatga yunalganligi etnopsixologik, etnomadaniyat xususiyatlari uz aksini topsin. Dasturni xalk, etnos, millat-elat tarixi an’analari, rasm-rusumlari, udumi kabilarni xisobga olgan xolda maksadga muofik tuzish lozimdir.
6.Hunar texnika bilim yurtlari o‘quvchilari bilan murabbiylari o‘rtasidagi nomutanosiblikni yukotish maksadida maxsus mashgulotlar utkazish, ulardagi o‘qishdan ijtimoiy muxitdan, egallagan mavkeidan, urnidan, konikmaslik xissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik uyinlari psixodrammadan foydalanish.
7.Emosional zurikishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jixozlash. Xona jaxon standartlariga javob berishi, boshkaruv pulti, ekran vositalari, avidiotreyning, sosialtreyning, texnik vositalarga ilmiy Amaliy metodikalarga ega bulishi lozim.
8.Korreksion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans buyicha utkazilishi shart. Bunda emosional zurikishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual, tipalogik xususiyati, ta’sirlanish darajasi xisobga olinishi kerak. Tuzatish ishlari, mashgulot, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bulishi, ta’sir o‘tkazish samaradorligini oshiradi.
Nazorat uchun savollar:
1.Psixokorreksiya fanining predmetini tushuntiring?
2. Psixokorreksiya fanining vazifalari nimalardan iborat?
3. Psixokorreksiya fanining maqsadini tushuntiring?
4. Psixokorreksiya faning psixologiya fanining asosiy tarmoqlari bilan aloqasi tushuntiring?
5. Psixologik diagnostika nima?
6. Psixologik korreksiya deganda nimani tushunasiz?
Yüklə 49,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə