1. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 408,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix18.05.2023
ölçüsü408,31 Kb.
#110999
1   2
1. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi va va

Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi
»ni o‗rganishda ma‘lum davrlash tizimidan 
foydalaniladi. Hozircha eng maqbul usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning 
o‗zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilg‗or 
boshqarishning amalga oshirish bo‗lsa o‗sha(masalan, quldorlik yoki kapitalizm) 
davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi. 
Quldorlik va feodalizm davrida g‗oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda qiyin 
bo‗lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar miqyosida 
alohida-alohida o‗rganishmoqda.
Taniqli iqgisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqgisodiy g‗oyalar o‗z davri 
va vujudga kelish joyining mahsuli bo‗lib, ular bilan chambarchas bog‗langandir; 
bu g‗oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib 
qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‗zgarishda bo‗ladi, agar bu g‗oyalar 
o‗z maqsadlariga to‗la javob berishni ko‗zlasalar, doimo shunga mos ravishda 
o‗zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.
Kapitalizm davrida xo‗jalik va ijtimoiy hayotda baynal-milallik 
(internatsionalizm) ko‗chayganligi tufayli, iqgisodiy fikrning rivojlanishi ham 
yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asos-
chilari A.Smit va
D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma‘lum bo‗ldi, 
vaxrlanki, undan avvalgi ko‗pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‗pchilikka 
ma‘lum bo‗lmasdan «o‗lik mol» sifatida yotgan.


G‗arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar 
barchaning diqqat-e‘tiborini jalb qilmoqda.
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqgisodiy g‗oya, qarash, 
konsepsiya, nazariya, ta‘limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini 
to‗la o‗rganish aloxida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi 
tadqiqotlar olib borish, taxlil etish va umumlashtirib e‘lon qilish zarur, bu yaqin 
kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‗oyalarni ma‘lum 
tizimga solish va shu asosda o‗rganish maqbuldir. Ammo o‗tgan davr hodisalari 
va g‗oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‗rma-zo‗raki kelishtirish, 
moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga, 
o‗rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Qadimgi sharq davlatlari iqtisodiy taraqiyotining muommolari 
Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Vaviloniya bo‗lgan. 
Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana 
boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko‗proq tovar ayirboshlashga jalb 
qilinardi. Ularning ba‘zilari sudxo‗rlar to‗riga ilinib, xonavayron bo‗ldi va 
qullarga aylandi. Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo‗rlardan himoya qilish 
maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini 
qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarni davlat 
tomonidan tartibga solish zarurati kuchaydi. Chunki erkin fuqarodan soliq to‗lash, 
sipohlikka olishda foydalanish mumkinedi. Qulllarning bunga haqlari yo‗q edi. Bu 
borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazaridan Eshnunn podshohi qonunlari (m.o. XX 
asr) va Hammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr) ancha diqqatga sazovor.
Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat‘iy baho o‗rnatishdan 
boshlanadi. Bunda arpa, yog‗, teri, tuz, miss va boshqa mahsulotlarning 
kumushdagi narxi o‗rnatildi. Qat‘iy narxning o‗rnatilishi qonun tuzuvchilarga 
yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdorini, foiz normasini aniqlash 


imkonini berdi. Podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida 
ijobiy rol o‗ynadi.
Qadimgi Vaviloniyada (Bobilda) Hammurapi (m.o. 1792-1750y., 18 asr) 
podsholik qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to‗plami (jami 282ta) ancha obro‗ 
qozongan. Bu to‗plam Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey – Luvrda 
saqlanyapti. Nushasini BMT binosidagi muzeyda ham ko‗rish mumkin. Toshga 
o‗yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko‗rsatadiki, 
mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan.
Qonun moddalarida Vavilon fuqarolarning mulkini himoya qilish, ijara, 
sudxo‗rlik va ishga yollash masalalari ko‗rib chiqilgan. Hammurapi qonunlarida 
fuqarolarning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. «Sipoh yoki daromad 
to‗lovchiga tegishli bo‗lgan dala, uy, bog‗, - deyiladi qonunda, - kumushga 
sotilishi mumkin emas». Sudxo‗rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, 
mahsulotda 33% dan ortiq bo‗lmasligi kerak. Sudxo‗rlikning keng rivojlanishiga 
to‗sqinlik qiluvchi asosiy omillaridan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining 3 
yil
Bilan cheklanishidir. ( 4 yilga unga erkinlik berilishi lozim bo‗lgan). Biroq 
sudxo‗rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo‗lmagan. Xususan, qarzdorni ozod 
etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash vositalari Bilan ta‘minlash nazarda 
tutilmagan. Hech qanday vositasi bo‗lmagach, ozod etilgan qarzdor Yana qayta 
sudxo‗rga murojaat qilishga majbur bo‗lgan.
Qonundagi asosiy maqsad – ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq 
xo‗jaligini rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash bo‗lgan, ya‘ni mehnatsiz daromad 
topishga qarshi kurashilgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan yerga 
bo‗lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‗z 
olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan.
«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
«Avesto», ya‘ni «hayot yo‗riqnomasi» zardushtiylik dinining muqaddas 
kitobi sanaladi. Kitobning muallifi Zardusht (m.o. 589-512y.) hisoblanadi. U 


Markaziy Osiyoda faoliyat ko‗rsatgan ilohiyatchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos 
olim bo‗lgan.
«Avesto» boshidan oxirigacha yer yuzida adolat qaror topishi uchun 
kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat‘iy nazar ularning 
ro‗shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va 
tarbiyalash g‗oyasi bilan sug‗orilgan. Jumladan, sun‘iy sug‗orish asosida 
dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e‘zozlash, hayvonlarni asrash, noo‗rin 
so‗ymaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalair yoritilgan.
«Avesto»da …erga yaxshi, sog‗lom urug‗lar sepishdan ortiq savob ish 
yo‗q…» deb, xalq xo‗jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb 
etishi ko‗rsatib beriladi. Jumladan, kitobda yer, suv, havoni bulg‗ash, 
ifloslantirish og‗ir gunoh hisoblanadi.
Shu bilan birga asarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan. Masalan,
«yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‗lom, 
baquvvat bolalarga ega bo‗ladi», deb o‗qtiriladi. Shu Bilan birga «yomon 
ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi».
Avesto ma‘lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini 
bilib olish mumkin. Bu davrda urug‗ jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar 
paydo bo‗lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, 
demak ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‗lgan. Aholi ko‗proq yarim 
ko‗chmanchilik asosida kun kechirgan. ekstensiv chorvachilik yetakchi edi.
«Avesto»ning to‗liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, 
hozirgi davrda rus va o‗zbek tillariga tarjima etilgan.
«Avesto» miloddan avvalgi 9-7 asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, 
ma‘naviy hayoti haqida g‗oyat muhim ma‘lumotlar beruvchi bebaho obida, 
xalqimizning merosiy boyligidir.
Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy ta‘limotlar
Qadimgi Hindiston xo‗jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini 
o‗rganishning asosiy manbai bo‗lib «Artxashastra» asari (m.o. 4 asr oxiri) 
hisoblanadi. Uni podsho Chandraguptining maslahatchisi Kautilya yozgan deb 


taxmin qilinadi. Bu nodir asar 15 kitobdan iborat bo‗lib, «artxa» so‗zi – foyda, 
moddiy manfaat,
«shastra» - ilm, ilmiy asar ma‘nosini bildiradi.
Asarda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo‗yilgan. Qulchilik 
eng past tabaqalarga xos narsa deb sanalgan.
Bu asarda davlatni boshqarish bo‗yicha takliflar berilgan bo‗lib, bir qancha 
iqtisodiy g‗oyalar ham ilgari surilgan. Unda podsho to‗rtta «ilmni» bilishi 
zarurligi to‗g‗risida fikr yuritiladi. Uning bittasi iqtisodiyot hisoblanadi. 
«Iqtisodiyot» dahqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko‗rib chiqiladi.
«Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etishi va 
odamlarni u yerlarga o‗rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko‗chib 
kelganlarga yer soliq to‗lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Agar 
beriladigan yerlar yaxshi ishlatilmasa, ulardan yerlarni tortib olish va yaxshi 
ishlaydigan dehqonlarga berish tavsiya etiladi.
Asarda davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini 
ko‗rib chiqilishi lozimligi to‗g‗risida fikr yuritilgan. Masalan, unda mahsulotning 
bozor bahosi Bilan uning tabiiy qiymati o‗rtasidagi farq aytilgan. Tovarga 
bo‗lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, 
deyilgan. Savdo Bilan shug‗ullanuvchilarga alohida urg‗u berilgan bo‗lib, 
foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo‗shilib, mahalliy 
mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz qilib belgilangan. 
Tovarlar bahosining mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, 
davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zaxirasi bo‗lishi kerak. 
Bu Bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta‘minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta ahamiyat 
beriladi. Jumladan, daromad solig‗iga katta e‘tibor berilgan. Davlat ba‘zi ishlarini 
rivojlantirishi uchun moddiy va ma‘naviy yordam berishi kerak, deyilgan. 
Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta‘minlash (foydani oshirib, 
sarfharajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish kerakligi belgilangan. Shu 
Bilan birga davlat amaldorlarini tez-tez o‗zgartirib turish kerakligi tavsiya etilgan, 


chunki «suvda suzib yurgan baliq, o‗sha suvdan ichayaptimi, yo‗qmi bilib 
bo‗lmaganidek, ishga birkitilgan amaldor mulkni o‗zlashtirayaptimi, yo‗qmi – 
aniqlab bo‗lmaydi», deyiladi asarda.
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (e.a.IV-III asrlar) ijtimoiy 
mehnat tahsimotining hukmronligi va bo‗ysunish institutlarining mavjudligi 
aytiladi. Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda bir qancha muhim 
iqtisodiy g‗oyalar keltirilgan. Ularda xususiy mulk daxlsiz ekanligi qayd etilgan.
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g‗oyalari
Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.o. 551-479y.) alohida 
o‗rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirilgan «Lun yuy» 
(«Suhbat va mulohazalar») to‗plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham 
kishilarning, ham davlatning boyligini ko‗paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa 
mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, 
ikkinchisini ko‗proq qo‗llaydi. Bu yerda u xususiy mulkni xo‗jalik yuritishda 
ustun qo‗yadi. Konfutsiy aqliy mehnat Bilan jismoniy mehnat farqini ko‗rsatib, 
aqliy mehnat Bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat Bilan esa, asosiy 
qismi qullardan iborat bo‗lgan «oddiy» kishilar shug‗ullanadi, deb qayd qilib 
o‗tadi.
Konfutsiy ta‘limotiga ko‗ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», 
«to‗g‗ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning 
tasdiqlashicha, Xudo va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, ammo shu 
Bilan birga u har bir odamni ma‘naviy yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga 
bo‗lgan hurmat qoidalari to‗g‗risida, farzandlik burchi to‗g‗risida, aka-ukalar 
o‗rtasidagi do‗stlik to‗g‗risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan.
Qadimgi dunyo feodal jamiyati yemirilishi iqtisodiy g‘oyalari Natural 
xo‗jalik konsepsiyasi grek mutafakkir Platonning (Aflotun) (m.o. 427-347y.) 
«Davlat» va «Qonunlar» asarlarida o‗z aksini topgan. Bu asarlarida u idel davlat 
qanday bo‗lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‗ldi. U aholini uch toifaga 
ajratgan:
Faylasuflar – davlatni boshqaruvchilar;


Harbiylar – davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo‗lib, ular biror mulk 
egasi bo‗lish huquqiga ega emas;
«Qora» toifa – dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo‗lib, ular mulk egasi 
bo‗lishi kerak.
Platon qulchilikka asoslangan natural xo‗jalikni himoya qiladi, pulni 
jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; u sudxo‗rlik 
operatsiyalarini inkor etdi va baholarni me‘yorda saqlash yo‗li Bilan 
savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb 
tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi.
U xuddi Ksenofontga o‗xshab dehqonchilikni iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq 
deb hisobladi, shu bilan birga xunarmandchilik va savdoni uncha kerakli 
bo‗lmagan soha deb ahamiyat bermadi.
Platon birinchilardan bo‗lib, bahoning asosi va darajasi muammosini tahlil 
etdi. Uningcha baho davlat tomonidan tartibga solinib turishi kerak. Asos qilib 
shunday baho olinishi kerakki, bu baho o‗rtacha foyda olishni ta‘minlasin. Antik 
dunyodagi iqtisodiy qarashlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel (Arastu) 
(m.o. 384-322y.) hisoblanadi. Bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa 
zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy muammolariga chuqurroq kirib borishga 
muvaffaq bo‗lgan. Uning asosiy asarlari «Nikomaxov etikasi» va «Siyosat» 
hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xudi Platonga o‗xshab, ideal davlat loyihasini 
ilgari suradi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo‗linishi – bu tabiiy 
va qonuniy hol bo‗lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. Uning 
g‗oyalarining o‗ziga xosligi shundaki, erkin fuqarolar, boshqaruvdagilar, yer 
egalari, chorvador, xunarmand va savdogarlar ham yashash vositalaridan 
foydalanish va boylik topish huquqiga ega.
Shu Bilan birga Aristotel o‗z asarlarida iqtisodiyot (ekonomika) va 
xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‗rsatib beradi. Ekonomika, Aristotel 
tushunchasi bo‗yicha – bu, eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda 
hunarmandchilik va mayda savdo Bilan band bo‗lganlarning asosiy va sharafli 
faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish 


hisoblanadi va shuning uchun unga davlat g‗amxo‗rlik qilishi kerak. Xrematistika 
esa – bu yirik savdo yo‗li Bilan boylik orttirish mahoratidir. Boshqacha aytganda, 
xrematistika – bu kapital qo‗yish, sudxo‗rlik va jamg‗arish «san‘ati»dir.
Aristotelning aytishicha, «ekonomika maqtovga sazovor», xrematistika esa 
«tanbehga».
Qadimgi grek mutafakkirining ekonomika va xrematistikaga bo‗lgan 
bunday munosabati uning natural-xo‗jalik tarafdori bo‗lganligini yaqqol 
ko‗rsatib turibdi. Aristotel savdoning rivojlanish bosqichlarini va pul muomilasini 
tahlil qilib, yirik savdo va ssuda operatsiyalariga salbiy munosabatda ekanligini 
bayon etdi. U pulning qiymat ulchovi va muomila vositasi funksiyalarini
ekonomikaga, boylikni ko‗paytirish funksiyasini xrematistikaga kiritdi. Qadimgi 
Rimdagi iqtisodiy qarashlar.
Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Mark Katon (m.o. 234-149y.) 
o‗zining «Dehqonchilik to‗g‗risida» asarida qishloq xo‗jaligini xalq 
xo‗jaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil 
etishning eng qulay usulini qo‗llashga, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini sotishni 
tashkil etishga katta e‘tibor berdi. Katonning qishloq xo‗jaligi sohasida bo‗lgan 
asosiy e‘tibori shundan kelib chiqadiki, agar Gresiyada qullar ko‗proq 
hunarmandchilik va savdoda ezilgan bo‗lsa, Rimda ular ko‗proq asosan qishloq 
xo‗jaligida ekspluatatsiya qilingan. Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda 
deb bilgan. Tovar qiymatini unga sarflangan harajatlar deb tushungan. U 
savdogarlar va sudxurlarga salbiy munosabatda bo‗lgan.
Bu davrda Rimda natural xo‗jalik Bilan birga bozor munosabatlari ham 
rivojlanayotgan edi. Bozorni qo‗llagan Katon shu Bilan birga yollanma mehnatga 
dushman bo‗lgan. U qul mehnatini to‗g‗ri tashkil etishga alohida ahamiyat 
beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda qullar ishlashga 
majbur etilgan. Kasallangan ho‗kiz davolangan, qulni esa «eski arava» sifatida 
sotib yuborish tavsiya etilgan. Katon savdogarlar va sudxo‗rlar faoliyatiga salbiy 
munosabatda bo‗lgan.


Foydalanilgan adabiyotlar
 
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q. T., Sharq, 1998.
2.
Aristotel. Soch. v 4-x t. M.; Misl, 1975-83.
3.
Artxashastra ili Nauka politiki. M-L, Izdatelstvo AN., 1959.
4.
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 
7-37b.
5.
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. O‗quv qo‗llanma. T., 
O‗zbekiston, 2003. 5-22b.

Yüklə 408,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə