1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja


B = [F x(t), y(t), z(t), t]



Yüklə 57,54 Kb.
səhifə8/10
tarix19.12.2023
ölçüsü57,54 Kb.
#153360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja-fayllar.org

B = [F x(t), y(t), z(t), t], 
Bunda:
х – bashorat qilinayotgan ko’rsatkich o’zgaruvchilari (investitsiyalar, korxona personali,
taqsimlanmagan foyda va hokazo);
u – shart-sharoitlar sifatida ko’rib chiqiluvchi o’zgaruvchan ko’rsatkichlar (bozor holati,
soliqlar, tabiiy-iqlim sharoitlari va hokazo);
z –asos qilib olingan korxona faoliyatining bashorat qilinayotgan ko’rsatkichlari
boshlang’ich qiymati.
Korxonaning asosiy va aylanma kapital, ayrim mahsulot turlarini chiqarish va ularning
tannarxi, foyda, mehnat mahsuldorligi kabi muhim ko’rsatkichlarini navbatma-navbat ifodalash
natijasida bashorat qilinayotgan t - yildan so’ng yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korxona
holatining to’liq bashoratini olish mumkin.
Bashoratning ishonchliligini ko’p jihatdan korxonalar ma’lumotlar to’plamida saqlashi va
sistemalashtirishi lozim bo’lgan axborotlarning to’liq va ishonchlilik darajasi belgilab beradi.
noaniq yoki noto’g’ri axborot bashorat qilishda xatoliklarga olib kelishi mumkin.
2.3. Rejalashtirish va bashorat qilishning normativ asoslari 
Erkin iqtisodiy faoliyat va tijorat rivojlanib borayotgan, biz avvalgi zavod va fabrikalarga
qaraganda ko’proq zamonaviy biznes va tadbirkorlik haqida gapirayotgan bir sharoitlarda
matematika tili bilan aytganda norma va normativlar (normativ asoslar) «bozor» tushunchasi bilan
bog’lanishi qiyin bo’ladi. Bugungi kunda ularning roli va maqomi biroz susaygan, chunki ular
tadbirkorlar fikriga ko’ra bozorga qaraganda ko’proq rejali iqtisodiyot tomon yaqinroq turganday
bo’ladi.
Aslida esa bunday emas, albatta. Norma va normativlar doimo rejalashtirish va xo’jalik
boshqaruvining muhim elementi bo’lib kelgan. Har bir biznesmen va tadbirkor, aytaylik, do’kon,
restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi sex qurmoqchi bo’lsa, albatta qurilish
xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni hisob-kitob qiladi. YA’ni u rejalashtirish bilan,
to’g’rirog’i xarajatlar va resurslar talabini ularning har bir turi bo’yicha normalashtirish bilan
shug’ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal bo’lgan holda
ko’proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy.



Xo’jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining


normal kechishi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va
sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir.
Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun
sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruksiyasini kavsharlash uchun
sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini tayorlash uchun xom-
ashyo, material, yoqilg’i, energiya va hokazolarning mutlaq (absolyut) sarflash mumkin bo’lgan
maksimal kattaligidir.
Shu tariqa natural, qiymat va mehnat o’lchamlari bilan belgilangan norma yordamida
mahsulot, bizning holatda palto ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha xarajatlar tartibga solib
boriladi. Agar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajatlarni jami chiqarilgan mahsulotlar soniga
ko’paytirsak, korxonaning mazkur turdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq umumiy
xarajatlarini aniqlashimiz mumkin bo’ladi.
Normativ bu nisbiy ko’rsatkich bo’lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki ishlab
chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o’lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki
tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi.
Normativlar odatda foiz yoki koeffitsiyentlarda belgilanadi va aks ettiriladi (masalan, asbob-
uskunalarni yuklash koeffitsiyenti, avtomobil shinasi bosib o’tgan yo’l koeffitsiyenti, sutning
yog’lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xom-ashyo va materiallar, aylanma
mablag’lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini aniqlashda ham qo’llanadi.
Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli quyidagicha aks ettirilishi
mumkin (2.2-rasm):



Ko'rsatkichlar


Norma va
normativlar shakli
(modeli)
Rejalashtiriш
Nazorat
Norma va
normativlar
Xo’jalik
boshqaruvi
mexanizmi

Yüklə 57,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə