1. Bankning tarkibiy tuzilishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyasi, buxgal-teriya aparatini tashkil qilish, xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi



Yüklə 370,51 Kb.
səhifə3/12
tarix19.06.2023
ölçüsü370,51 Kb.
#117947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


2.Banklarda ichki nazorat tizimi.
Bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi;
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib yoki qoida bo‘lmasdan, balki u bankning barcha bo‘g‘inlarida kunlik bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir.

Ichki nazoratning shakllari



Qo’yilgan vazifalarni bajarish xususiyatiga ko’ra

Bajarilish vaqtiga ko’ra

  • Administrativ

  • Buxgalteriya

  • Moliyaviy

  • Huquqiy

  • Texnologik

  • Boshqaruv

  • Dastlabki

  • Joriy

  • yakuniy


1-chizma.Ichki nazoratning shakllari.
Ichki nazorat shakllari:

  1. Administrativ nazorat

  2. moliyaviy nazorat

Administrativ nazoratda jarayon, ish va protseduralarni tashkil qilish, hujjatlashtirishni yuritish rejasiga asoslanadi. Moliyaviy nazorat hujjatlashtirishga asoslanib, ushbu hujjatlashtirish moliyaviy hisobotlar ishonchliligini ta’minlash va aktivlar butligini saqlash vazifasi bilan bog‘liq.
Bank nazoratining asosiy maqsadi xodimlarning qonunchilik hujjatlari, Markaziy bank va boshqa tegishli organlarning meyoriy hujjatlariga o‘z ish faoliyatida amal qilishi, bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga yuqori darajada ishonchlilikni ta’minlash va bank faoliyatidagi mumkin bo‘lgan risklarni kamaytirish yo‘li bilan omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan iborat.
Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratning amaliy jihatdan tashkil qilinishini inobatga olib, bank ichki nazoratining asosiy ish yo‘nalishlarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini to‘laqonli bajarishini nazorat qilish.
2.Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat ishini tashkil etish.2
Ichki nazoratning birinchi yo‘nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul qilingan 674-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” hisoblanadi.
Ichki nazoratning birinchi yo‘nalishi yuzasidan asosiy meyoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul qilingan 674-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” hisoblanadi. Shuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki meyoriy hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to‘g‘risidagi buyruqlar shular jumlasidan.
Xodimlar faoliyatining nazorati uch xil ko‘rinishda amalga oshadi: dastlabki, joriy va so‘nggi.3
Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish jarayoni nazoratga olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan o‘rnatilgan mezonlarga amal qilinishini nazorat qiladi.Ushbu mezonlar xizmat yo‘riqnomasida to‘la aks ettiriladi.
Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi.Shuningdek, xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlariga to‘laqonli amal qilishi ham nazorat ostiga olinadi.
So‘nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to‘la nazorat qilinadi.Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi. Bugungi kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar bo‘yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir.
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo‘lishi kerak:
1) o‘z aktivlari butligini ta'minlash;
2) hisobot ma'lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish;
3) operatsiyalar samaradorligiga ko‘maklashish;
4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish.



Bank kengashi



Bank boshqaruvi

Risk nazorati xizmati

Ichki nazorat xizmati

Boshqaruv o’rinbosari

Boshqaruv o’rinbosari

Boshqaruv o’rinbosari

Bank tarkibiy bo’linmasi

Bank tarkibiy bo’linmasi

Bank tarkibiy bo’linmasi



Yüklə 370,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə