1-mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari reja


-MAVZU: ORGANIZM VA MUHIT



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə5/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#86464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Yosh fiziologiyasi8

2-MAVZU: ORGANIZM VA MUHIT

Reja:

1.Irsiyat haqida tushuncha.

2.Irsiyatning sitologik asoslari.

3.To‘qimalar.


Tayanch tushunchalar: Fiziologiya, gigiyena, irsiyat, muhit, dominanta, retsessiv, xromosoma, gen, mutatsiya, irsiy kasalliklar.

Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri irsiyat masalasidir. Irsiyat organizmning o‘z belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasi bo‘lib, shu tufayli organizmning belgi, xususiyatlari nasldan naslga o‘tadi. Irsiyat deb ota-onaga xos biologik xususiyatlarni nasldan-naslga o‘tishi va bu belgi va xususiyatlarning muhit ta’sirida rivojlanishiga aytiladi.

Organizm belgi - xususiyatlarining bir qancha avlodda turg‘in saqlanib kelishi irsiyatning bir tomoni bo‘lib, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma’lum moddalar almashinuvini, xarakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan aniqlanadi. Aks holda organizmlar avlodida o‘zgarish vujudga kelgan bo‘lar edi. (Masalan, bug‘doydan arpa, tovuqdan o‘rdak).

Organizmning ikki xususiyati - irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganadigan fanga genetika fani deyiladi. Zamonaviy genetikaning vujudga kelgan vaqti 1865 yil hisoblanadi, shu yili chex olimi Gregor Mendel bir va ikki belgisi jihatidan bir-biridan farq qiladigan no‘xat navlarini chatishtirib, belgilarning irsiy yo‘l bilan nasldan-naslga o‘tish qonuniyatlarini aniqlagan. Mendel o‘z tajribalari asosida ota-ona belgilarining 3:1 nisbatda, ya’ni 75% dominant (ustun chiqishi) va 25% retsessiv (yashirin) holda avloddan-avlodga o‘tishini isbotlab berdi. Mendelning bu buyuk ishlariga zamondoshlari baho bera olmaydi. O‘z tajribalarida xuddi shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib yuborilgan. Mendel tajribalarini qayta tahlil qilib, uning tadqiqotlarini to‘la-to‘kis tasdiqladi. Shunday qilib, Mendel qonunlari tan olindi va genetika faniga asos solindi. Irsiyatning moddiy negizi bu hujayraning o‘z nusxasini qayta vujudga keltira oladigan va bo‘linish protsessida qiz hujayralarga taqsimlanish xususiyatiga ega bo‘lgan barcha elementlar hisoblanadi.

Gen irsiyat birligidir. Genetika fanining eng katta yutug‘i DNK molekulasidan gen ajratib olindi va sintez qilindi. Gen bir-biriga yaqin bo‘lsa, ular belgilab beradigan belgilarning naslda namoyon bo‘lish ehtimoli shuncha katta bo‘ladi. Yadro bo‘linishi jarayonida hujayrada tayoqchasimon tanachalar - xromosomalar vujudga keladi. Xromosomalar oqsillar va nuklein kislotalarning yirik molekulalaridan tashkil topgan. Irsiy belgilar informatsiyasining kodlari oddiyroq birikmalar - dezoksiribonuklein kislotalarda saqlanadi. Xromosomalarning soni turli o‘simlik, hayvonlar hujayralarida turlicha bo‘ladi.

DNKning molekulyar strukturasida tur va individumning barcha belgilari shifrlab qo‘yilgan. Xromosomalarda genlar tizma shaklida joylashgan bo‘lib, uning ayrim qismini tashkil etadi. Shunday qilib, hujayra yadrosida saqlangan xromosomalar va DNK ota-onadagi asosiy belgi va xususiyatlarni nasldan-naslga o‘tkazuvchi asosiy tuzilma hisoblanadi. Odamning jinsiy hujayralarida xromosomalar 23 ta bo‘lib, diploid soni 46 ta, ya’ni 22 juft autosomani (jinssiz xromosomani) va ikkita jinsiy xromosomani o‘z ichiga oladi. Jinsiy xromosomalar urg‘ochi hujayralarda XX, erkaklarda XY deb belgilanadi. Barcha tirik hujayralar ko‘payish xususiyatiga ega. Tirik organizm ko‘payish orqali o‘ziga o‘xshash organizmlarni hosil qiladi. 1871 - yilda talaba Gamm va olim Levenguk erkak jinsiy suyuqligidan jinsiy hujayralar - spermatozoidlarni topdilar. Spermatozoid so‘zi urug‘lik, jonivor degan ma’noni anglatadi. Spermatozoidlar jinsiy bezlarda (urug‘donda) еtiladi. Urg‘ochi jinsiy hujayralar (tuxum hujayralari) tarqqiyoti ovogoniy deyiladi. Erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralarining qo‘shilishi urug‘lanish deb ataladi.

Yetilgan erkak jinsiy hujayralarining rivojlanishi spermatogenez deyiladi. Bu jarayon jinsiy balog‘atga еtishdan boshlab, organizmning jinsiy aktivligi saqlanguncha davom etadi. Spermatozoidlar erkak jinsiy bezlarining burama naychalarida hosil bo‘ladi. Spermatozoid o‘zining harakatlanish va qo‘shilish qobiliyatini besh kungacha saqlaydi.

Ayollarda bir juft tuxumdon bo‘lib, u bachadonning har ikki tomonida joylashgan. Tuxumdonning kattaligi 3-4 sm, qalinligi 2 sm. Unda tuxum hujayra еtilib chiqadi. Tuxum hujayra yadro va protoplazmadan tashkil topgan. Qiz bola tuxumdonida 40 000 dan 50 000 tagacha birlamchi follikulalar bo‘ladi.

Genetik kod. Oqsil sintezi uchun zarur bo‘lgan genetic irsiy xabar aminokislota va ularning oqsil molekulasida joylashishiga qarab belgilanadi. Bu xabarning kodi DNK da DNK tarkibiga kiruvchi nukleotid molekulalar genetic kod aniqlovchi 4 asos ichiga kiradi. Barcha tirik mavjudotlar uchun kod bir xil. 4 asos genning osha yoki boshqa ekanligini aniqlab xabar beradi. Bu xabar yuzlab oqsil molekulalari hosil bo‘lishida ma’nosi triplet va kodon deb nomlanuvchi bitta yaxlit xabar so‘zini tashkil etadi .Bu birikma oqsillarda mavjud 20 ta aminokislotani tashkil etadi.

Genlar, xromosomalar va genomlar. Genetika irsiyat to‘grisidagi fan hisoblanadi. Bu genlarning tuzilishi va vazifalari bilan bog‘liq. Barcha tirik mavjudotlarning hujayralari o‘z funksiyasiga egadir. Shuning uchun ham programma ham mavjudir. Bu jarayon yoki programma hujayra bo‘linishida muhim. Bu genetic programma individual xabarlar yani genlar, genetic xarakterlar va uning asosiy vazifalari bilan bogliq. Barcha genlar jami bu genom odam taxminan 30000-40000 gendan iborat. Genlar xromosomalarda o‘zining shaxsiy tuzulishiga ega. Ularning eng kichkina genetic vazifani bajaradi. Ular kichik mayda 1000-10000 juft 300-3000 triplet xromosomadan iborat, ammo asosiysi 23 juft xromosomalar DNKni tashkil etadi. Taxminan uzunligi 3 million atrofidagi juftliklardan iborat.




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə