1. Bankning tarkibiy tuzilishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyasi, buxgal-teriya aparatini tashkil qilish, xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi


Banklarda depozit operatsiyalari hisobi va auditi



Yüklə 370,51 Kb.
səhifə6/12
tarix19.06.2023
ölçüsü370,51 Kb.
#117947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


4.Banklarda depozit operatsiyalari hisobi va auditi.
Hozirgi kunda banklarda hisobraqamlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2001 yil 6 oktabrdagi 25/4-son (1-son) qarori bilan tasdiqlangan O‘zR AV 10 noyabr 2001 yil № 1080-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”dagi yo‘riqnoma va unga kiritilgan o‘zgarishlar asosida ochiladi va operatsiyalar amalga oshiriladi.
Depozit operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari tarkibidagi asosiy operatsiyalardan hisoblanib, ular ushbu operatsiyalar orqali iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini jalb etadi va yirik miqdordagi ssuda fondlarini shakllantiradi. Bu esa, jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash, ya’ni aktiv operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
,,Depozit hisobvaroqlari’’, ,,deposit operatsiyalari’’ va boshqa u bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy terminlar mamlakatimizda bank amaliyotida 1991-yildan keyin kirib kelgan. ,,Depozit’’ so‘zi lotincha ,,dipostium’’ - ,,saqlashga topshirilgan buyum’’ ma’nosini anglatadi. Bank depoziti – tegishli shartlar va muddati yetib kelganda qaytarish sharti bilan banklarda saqlash uchun topshirilgan pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Bank deposit mablag‘larni qaytarganda shartnomada kelishilgan foiz to‘lovlari bilan birgalikda qaytaradi. Bank depozitlari muddatli va talab qilib olunguncha saqlanadigan depozitlarga bo‘linadi.
Tijorat banklarida depozit operatsiyalari hisobi passiv hisobraqamlarda yuritiladi.
Mamlakatimizda tijorat banklarida quyidagi deposit operatsiyalari bajariladi:

  • Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bilan operatsiyalar;

  • Jamg‘arma depozitlar bilan operatsiyalar;

  • Muddatli depozitlar bilan operatsiyalar.

Tijorat banklarida jamg‘arma, muddatli va jamg‘arma sertifikatlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘laydilar, talab qilib olinguncha depozitlar bo‘yicha ko‘p hollarda foizlar to‘lanmaydi.
Tijorat banklari depozit operatsiyalarni ,,O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida’’gi yo‘riqnoma asosida amalga oshiradi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli hisobvaroqlarni (расчетний счет) ochadi. Jismoniy va yuridik shaxslar tijorat banklaridan ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘lar naqd va naqdsiz ko‘rinishda talab qilinishi mumkin. Bank mijozlar tomonidan talab qilingan mablag‘larni to‘liq va muddatida qaytarishi lozim.
Jismoniy va yuridik shaxslarga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining 20200-,,Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar’’ hisobvarag‘ida mulkchilik shakliga qarab yuritiladi.
Ushbu hisobvaraqda kirim qilinadigan barcha mablag‘lar hisobvaraqning kreditida, chiqim qilinadigan mablag‘lar esa uning debetida aks ettiriladi. Masalan, bankda quyidagi muddatsiz depozit operatsiyalari amalga oshiriladi:

  1. Jismoniy shaxsdan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga 100 ming so‘m naqd pulda mablag‘ qabul qilindi.

Debet 10101-<>
Kredit 20206-<>

  1. Xususiy korxonaning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga naqdsiz ko‘rinishdagi mablag‘ kelib tushdi.

Debet 10301-<>
Kredit 20208-<>

  1. Jismoniy shaxsning topshirig‘iga asosan uning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘idan 50 ming so‘mni muddatli depozitga o‘tkazdi.

Debet 20206-<>
Kredit 20606-<< Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari>>

  1. Xususiy korxona talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘idan qisqa muddatga olingan kreditini so‘ndirdi.

Debet 20208-<>
Kredit 13101-<>
Bank omonati shartnomada belgilangan muayyan maqsadga yo‘naltirilgan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg‘arma depozirlar hisoblanadi. Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida shartnoma tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzgandan keyin, bank omonati shartnomada ko‘rsatilgan omonat summasi qo‘yilishi shart.
Jismoniy shaxslar xohishlariga qarab, bank jamg‘arma depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, omonatchi topshirig‘i asosida bank uning jamg‘arma depozit summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlar to‘loviga, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bu holatda bank omonatchini bank omonati shartnomasi shartlariga muvofiq opertsiya bajarilmasdan oldin yoki operatsiya bajarilgandan keyin hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmalar berib borish majburiyatini oladi. Agar jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvarag‘idan mablag‘lar noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, ularni birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilinishi va amalga oshirilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida omonatchiga habar berishi lozim.
Jamg‘arma depozit muddatidan oldin olinadigan bo‘lsa, omonatchi bu haqda kamida bir oy oldin xabar berishi lozim. Agar, jamg‘arma depozit muddati tugagandan keyin omonatchi tomonidan qaytarib olinmasa bank depozit mablag‘larini talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisobvarag‘ida saqlanadi. Jamg‘arma depozitlar hisobi buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining 20400-<> hisobvaraqlarida mulkchilik shakllari bo‘yicha yuritiladi.

  1. Jamg‘arma depozitlar jsmoniy shaxslardan naqd pulda qabul qilinganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.

Debet 10101-<>
Kredit 20406 -<>

  1. Jamg‘arma depozit bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar hisoblandi:

Debet 50606-<
Kredit 22403-<< Jamg‘arma depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar>>

  1. Jamg‘arma depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar naqd puld to‘landi:

Debet 22403-<< Jamg‘arma depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar>>
Kredit 10101-<>

  1. Jamg‘arma depozit bo‘yicha hisoblangan foilar jismoniy shaxsning topshirig‘iga asosan kommunal to‘lovlar uchun o‘rkazildi:

Debet 22403-<>
Kredit 10301-<> kommunal xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxsning depozit hisobvarag‘i
Bank va omonatchi o‘rtasida tuzilgan muddatli depozit shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli depozitlar hisoblanadi.
Muddatli depozitlar bo‘yicha bank bilan omonatchi o‘rtasida muddatli omonat bo‘yicha shartnoma tuziladi va shartnomaga ko‘ra omonatchi muddatli depozit summasi banklarning buxgalteriya isobi hisobvaraqlar rejasiga muvofiq 20600-<> hisobvaraqlarida yurutiladi. Muddatli depozitlarga mablag‘lar qabul qilib olinganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.

  1. Agar muddatli depozit jismoniy shaxsdan naqd pulda qabul qilinsa:

Debet 10101-<>
Kredit 20606-<>

  1. Agar muddatli depozit yuridik shaxsdan naqdsiz pulda qabul qilinsa:

Debet 20208-<> yoki 10301-<>
Kredit 20208-<>
Muddatli depozitlar quyidagi muddatlar bo‘yicha tasniflanadi:

  • Muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar;

  • Muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar;

  • Muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar;

  • Muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar;

  • Muddati 365 kundan ortiq bo‘lgan depozitlar;


Markaziy bank tomonidan chiqarilgan “Bank operatsiyalari bo‘yicha foizlar hisoblash tartibi to‘g‘risida” gi yo‘riknoma asosida hisoblab boriladi. bank filiali kredit summasidan bank mablag‘laridan foizlarni belgilaydi. Foizlar bo‘yicha summalar quyidagi formula asosida hisoblab chiqariladi.



Foiz summasi =

Kredit miqdori * foiz stavkasi * kunlar soni
365*100





Yüklə 370,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə