1. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 408,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü408,31 Kb.
#110999
  1   2
1. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi va va



Iqtisodiy ta’limotlar tarixi 
Reja: 
1.Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
2.Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va 
o’rganish uslubi.
3.Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‗nalishlar 
tushunchasi.


Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanning predmeti bo‗lib- bu ma‘lum davrlardagi u 
yoki bu sinflar, ijtimoy qatlamlar, insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy 
g‗oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayonini 
o‗rganadigan fandir.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi iqtisodiy jarayonlarga bo‗lgan iqtisodiy qarashlar 
evolyutsiyasi, iqtisodiy g‗oya va nazariyalarning shakllanish va rivojlanish 
qonuniyatlarini o‗rganadi. ITT vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro 
etilgan quldorlik davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy 
jarayonlarini, barcha tarixiy davrlarni o‗z ichiga oladi.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, 
to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‗oya, qarash. 
nazariya va ta‘limotlarni o‗z ichiga oladi.
Bu g‗oyalar ayrim iqgisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va 
yo‗nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng 
qadimgi davrdan boshlab to xrzirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy 
fikr, g‗oya, qarash, nazariya va ta‘limotlarni o‗z ichiga oladi.
«Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va 
o‗rganish uslubi.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy fanlar, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani 
bilan bevosita bog‗liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va 
mustaqil harakterga ega. Bu fanni o‗rganish orqali ekonomiks, xalq xujaligi tarixi, 
iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni 
o‗zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‗zgarishlarni shart-sharoitlari va 
oqibatlarini taxlil etishga katta ko‗mak beradi.
Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‗g‗risidagi 
fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Halqlar boyligi» asarida 
asosan to‗la tahlil etib berilgan. Ba‘zi iqtisodiy g‗oyalar esa qadimdan ma‘lum, 
ularni o‗rganishda eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‗p 
xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat qolmaydi.
1


Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy taxlilning ilg‗or uslublari yig‗indisidan 
iborat bo‗lib, tarixiy, induksiya, deduksiya, mantiqiy abstraksiya kabi usullardan 
keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fani «Iqisodiy nazariya» fani bilan chambarchas 
bog‗liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng‗ muhim 
iqtisodiy kategoriyalarning so‗nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu 
nazariyalar har doim ham turg‗un bo‗lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin 
o‗zgarishlar davrida evolyutsiyada bo‗ladi. «Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi» fanida 
ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‗oya, qarash, nazariya, 
qonun, ta‘limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi 
ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqgai nazaridan 
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqgisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‗jalik ob‘ekti bilan chambarchas 
bog‗liqpigini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi 
sababli tamoyilda ilmiy emas deyish mumkin emas», deb yozadi taniqli iqgisodchi 
T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul 
qilish, rivojlantirish yeki inkor etish natijasida paydo bo‗lgan. Ba‘zi mutaxassislar 
faqat yangi nazariyalarnigina o‗rganishni taklif etishadi, ammo bu so‗nggi 
nazariya avvalgi ko‗p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi 
sifatida namoyon bo‗ladi yoki bugun biz «yangi», degan fikr ma‘lum vaqgdan 
keyin o‗zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqgisodiyot nazariyasi fani bilan 
bevosita bog‗liq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va 
mustaqil xususiyatga ega. Bu fanni o‗rganish orqali ekonomiks, xalq xo‗jalig‗i 
tarixi, iqgisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni 
o‗zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‗zgarishning shart-sharoitlari va 
oqibatlarini tahlil etishga katta ko‗mak beradi.
Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‗nalishlar tushunchasi.
«Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi»ni o‗rganishda ma‘lum davrlash tizimidan 
foydalaniladi. Hozircha eng maqbul usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning 


o‗zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilg‗or 
boshqarishning amalga oshirish bo‗lsa o‗sha(masalan, quldorlik yoki kapitalizm) 
davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi.
Quldorlik va feodalizm davrida g‗oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda 
qiyin bo‗lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar 
miqyosida alohida-alohida o‗rganishmoqda.
Taniqli iqgisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqgisodiy g‗oyalar o‗z davri 
va vujudga kelish joyining mahsuli bo‗lib, ular bilan chambarchas bog‗langandir; 
bu g‗oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib 
qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‗zgarishda bo‗ladi, agar bu g‗oyalar 
o‗z maqsadlariga to‗la javob berishni ko‗zlasalar, doimo shunga mos ravishda 
o‗zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.
Kapitalizm davrida xo‗jalik va ijtimoiy hayotda baynal-milallik 
(internatsionalizm) ko‗chayganligi tufayli, iqgisodiy fikrning rivojlanishi ham 
yagona jahon jarayoni-ga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab 
asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga 
ma‘lum bo‗ldi, vaxrlanki, undan avvalgi ko‗pgina nazariyalar ayrim 
mamlakatlarda ko‗pchilikka ma‘lum bo‗lmasdan «o‗lik mol» sifatida yotgan.
G‗arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar 
barchaning diqqat-e‘tiborini jalb qilmoqda.
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqgisodiy g‗oya, qarash, 
konsepsiya, nazariya, ta‘limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini 
to‗la o‗rganish aloxida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi 
tadqiqotlar olib borish, taxlil etish va umumlashtirib e‘lon qilish zarur, bu yaqin 
kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‗oyalarni ma‘lum 
tizimga solish va shu asosda o‗rganish maqbuldir. Ammo o‗tgan davr hodisalari 
va g‗oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‗rma-zo‗raki kelishtirish, 
moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga
o‗rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.


Bu fan doim rivojlanishda bo‗lib, bir-birini to‗ldiruvchi evolyutsion (mavjud 
g‗oyalarning‗ yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha 
konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‗llari mavjud. Inqilobiy o‗zgarishga misol 
sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‗oyalari, marjinalistik to‗ntarish, yangi 
klassik yo‗nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish 
mumkin. o‗tish davri iqtisodiyoti bo‗yicha g‗oyalar hozirgi davrning muhim 
qarashlari majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O‗zbekiston 
misolida qarab chiqiladi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‗oya-jamiyat, insoniyat, 
ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‗llar 
nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‗ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga 
kelgan davrgacha (XV asr) bo‗lgan iqgisodiy g‗oyalardagi umumiylik shuki, 
barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning 
asosiy vositasi ekanligi turli yo‗llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish 
sohasi asosiy deb hisoblangan,
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta‘limot — 
merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‗g‗risida qisqa ma‘lumot beradigan 
bo‗lsak, uning mohiyati ikgisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida 
nodir metallarni ko‗proq to‗plash, ta‘limotda esa muomala (savdo, pul aylanmasi) 
sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya‘ni avvalgi davrdagi g‗oyalardan 
keskin farq qiladi.
Keyingi muhim o‗zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir 
(XVIII asr). Bu iqgisodiy ta‘limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning 
umri uncha uzoq bo‗lmadi. Klassik maktab g‗oyalari hozirgi davrda ham turli 
shakllarda qayta namoyon bo‗lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks 
nomi bilan bog‗liq bo‗lgan marksizm ta‘limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda 
muhim o‗rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta‘limot to‗g‗risida imkoni boricha 
gapirmaslikka va ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‗proq 
uning faqat salbiy tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda_»jon» bor 
albatta, chuni 1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish 


jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo‗lga o‗tgan bir qancha 
mamlakatlarda ham ekspriment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun 
insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab o‗tish adolatdan emas, 
deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy sotsialistlar va markschilarning iqtisodiy 
g‗oyalari ham o‗rin olgan, uning tarixiy takdiri berilgan.
XIX asr 2-yarmida avvalgi g‗oyalarga marksizmga muqobil ravishda 
vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda «marjinalizm, deb ataladigan ta‘limot 
hozirgi zamonning asosiy» iqtisodiy goyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida 
ta‘kidlab o‗tish kerakki, biror ta‘limot doimo sof qolda amalda deyarli 
qo‗llanilmaydi. Har bir ta‘limotning ko‗plab turli oqim va yo‗nalishlari mavjud. 
Odatda 
sof 
erkin 
bozor 
munosabatlari 
deyarli 
uchramaydi. 
Bozor 
munosabatlarining unsurlari, ular o‗rtasidagi nisbat ham doimo o‗zgarib turadi. 
Demak, iqgisodiy ta‘limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning 
doimo harakatda, o‗zgarish, rivojlanishda ekanlishdir. Bir mamlakat chegarasida 
iqgisodiy ta‘limot ta‘siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo‗lishi 
kerak.
90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu 
«sotsialistik» deb atalgan va iqtisodiyoti ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan 
(«rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‗tish 
davri amalga oshmokda («o‗tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda 
birinchi marta ro‗y bermokda. Jumladan O‗zbekiston Respublikasi ham o‗tish 
davrini boshidan kechirmoqda. O‗zbekiston Respublikasida ham Mustaqillik 
yillarida (1991yil 31 avgust) iqtisodiy-ijtimoiy sohada bir qancha ta‘limotlar 
yaratildi, islohatlar amalga oshirildi va ular asosida qator yutuqlarga erishildi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari 2008 yilda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng 
muhim ustivor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi 
ma‘ruzasida 2007 yil yakunlari bo‗yicha yalpi ichki mahsulot 9,5 foizga, sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12,1 foizga, qishloq xo‗jalik mahsulotlari 
yetishtirish 6,1 foizga, puli xizmatlar ko‗rsatish 20,6 foizga, pudrat ishlari hajmi 


15, 7 foizga o‗sdi. Eksportning yuqori darajasi 40,7 foizga o‗sishi hisobiga to‗lov 
balansining barqarorligi a mamlakat oltin valyuta zahirasining o‗sishi ta‘minlandi. 
Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi 6,8 foizni tashkil 
etdi.
2
Mamlakatimizda o‗tish davrida erishilgan yutuqlarda tarix tajribasi 
ahamiyati kattadir.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o‗rganish va undan to‗g‗ri xulosalar 
chiqarish fanning asosiy vazifasidir.
«

Yüklə 408,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə