1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja


-rasm. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli



Yüklə 57,54 Kb.
səhifə9/10
tarix19.12.2023
ölçüsü57,54 Kb.
#153360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu. Bozor, iqtisodiyot va biznes reja-fayllar.org

2.2-rasm. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli 

Norma va normativlar o’lchash va limitlash funksiyalaridan (xarajatlarning yuqori yoki quyi


chegarasi, qo’llash, iste’mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va rag’batlantirish
funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, xarajatlarni
erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas’uliyat chegaralarini belgilash va uni faoliyat
natijalar bo’yicha o’zgartirish, erishilgan natijalarni obyektiv baholash uchun asos hisoblanadi.
Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
mehnat sarfi normasi;
moddiy xarajatlar normasi;
vaqt normasi (asosiy, qo’shimcha va hokazo);
mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi;
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;
atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;
kapital qo’yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi;
loyihadagi quvvatlarni o’zlashtirish normasi;
aylanma vositalar (mablag’lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va hokazolar.
Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-iqtisodiy va
tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o’tishi yoki sharoitlarning o’zgarishi bilan, shuningdek, fan-
texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud norma va normativlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Ularni qayta ko’rib chiqishda ilg’or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi lozim.
Norma va normativlar qo’llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko’ra farqlanadi.
Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra quyidagilarga taqsimlanadi:
davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;
umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o’zida ishlab chiqilgan va qo’llanuvchi
normativlar;
sex normativlari;
predmetli, detalli va operatsion normativlar.
Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy
resurslarga taqsimlanadi.
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang’ich
nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chiqarilayotgan har bir mahsulot
tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.
Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini
olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta’minlash, uchinchidan chiqarilayotgan
mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to’rtinchidan atrof-
muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish, beshinchidan esa korxona
faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to’plamini yaratish maqsadida
ishlab chiqiladi va belgilanadi.
Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora yoki
bo’lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, texnika va
texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar, professional (malakali) normativ
guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va
normativlar hayot davri uzoq bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo’lsada,



yuqorida aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan fan-texnika


taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib chiqiladi.

Yüklə 57,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə