1. Bankning tarkibiy tuzilishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyasi, buxgal-teriya aparatini tashkil qilish, xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi


Banklarda kredit operatsiyalari hisobi va auditi



Yüklə 370,51 Kb.
səhifə9/12
tarix19.06.2023
ölçüsü370,51 Kb.
#117947
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


7. Banklarda kredit operatsiyalari hisobi va auditi.
Tijorat banklar tomonidan kredit berish yanada kengiyib bormoqda. Ular davr taraqqiyoti bilan shahdam qadam tashlash maqsadida hamda raqobat kurashiga bardosh bera olishda o‘z hizmat turlarini ko‘paytirishlari va rivojlantirishlari shart. Bu o‘z navbatida tijorat banklari xususiy kapitalining milliy va halqaro standartlar darajasiga yaqinlashtirish bo‘yicha ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib borilishini taqazo etmoqda.
Banklarda kreditlar hisobini tashkil qilishda buxgalteriya hisobida umumqabul qilingan tamoyillardan foydalaniladi: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usuli yuritish; uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Kredit operatsiyalarni hisobga olish uchun kredit hisobvaraqlaridan va balansdan tashqari hisobvaraqlaridan foydalaniladi.
Bunda bir martalik va kredit liniyasidan foydalanilgan holda kredit operatsiyalari hisobga olinadi.
Kredit olish uchun bankda xar bir kredit bo‘yicha alohida kredit hisobvarag‘i ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirilib topshiradi. Kredit komissiyasining qaroriga ko‘ra kredit berish lozim deb topilsa bank va kredit oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning nima maqsadda olinishi, muddati, summasi, qaytarilish tartibi, kredit uchun to‘lovlar, tomonlarning majburiyatlari, javobgarligi, boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Xorijiy valyutada berilgan kreditlarni hisobga olish uchun quyidagi balans hisobvaraqlaridan foydalaniladi:
1) qisqa muddatli kreditlar uchun:
11900 - Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar
12100 - Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12300 - Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12400 - Byudjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12500 - Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12600 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12700 - Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12900 - Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13000 - Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13100 - Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
13200 - Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
O‘zbekiston tijorat banklari tegishli me’yoriy hujjatlar asosida jimoniy va yuridik shaxslarga milliy valyutad va xorijiy valyutada kreditlar beradi. Tijorat banklarida jismoniy va yuridik shaxslarga kredit berish , kredit uchun foiz to‘lovlari va uning asosiy summasini undirish bilan bog‘liq operatsiyalarni ko‘rib chiamiz.
Bank va kredit oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi, yuridik shaxslar asosiy hisobvarag‘I ochilgan bank bilan kredit shartnomasini tuzadi.
Yuridik shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomada quyidagi hujjatlar bo‘lish kerak:

  • Balans va moliyaviy hisobotlar;

  • Biznes reja;

  • Kredit ta’minoti bo‘yicha hujjat;

  • Zarur hollarda (kreditning shakliga qarab) boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Jismoniy shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomada quyidagi hujjatlar bo‘lish kerak:

  • Kredit oluvchining passport nusxasi;

  • Ish joyidan ishlashi haqidagi ma’lumotnoma;

  • Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  • Oila a’zolari haqida mahalladan ma’lumotnoma;

  • Kredit ta’minoti bo‘yicha hujjat;

  • Zarur hollarda (kreditning shakliga qarab) boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Bank tomonidan berilgan kreditlar bo‘yicha olingan kafolatlar kredit berilgan butun muddat davomida buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining 94503<> hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi. Kredit ajratish uchun qaror qabul qilingandan keyin birinchi navbatda ssuda hisobvaraqlari ochiladi. Banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ochilgan ssuda hisobvaraqlari xarakteri bo‘yicha aktiv hisoblanib, ular bo‘yicha mablag‘larning ko‘payishi, ya’ni kredit berilganda va berilgan kreditning qoldiq summasi debetda, mablag‘larning kamayishi, ya’ni kredit qaytarilganda esa kredit tomonda aks ettiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga ssuda hisobvarag‘I ochish uchun kredit shartnomasiga asosan kredit bo‘limi buxgaleriya bo‘limiga farmoyish taqdim etadi. Ssuda hisobvaraqlari bank buxgalteriya hisobvaraqlarivrejasining aktiv raqamlarida ochilib, yigirmata raqamdan tashkil topadi.Masalan, jismoniy shaxsga uzoq muddatli iste’mol krediti olish uchun ochilgan ssuda hisobvarag‘i quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
14901 000 2 00004567 001
Tartib raqami
Kredit oluvchining kodi
Ssuda hisobvarag‘ining nazorat kaliti
Ssuda so‘mda beriladi
Jismoniy shaxsning ssuda hisobvarag‘i
Quyida xususiy tadbirkorga berilgan qisqa muddatli kredit uchun ochilgan ssuda hisobvarag‘ining ko‘rinishi keltirilgan.
13101 000 4 00004567 001
Tartib raqami
Kredit oluvchining kodi
Ssuda hisobvarag‘ining nazorat kaliti
Ssuda so‘mda beriladi
Xususiy tadbirkorning ssuda hisobvarag‘i
Jismoniy va yuridik shaxslarga berilayotgan kreditlar kredit shartnomasiga asosan kredit oluvchining to‘lov topshiriqnomasi bilan tovar yetkazib bergan yoki xizmatlar ko‘rsatgan xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Quyida jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlarning buxgalteriya yozuvlaini rasmiylashtirish tartibi keltirilgan.
Bank jismoniy shaxsga kredit berdi.
Debet 14901<>
Kredit 10301 yoki 1601 yoki 202XX(sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi)
Bank yuridik shaxsga kredit berdi.
Debet 13101<>
Kredit 10301 yoki 16301 yki 202XX(sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi)
Istisno tarzda ish haqiga berilgan kredit kredit oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishi mumkin.Bunday hollarda quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi.
Bank kreditni jismoniy shaxsning plastic kartochkasiga o‘tkazdi.
Debet 14901<>
Kredit 22618<>
Bank kreditni yuridik shaxsning muddatsiz depozit hisobvarag‘iga o‘tkazdi.
Debet 13101<>
Kredit 20208<>
Bank berilgan kreditlarga kredit shartnomada kelishilgan kunlik foizlarni hisoblaydi va tegishli hisobvarag‘ida hisobga olib boradi.
Jismoniy shaxslarga berilgan kredit bo‘yicha foiz hisoblandi.
Debet 16309<>
Kredit 44301<>
Yuridik shaxslarga berilgan kredit bo‘yicha foiz hisoblandi.
Debet 16309<< kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar>>
Kredit 42605<>
Bank tomonidan hisoblangan foizlar bankning memorial orderi asosida kredit oluvchining hisobvarag‘idan undirib olinishi yoki kredit oluvchining to‘lov topshiriqnomasiga asosan to‘lab beriladi.Jismoniy shaxslar ish haqidan, plastic kartochkadan yoki naqd pulda to‘lab berishlari mumkin.
Jismoniy shaxsdan kreditga hisoblangan foiz undirib olindi.
Debet 10301 yoki 22618 yoki 10101
Kredit 16309<>
Yuridik shaxsdan kreditga hisoblangan foiz undirib olindi.
Debet 20208<< Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari>>
Kredit 16309<>
Agar hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yuridik shaxsning hisobvarag‘iga mablag‘lar yetari yoki mavjud bo‘lmasa, bank ushbu summaga mamorial order rasmiylashtirib kartateka ikkiga joylashtiradi, qarzdorning hisobvarag‘iga mablag‘ vujudga kelganda to‘lov ketma-ketligiga rioya etgan holda, dastlab kredit foizlari undiriladi va undan so‘ng kreditning asosiy summasi so‘ndiriladi.
Berilgan kreditlar shartnoma asosida kelishilgan jadvalga asosan kredit oluvchining to‘lov topshiriqnomasi yoki bank memorial orderi asosida ularning hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan so‘ndiriladi, jismoniy shaxslar bankdan olgan kreditlarini ish haqi hisobidan, plastic kartochkasidan yoki naqd pulda so‘ndirishi mumkin.
Bank jismoniy shaxsning kreditini so‘ndirdi.
Debet 10301 yoki 22618 yoki 10101
Kredit 14901<>
Bank yuridik shaxsning kreditini so‘ndirdi.
Debet 20208 << Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari>>
Kredit 13101<>
Banklar berilgan kreditlarni Markaziy bankning <>ga asosan 6 beshta guruhga ajratgan holda tasniflaydi va zaxira shakllantiradi. Beshta guruh va asosiy qarzga nisbatan zaxira hisoblanadigan zaxira miqdori quyida keltirilgan.
1. yaxshi-0
2. standart – 10
3. substandart-25
4. shubhali-50
5. umidsiz – 100
Bank jismoniy shaxsga berilgan kredit bo‘yicha yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira shakllantirdi.
Debet 56802<>
Kredit 14999<>
Bank yuridik shaxsga berilgan kredit bo‘yicha yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira shakllantirdi.
Debet 56802<>
Kredit 13199<>
Debet 10301<> yoki mijozning hisobvarag‘i
Kredit Markaziy bankdagi Bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun majburiy zaxira hisobvarag‘i
Ushbu zaxira depoziti har oyning 10, 20-sanalari va oy yakuni bo‘yicha shakllantirilgan aktivlarning ehtimoliy yo‘qotishlariga qarshi zaxira summa-sidan kelib chiqib qayta hisob-kitob qilinadi.
Bank bosharuvi qaroriga asosan shakllantirilgan zaxira hisobidan so‘ndirganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari rasmiylashtiriladi.
Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar bankning zaxirasi hisobidan yopilganda.
Debet 14999<>
Kredit 14905<>
Yuridik shaxslarga berilgan kreditlar bankning zaxirasi hisobidan yopilganda.
Debet 13199<>
Kredit 13105<>
Tijorat banklari kreditlarga hisoblangan, lekin undirilmagan foiz summalarini ham shu tariqa hisobdan chiqarib, kreditlarning asosiy summasi va ularga hisoblangan, lekin undirilmagan foizlarni balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olib borishni davom ettiradi. Buning asosiy maqsadi kredit olgan yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy imkoniyati yaxshilansa kelgusida qaytarib olishdir.


Yüklə 370,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə