1. aksiomatik usul. Evklid negizlar aksiomatik metod evklid negizlari bajardi: Qulnazarova Farangiz 3-2 iqt-22 guruh


Struktura tilshunoslik tilga belgilar sistemasi sifatida qaraydi va tilshunoslikni belgi nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi semiotikaning tarkibiy qismi deb baholaydi



Yüklə 12,9 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü12,9 Kb.
#182861
1   2   3
Milliy hisoblar tizimi

Struktura tilshunoslik tilga belgilar sistemasi sifatida qaraydi va tilshunoslikni belgi nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi semiotikaning tarkibiy qismi deb baholaydi.
Hozirgi zamon tilshunosligida til o‘ziga xos semiologik sistema (belgi-ishoralar sistemasi), ya’ni “til g‘oyalarni ifodalovchi belgilar sistemasi” ekanligi qabul qilinib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish quroli, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan—avlodga madaniy—tarixiy an’analarni etkazuvchi vosita xizmatini o‘tashi taqidlangan.
Tilni hosil qilgan lingvistik ob’yektlar ularga ma’lum darajada o‘xshash matematik strukturalar yordamida yaxshi ifodalanishi ma’lum.
Shuning uchun ham hozirgi zamonda matematik usullar gumanitar fanlarning asosi bo’lmish tilshunoslikda uchraydigan hodisalarni va faktlarini tushuntirishga va bashorat qilishga qodir bo‘lgan matematik modellarini qurishga hamda tahlil qilishga samarali qo‘llanilmoqda.
20-asrning 50-yillardan boshlab matematikaning tabiiy tilni hosil qilgan ob’yektlar bilan ba’zi bir jihatlardan o‘xshash bo‘lgan mavhum strukturalarni o‘rganuvchi matematik lingvistika (lot. lingua – til) deb nomlangan fan vujudga keldi.
Ko‘pincha tilshunoslikda matematik usullarni qo‘llash intuitiv tarzda qo‘yilgan masalani bitta yoki bir nechta soddaroq va mantiqan to‘g‘ri qo‘yilgan matematik masalalar bilan almashtirsa bo‘ladi. Odatda bunday masalalar algoritmik yechimga ega, shuning uchun ham bunday yondashish zamonaviy kompyuter vositalari yordamida og‘zaki muloqotning avtomatik tarzda analiz va sintez qilish, axborotlarni qayta ishlash, avtomatik tarjima tizimlarini yaratish uchun zarurdir.
Shu bilan birga matnlarni lingvistik jihatdan tahlil qilish, leksiko-grammatik hodisalarni topish, funksional va pragmatik tomondan matnning strukturaviy-semantik va stilistik xususiyatlarini anglashida ma’lum darajada matematik taffakkur metodlaridan foydalanishi maqsadga muvofiq
Matematik lingvistika tilshunoslik bo‘limi sifatida tabiiy til­lar hodisalarini va ularni tadqiq etish jarayonlarini mavhumiy-semiotik modellashtirish usulidan foydalanadi; matematik fan sifatida esa ana shu modellarning eng umumiy xossalarini tadqiq etadi va ularning tuzilish usullarini o‘rganadi.
Uning asosiy tushunchalari — asos qilib olingan belgi-ishoralar (alifbo, lug‘at) va ma’lum alifbo belgi-ishoralarining ketma-ketliklari (so‘z shakllar, iboralar) kabi tushunchalardir. Bu asosiy tushunchalar tilshunoslikning har bir sathida qo‘llanadi. SHuning uchun ham o‘z maqsad-vazifasiga kura, matematik lingvistika eng avvalo nazariy tilshunoslik vositasi hisoblanadi.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 12,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə