1-mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari reja



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə10/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#86464
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Yosh fiziologiyasi8

Genom mutatsiyasi. Xromosoma to‘plami soninig o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan genom mutatsiya. Har bir tur uchun xromosomlarning muayyan to‘plami xos bo‘ladi. Bu to‘plamdagi xromosomalarning har biri bir martagina uchraydigan xromosoma to‘plami bilan belgilanadi. Genom mutatsiyalari organizmlarda katta o‘zgarishlar sodir etib ularning yashovchanligini pasaytirib yuboradi, ayrim holatlarda o‘limga ham olib keladi. Agar genomda bitta xromosoma kam bo‘lsa monosomik ortiqcha bo‘lsa trisomik o‘rganizmlar rivojlanadi. Ayrim odamlarda kuzatiladigan Sheresheviskiy Terner, Klaynfeltr yoki X trisomiya kabi kasalliklar xromosomalarning son jihatdan o‘zgarishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ba’zan ichki va tashqi tasirotlar oqibatida genomdagi xromosomalar ikki, uch, hamda to‘rt karra ortishi yani poliptid hodisasi ro‘y beradi. Poliploid formalar ko‘pgina hollarda diploidlarag qaraganda tananing yirikligi, mahsuldorligi, yashovchanligi bilan ajralib turadi. Poliplodiya asosan hujayra bo‘linishi anafazasida xromosomalarning ikki qutubga tarqamasligi oqibatida yuzaga keladi. Poliploid formalar g‘oza, bug‘doy aksariyat yomgir chuvalchangi va boshqa organizmlarda uchraydi. Irsiy ozgaruvchanlik mutatsiyalar tabiiy sharoitda va suniiy sharoitda kuzatiladi.

Yerdagi turlarning vaqt otishi bilan o‘zgargani XIX asr boshlaridayoq ma’lum bo‘lsada bu qanday qilib yuz bergani noaniq edi. Evoyutsiyaning tabiiy tanlanish vosatisida ro‘y berishi haqidagi nazariya shu ozgarishlar yuz berishi mexanizmi izohlab beradi.

Populyatsiyadagi individlar bir xilda emas. populyatsiyaning tarkibi va soning o‘rganuvchi demograflar fikricha populyatsiyadagi individlar bir-biridan jinsi va yoshi bilan keskin farq qiladi. Populyatsiyaning jins tuzulmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg‘ochi individlarning son jihatdan nisbati hisoblanadi. Populyatsiyadagi jinslar nisbati birinchi jinsiy xromosomalarning qo‘shilishi bilan yangi genetik qonuniyatlarga borliq bolsa ikkinchidan unga malum darajada tashqi muhit ham tasir etishi mumkin.

Ekologik nuqtai nazardan qaraganda populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi ushbu populyatsiyadagi mavqei bilan bog‘liq. Populyatsiya evolyutsiyasi uchun urg‘ochi organizmlarning yoshi muhim ahamiyatga ega chunki bizga ma’lumki populyatsiya individlarning olishi va ularning va serpushtligi so‘zsiz jinsi va yoshiga teng. Masalan inson populyatsiyasi sonining o‘sishi ko‘pincha 15-35 yoshda bo‘lgan ayollarda bo‘ladi. Populyatsiyaning yosh tizimi sharoitiga qarab har bir populyatsiya uchun turning genetic xususiyatiga bog‘liq boladi.

Barcha organizmlar tashqi muhit sharoitiga moslashadi. Har-xil organizmlar ma’lum tashqi muhit sharoitiga ko‘nikma hosil qilgan, shuning uchun faqat ma’lum sharoitda yashashi va rivojlanishi mumkin. Organizmning rivojlanish bochqichida - urug‘langan tuxum hujayradan to voyaga еtgunga qadar to‘xtovsiz genotipning (organizmning o‘ziga xos meros qilib olgan belgilari) nazorati ostida va tashqi sharoit ta’sirida bo‘ladi.

Xo‘sh, odam o‘ziga nimani meros qilib oladi? Odam o‘zining butun «biofondini» meros qilib oladi, ya’ni butun organizmini ko‘z, sochini rangini, organlar shaklini, nerv tizimini, sezgi organlarni va boshqalarni meros qilib oladi, biroq, bola tug‘ilganidan boshlab ijtimoiy muhit sharoitlarida o‘sib, rivojlanib boradi, biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan organizm shakllanadi, ular fenotipni belgilab beradi. Hayot jarayonida bola organizmi tashqi muhitning beto‘xtov almashinib turadigan juda ko‘p omillari ta’siriga duch keladi, bu omillar kasallik paydo qilmaydi, chunki organizm nerv va gumoral boshqarish vositasida tashqi muhitga doimo moslashib boradi, organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimiy muvozanat saqlanib, bu holat yashash va sog‘liqning zarur sharti hisoblanadi.

Tirik organizm ma’lum bir joyda yashar ekan, unga o‘sha joyning harorati, namligi, havo bosimi, yorug‘ligi, radiatsiyasi, havosi va boshqa omillar ta’sir qilib turadi; har bir organizm uzoq yillardan beri ma’lum bir joyda yashab kelganligi tufayli u o‘sha joyga moslashadi. Mashxur fiziolog olim I.M.Sechenyev bu borada shunday degan edi: «Biron tirik organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi».

Tashqi muhit omillari organizmga sezgi organlar (teri, eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish) orqali ta’sir etib, markaziy nerv tizimida bu ta’sirlar analiz va sintez qilinadi. Undan keyin ta’sir barcha to‘qima va organlarga berilib, ulardagi fiziologik jarayonlar muayyan sharoitga moslashadi.

Yuksak darajada rivojlangan organizmda tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshi to‘qima va organlarning fiziologik faoliyati doimiy bo‘lishini ta’minlovchi moslanish, ya’ni gomeostaz vujudga kelgan. Barqaror gomeostaz ko‘rsatkichlarga: tana haroratining doimiyligi, qon va to‘qima suyuqligining osmotik bosimi, ular tarkibidagi kaliy, natriy, kal’siy, xlor ionlarning va qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi. Albatta, organizm ichki muhitining doimiyligi nisbiydir. Tashqi muhitning noqulay ta’siri natijasida bu muhitning doimiyligi o‘zgaradi. Lekin nerv - gumoral tizimining boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi. Masalan, yoz oylarida havo harorati juda ko‘tarilib ketsa (40 gradusdan yuqori), organizm tanani sovutish choralarini ko‘radi. Buning uchun ko‘p ter ajratish bilan birga tanadagi issiqlik energiyasi ham tashqariga chiqariladi. Organizmning hujayra va to‘qimalarida moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo‘lishi kamayadi. Bu bilan organizm qizib ketishdan o‘zini saqlaydi. Qish kunlarida esa bu jarayonning teskarisi bo‘ladi. Terlash kamayib, to‘qimalarda energiya ajratish ham susayadi, organizmda moddalar almashinuvi kuchayib, energiya hosil bo‘lishi ko‘payadi. Bular natijasida issiq va sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi.

Atrof-muhit tushunchasi keng ma’noli tushincha bo‘lib, uchta omilni o‘z ichiga oladi:



  1. Abiotik omil.

  2. Biotik omil.

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy omil.

Abiotik omillar tirik organizm jumladan inson organizmiga ta’sir etib, ularni hayotga moslashuvida muhim ahamiyatga ega. Bu omillarga fizik va kimyoviy omillar kiradi.

Muhitning kimyoviy omillariga havo, suv, tuproq, oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar kiradi. Bular odamning meyordagi hayot faoliyati va sog‘lig‘i uchun zarurdir. Biroq ular kasallik sababchisi ham bo‘lishi mumkin. Sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqqan zaharli moddalar aholi orasida allergiya, nafas olish, oshqozon - ichak, yurak-qon tomir, nerv tizimining har xil kasalliklari ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Havo harorati, namligi atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, shovqin, tebranish, elektromagnit, issiqlik, gravitatsion omillar fizik omillar hisoblanadi. Biologik omillarga mikrob, viruslar, gijjalar, zamburug‘larni kirgizish mumkin. Ular nafas va ovqat hazm qilish yo‘llari yoki teri orqali organizmga kirib yuqumli kasallik chaqiradi.

Ijtimoiy iqtisodiy omil o‘z ichiga ijtimoiy-ruhiy, demagrifik, milliy, etnik va iqtisodiy elementlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, bularga yashash joyi, oila va ish joydagi, o‘quv korxonasidagi munosabatlar, turmush tarzi, ovqatlanish va ovqat tarkibi, dam olish, ishlash va boshqalar kiradi.

Bola jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar o‘qituvchilar, ota-onalar, o‘rtoqlari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari natijasida ta’sir ko‘rsatadi. Demak, biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan organizm shakllanadi.

Xalq ho‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, avtomotizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, urbanizatsiya, shovqin odamning kam harakatchanligi, biologik ritmning buzulishi, yuqori xissiy, ruxiy zurikish, stress holatlari. havo, suv va tuproqning ifloslanishi, noto‘g‘ri ovqatlanish. Dori-darmonlarni ortiqcha iste’mol qilish, chekishning keng tarqalishi, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va giyohvandlik kabi tashqi muhit omillari odam organizmiga ta’sir ko‘rsatib, uning tashqi muhitga moslashish qobilyatini pasaytiradi. Bu esa turli xil kasalliklarni paydo bo‘lishiga olib keladi.



  1. Irsiyat nima?

  2. Irsiyat birligiga nima deyiladi?

3. Qanday irsiy kasalliklarni bilasiz?


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə