1-Mavzu: Kompyuter arxitekturasi va asosiy qurilmalari


Leptop (Laptop - ingliz tilida tizzadagi kompyuter)



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#154912
1   2   3   4   5
1 mavzu

Leptop (Laptop - ingliz tilida tizzadagi kompyuter) turidagi portativ kompyuterlar «diplomat» xajmidagi kichik chemodanchalar ko‘rinishida tayyorlanadi. Ularning og‘irligi odatda 5—10 kg atrofida bo‘ladi. Apparat va dasturiy ta’minot ularning eng yaxshi ko‘chmas ShKlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishiga imkon beradi.
Noutbuk (Note Book) stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajara oladi. O‘z xususiyatlariga ko‘ra ko‘p jixatdan leptopga mos keladi, faqat o‘lchami va bir qator kichik hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan farqlanadigan kompyuterdir.
Zamonaviy leptop va noutbuklarning ko‘pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq hisoblash tarmog‘iga ulanish uchun ichki modemga ega bo‘lib internet aloqani erkin ta’minlaydi va Bluetooth i Wi-Fi qurilmalarga ega.
Elektron kotiblar (PDA-Personal Digital Assistent, ularni ba’zan Hand Help qo‘l yordamchisi deb atashadi) cho‘ntak kompyuteri shakliga ega (og‘irligi 0,5 kg dan ortiq emas), biroq Palmtop ga nisbatan keng funktsional imkoniyatlarga ega (xususan: nomlar, manzilgohlar va telefon raqamlarini saqlovchi elektron ma’lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar ro‘yxatlari, xarajat yozuvlari va boshqalar hakidagi axborotni tashkil qilishga
yo‘naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta’minot), maxsus matnli, ba’zan esa grafik muharrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.
Ko‘pgina elektron kotiblar modemlarga ega va boshqa ShKlar bilan axborot almashishi mumkin. Hisoblash tarmog‘iga ulanganda esa elektron pochta va fakslarni olish hamda jo‘natish mumkin. Ulardan ba’zilari hatto avtomatik raqam teruvchilarga ega. Elektron kotiblarning yangi
modemlari boshqa kompyuter qurilmalari bilan masofadan simsiz axborot almashish uchun radiomodem va infraqizil portlar bilan jixozlangan.
Elektron yozuv daftarchalari (organizer — organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «eng yengil sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elektron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning og‘irligi 200 grammdan oshmaydi. Organayzerlar foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, biroq sig‘imli xotiraga ega. Unga zarur axborotni yozish va uning yordamida maxsus matnni tahrir qilish, ish xatlari, bitim, shartnomalar matnlari, kun tartibi va ish uchrashuvlariga tegishli matnlar saqlanishi mumkin.
Kompyuterlar asosiy qurilmalardan tashqari bir qator atrof qurilmalari ham mavjud. Ularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə