1-Mavzu: Kompyuter arxitekturasi va asosiy qurilmalari



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#154912
1   2   3   4   5
1 mavzu

Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta
yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chib ketadi.
Zamonaviy kompyuterlarda 2, 4, 8 Gb va undan katta xajmga ega bo‘lgan operativ xotirlar ishlatiladi.
Kompyuterlarning operativ xoirtasini ko‘tarish uchun Ona platalarda qo‘shimcha shinalr mavjud. Ikkita 2 Gb lik operativ xotiradan 4 Gb lik, yoki ikkita 4 Gb lik operativ xotiradan 8 Gb lik xoira yasash mumkin. Faqat bitta narsani etiborga olish kerak, bu ham bo‘lsa ona plataning imkoniyati bunga mos kelishi kerak, ya’ni ona plataning imkonidan chiqib kelish kerak degan so‘z.
Qattiq disk - qattiq magnit dikdagi jamlagich yoki QMDJ (ingliz. hard (magnetic) disk drive, vinchester) - kompyuter xotirasida axborotni saqlab qoluvchi qurilma bo‘lib, magnitli yozish (magnitnaya zapis) printsipi asosida ishlaydi va dunyodagi aksaryat kompyuterlar ushbu qurilma bilan jihozlangan.
QMDJlar egiluvchan disklardan (disketalar) farqi bularda axborot ferromagnitli material bilan qoplangan qattiq alyuminli yoki shisha platinkalarga yoziladi va bitta yoki birnecha plastinka disk bitta osga
joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. QMDJlar disklariga qoplama tariqasida ikki okisli xrom ham ishlatiladi.
Birinchi vinchester - qattiq disk 1973 yilda IBM firmasida foaliyat ko‘rsatgan xodim Kennetu Xotonu tomonidan ixtiro qilingan va bu diskning xotirasining xajmi 30Mb dan 2 ta modul bo‘lgan.
Zamonaviy kompyuterlarga o‘rnatilayotgan QMDJlarning xotirasining xajmi bugungi kunga kelib 1000 Gb dan oshib ketgan.
Diskning ishlash tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi:

  1. Diskning sekundiga aylanishlar soni.

  2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va o‘qish-yozish tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining turi va kompyuter mikroprotsessorining tezligiga xam bog‘lik.
QMDJlar ishlab chiqarishda etakchi kompaniyalar to‘g‘risida ma’lumot:

  • Digital Equipment Corporation (DEC) - AQShning kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1957 yilda Ken Olsen va Xarlan Anderson tomonidan tashkil qilingan.

  • Seagate Technology (Sigeyt Teknolodji) — AQShning Kaliforniya shtatida joqylashgan qattiq disklar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1979 yilda kompyuter bozorida yetakchi o‘rinni egallab keladi.

  • Toshiba Corporation - Xalqaro kontsern hisoblanadi, Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan, kompyuter texnologiyasi va elektronika sohasida foaliyat ko‘rsatadi.

  • va boshqa juda ko‘p kompaniyalar mavjud.

Diskovod (Disk Drive) - magnitli, optikaviy va magnitli-optikaviy disklardan axborot va ma’lumotlarni o‘qish va yozish uchun xizmat qiladigan qurilma.
«Diskovod» termini ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilingan bo‘lib, aslida disk+boshqarish ni bildiradi. Shunday bo‘lsa ham «Diskovod» deganda biz yuqorida keltirilgan qurilmani tushinamiz.
Diskovodlar quyidagi xarkteristikalari bilan farq qiladi:

  • turi bo‘yicha;

  • diskning xotirasining xajmi bilan;

  • yozish-o‘qish tezligi bilan;

  • tashqi yoki ichki qurilmaligi bilan farq qiladi. Diskovodlar turlari:

  • Magnitli disketalarni o‘qidigan Zip- i Jaz-diskovodlar. Bu tipdagi diskovodlar Zip- i Jaz-disketalarni o‘qishga molashgan;

  • SD, DVD, HD DVD optikaviy kompakt disklarni yozish-o‘qishga muljallangan CD-ROM va DVD-ROM dikovodlar, Blu-Ray-diskovodlar SD, DVD, HD DVD formatni ham o‘qidi;

  • O‘lchami 5.25 ili 3.5 dyuymli magnitli-optikaviy diskilarni (MOD) o‘qidigan dikovodlar zamonaviy kompyuterlarning tarkibiga kiradi.


Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə