1- mavzu. Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,85 Mb.
səhifə2/33
tarix29.11.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#139793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
1-MAVZU AUDIT FANINING PREDMETI, OBYEKTI

AUDITNING PREDMETI

Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilgan holda erishish mumkin. Korxonalar o’z faoliyatlarida me’yoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir korxona o’zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining korxona moliyaviy-xo’jalik ko’rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi.

Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi sabablari

  • axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi;
  • noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorla-rining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;
  • iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj;
  • axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi va h. k

Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi

  • Ayrim manbalarga ko’ra buxgalter-auditor kasbi XVII asrning o’rtalarida Evropaning aktsiyadorlik kompaniyalarida aktsiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari o’rtasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan.
  • https://erohovastitch.ru/uz/pensiya/istoriya-audita-auditorskaya-deyatelnost-prichiny-poyavleniya-audita.html

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə