1- mavzu. Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari


Auditning vujudga kelishi



Yüklə 3,85 Mb.
səhifə3/33
tarix29.11.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#139793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
1-MAVZU AUDIT FANINING PREDMETI, OBYEKTI

Auditning vujudga kelishi

«AUDIT» TUSHUNCHASI

  • Demak, «Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi.
  • Audit - bu moliyaviy hisobotni tekshirish va baholash faoliyati. Korxonaning buxgalteriya xodimlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisob-kitob operatsiyalarining haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlashga qaratilgan. Shunday qilib, u buxgalteriya ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligini belgilaydi.
  • Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o’tdi: 1. Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi. 2. Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi. 3. Tavakkalchilikka asoslangan audit - sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.

Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin.

Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratning quyidagi tashkiliy tizimidan foydalaniladi:

1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi schyotlar palatasi yoki davlat bosh auditorlik apparati bo’lib, u bevosita parlament yoki prezidentga bo’ysunadi. Uning asosiy vazifasi davlat byudjetining xarajatlar qismini umum nazorat qilishdir. 2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi. 3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi. 4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.


Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə