1-Mavzu: Psixokorreksiya fanining maqsadi va vazifalari. Reja


Psixokorreksiya fanining vazifalari



Yüklə 49,22 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü49,22 Kb.
#161175
1   2   3   4
1-Mavzu Psixokorreksiya fanining maqsadi va vazifalari. Reja

2. Psixokorreksiya fanining vazifalari.
Psixokorreksiya fanining maqsadi talabalarni psixologik korreksiya sohasidagi Amaliy psixologiyaning xozirgi zamon yutuqlari bilan tanishtirish, olgan bilimlarini amalda ishlata bilishni rivojlantirishdir. Shuningdek psixokorreksiya insonning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo‘llash jarayonini xam o‘rganadi. Psixokorreksiyaning asosiy vazifasi Respublikada va chet ellardagi psixodiagnostika va korreksiya buyicha erishilgan yutuqlarni ilmiy adabiyotlar orqali o‘rganishni takozo etadi.
Psixologik ishlar majmuasi o‘quvchilarni maktab, kollej va liseylarda o‘kitish davomida psixologik, pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlari, ta’lim-tarbiyasidagi nuqsonlarni aniqlashga munjallangandir. Diagnostika va korreksion ishlar guruxiy yoki yakka (individual) tarzda utkaziladi. Bu asnoda psixolog yaqqol vazifalarni bajaradi: Yosh davr taraqqayotining muayyan mezonlariga muofiqligini aniklash maksadida, psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab va bilim yurti tinglovchilarini, Oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik darajalarini belgilaydi.
O‘qituvchilarning kasbiy yarokligigi va layokatini diagnostika qiladi. Ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, xis-tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual (akliy darajasi) va pedagogik qobilyatini tekshiradi. Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixik xususiyatlari, ularning qiziqish, mayl, istak, ilk iqtidorlik qobiliyatlarni o‘rganadi. Ularga yakka xolda (individual) munosabat va yondrshuvni yo‘lga qo‘yadi. Mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishga muayyan yordam ko‘rsatadi, treyning (maxsus mashq) o‘tkazadi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar, o‘quvchilar hunar, kasb, bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq – atvoridagi buzilishlar sabablarini diagnostika kiladi va ularni bartaraf qilish, korreksiya qilish usullarini axtaradi.
Bolalarning voyaga yetgan odam va o‘z tengqurlari bilan muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnoqiyofasi va etnomadaniyati xususini xisobga olgan xolda psixofiziologik metodikalarini muayyan sharoitga moslashtiradi, ya’ni «adaptasiya», boshka soxani mutaxassislari bilan birgalikda ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlarni xisobga olib tabaqalashgan differensial diagnostikani amalga oshiradi.

Yüklə 49,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə