Zulfiya Saylanma «sharq»



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/38
tarix26.03.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#103226
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Saylanma. Zulfiya

Xotiram sinifari
Hurriyat, keldingmi — nahotki kelding, 
Pinhona sog'indim, pinhona kutdim. 
Yomg‘irga bagrini tutgan sahrodek — 
Sening nasimingga qalbimni tutdim.
Mana, qalb — baxt-u dard to‘la dengizim, 
Mavjlari shuhratim, hijron, o‘kinchim. 
Qo'rquv kalxatlari tegib sindirgan — 
Yodim siniqlari ostda — cho'kindi.
Yodim siniqlari, qalq, ovoz beray,
Qalqdi, yuragim, chida, ber bardosh. 
Oaragin titroqda — hammasi jonli,
Oara, hammasining yuzi qontalash...
Bu onam — tangrining baxtli onida 
Ayri ixlos bilan yaratgani chin.
Oarog'ida mehr shamlari yoniq — 
Gullagan o‘rikday orasta otin.
Kun toyib, shu’lalar ko'chgach ufqqa, 
Sayroqi qushlarning tinganda bazmi, 
Onam dilimizni chorlab qo'shiqqa, 
Nim-nim sochar edi mumtozlar nazmin.
So'fi Olloyormi, devona Mashrab 
Bayozlarin o'pib qo'lga olardi. 
Yumushmi, oyinmi — barinitashlab, 
Sehrli olamga kirib borardik.


Rang-u ohanglarni jonga quyganda, 
Shu’laga to'lardi butun koinot.
O'zimni sehrga asir tuyganda,
Yurakda yozardi qo'shiq o‘t qanot.
Yangamga esh bo‘lib tikdim palagim, 
Qog'ozdan sir tutgan satrimni tepchib, 
Gullardi palakda shirin tilagim — 
Ko‘zimdan yoshlikning nurlarin ichib.
Hovlimiz ziynati jambil, rayhonday,
Otam ta’biricha edim boychechak.
Hali biz sezmagan qora qish aro 
Nahot, jonlanmoqda ishq otlig chechak...
Va hademay sezdik bu qahramonni,
Tig day tillarida yalay boshladi.
Qadami yetganda har xonadonning — 
Quvonchi bujmayib, so'liy boshladi...
... Aka, ko'zingizda otash bor edi,
Aka, joningizda quyosh bor edi, 
Sultonlikka loyiq kelbat, layoqat, 
Sardorniki yangiig‘ bardosh bor edi.
Sizni-da qora tun oldilarmikin, 
Oo‘lingizga kishan soldilarmikin, 
Yukinish, yalinchmas — gururni ko'rib, 
Vahshiy g'azablarda yondilarmikin?!
Aka, jonim akam — jondoshim akam, 
Oltmish yil izimga qaytib yiglayin, 
Bo'gzimda tosh bo‘lgan yo'qlovlarimni 
«Oh»larim eritar — aytib yiglayin.


Singilni «mehrdan bino» deydilar,
Ko‘z yoshga yetdimi mehrimning kuchi! 
Gunohsiz, jonimning qotillariga 
0 ‘q qilib otdimmi nafratim, o'chim?
...Випфа chidam qaydan — po‘lat, olovdan, 
Metindan yaralgan jonmidi otam...
Otash ogushidan topib bizga non,
G‘amga ham chidamli bo'larkan odam.
Onam qo'llarida mushtday tugunchak,
Tosh shaharni kezar avaxta izlab,
Avaxta nechadir, zor ona necha,
Nechalar yashardi zamonni «siz»lab.
Keksa ko'zlarida mo'ldir va mo‘ldir 
Qotgan ko‘z yoshlarga boqardim hayron.
Bu sokin jussani kemirar ne sir,
Ne bois muttasil dillari vayron...
Kuni bo‘yi kezib, bukchayib, tolib,
Keksa bag'rin yerga berib yotardi.
Biz nochor bir-biriga ezilib boqib,
Sukut dengiziga og'ir botardik.
Onam, «suv boshidan loyqa» derdingiz, 
Bilmasdik bu gapda haqiqat zuhur, 
Muhtasham binoda sirli, yashirin 
Asl yigitlarga qazilardi go‘r.
Qolganda azoblar iskanjasida,
Ota, bir ko'rmadik ko‘zingizda yosh.
Yashab umidlaming pok sajdasida,
Hatto yovingizga otmadingiz tosh.


Va faqat dedingiz: «Soldim xudoga»,
Bu qirg‘in doyasi xudosizlar-ku.
...Sabr, qanoatdan yaralgan elim,
So‘qir ham o'ziga so'qmoq izlar-ku!
Norgul o‘g‘illaring qirildi qushday 
Sibirning nur tushmas o'rmonlarida.
Sen esa yasharding misoli tushda 
Turtinib g'ofillik tumanlarida.
Menmi? Men shu qadar yosh edim hali. 
Yoshlik — g‘am — begona biri biriga. 
Qutulmoqqa anduh botqoqlaridan 
Osildim muhabbat shodliklariga.
Menmi? Men ishq otlig* bir jahon aro 
She’r tinglab, she’r tizib — she’rlarda
qoldim...
Behishtiy jaranglar — jonimga oro — 
0 ‘zimning baxtimda o‘zim yo'qoldim.
Baxt qasrimga kirib meni topdi dard
Urush, yozda yoqqan qor kabi o‘lim. 
0 ‘ttizga yetmayoq sochim qor yalab,
Ko‘z yoshim soyiga to'kildi gulim.
Onam, donolikda yagona onam,
Isyon ko'tarishdan bermabsiz saboq, 
Ustimga ketma-ket tog' qulagan dam 
Qoldim yashin urgan polapon siyoq.
Bo'ldi, bas! Jangdan so‘ng horg'in sarkarda 
Tirik askarlarin tizganday qator —
Men tirik hislarim bir joyga yig'dim 
Va kuchli yashashga ayladim qaror.


Yurtni bo'ron bo'lib kezdim bosh-oyoq, 
Qabristonlar aro quyunday yurdim,
Eng kichik giyoh ham nazdimda uyg‘oq, 
Faqat el-elatni sukutda ko'rdim.
Tushlarimda topib akam jasadin, 
Otamningyoniga qazitdim qabr.
0 ‘zim yonganimda ruhlar yondi deb 
Xokiga suv sepib, tiladim sabr.
Taqdir, taqdir dedim, yashadim uzoq
Taqdir peshonaga yoziq deyishdi. 
Yoziqni devorga urdim-u biroq 
Men sindim, qonimdan g'ishtlari pishdi.
Alam. Yomon alam ko‘zing ko‘r bo'lsa, 
Lekin so‘qir dillik undan-da dahshat. 
Xalq ganjin yulmoqqa cho'zilgan qo'lga 
Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
«Yangi hayot» debmiz o‘sha kunlarni, 
Betalab, benolish yashabmiz ko‘p yil.
Bir oylab ko'rmabmiz bu yurt hokimin 
Labi kulib, nechun rang-royi zahil?!
Toji yo‘q podshoday sezdimi o'zin, 
Shu’la yoyilmadi bukik dilida?
Oo'lida zarra yo‘q ixtiyor, izn,
Bildimi yitardi g‘urur elida?!
«Vatanparvar» debmiz o‘z-p‘zimizni, 
Dengizlar quribdi, chiribdi baliq, 
«Insonsan, boshingni ко‘tar», demabdi, 
Ko'ngling qolganmidi bizlardan, Xoliq?


0 ‘zing berganding-ku, poklik, halollik, 
Iymon-u ishonchlar — butun, beillat, 
Qilolmas edi-ku shayton dallollik,
Ilm-u hikmatlarga yor edi millat.
...Eygumbazigardun, qoldimmigofil, 
Ishonch, e’tiqodlar chiqdi puchlarga?! 
Suyanib najotlar kutgandik, nahot,
Bizga choh qazigan qora kuchlarga?!
Kim bilsin, savob deb urinishlar ham, 
Zamona soziga oyinmi bari.
Deydilar: yaratgan eng ulug‘ hakam,
Hech qachon adashmas tarozulari.
Qay biri vazminroq savobmi — gunoh, 
Yashadim-ku riyo, haromdan nari. 
Kuyganman. Bosh-oyoq kuyuk jismimning
Nimasin yoqardi do‘zax o'tlari...
Bu dunyoda ko'rgan azob, ko‘z yoshlar 
Savob posangisin xiyol bosarmi?
Gumrohlik pallasin to‘ldirsa toshlar,
Eng baland doriga meni osarmi?
Yoshim ketib-ketib, torday tarangman, 
Kapalak sharpasi tegsa, uzilur 
Chiday-chiday yupqa tortgan parangman, 
Choyan bo'lsa ham dil — qulfi buzilur.
I
Lekin yashayapman, otam va onam 
Chayir arqoqlardan to'qishgan chog'i. 
Aytilmagan alam, yozilmagan she’r, 
Olinmagan qasos — yurak titrogim.


Boshim — portlovchi dud to‘ldirilgan xum, 
Portlashin kutardim soniya sari.
Sabrlar to'kildi naq kaftdagi qum —
Yuzim ruhlarida qonli izlari...
Bilmayman, savobmi yo koni gunoh
Zinhor shakkoklikka yo'ymang tilagim. 
Jasadim daryoga tashlang, ruhim pok,
Obi rahmatlarda sovusin tanim...
.wYallig'lanib yotar keksa xotiram 
Ichida shu dardlar, tig‘li siniqlar... 
...Holbuki, nur ichra dala-yu daram, 
Holbuki, bog‘imda bulbul chahchahlar...
Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding! 
Kelar yo'llaringda pinhona toldim.
Mening ota-onam, jon Vatanimda,
Elim taqdirida abadiy qolding...
Kelding-ey, Istiqlol, istiqbol bo'lib, 
Qalbimga nasiming bilan yo‘l solding.
Sen shu hur nazmga ixtiyor berib,
Men og'ir bulutdek bir yog‘ib oldim...
Hurriyat, kelding-ey, al-omon kelding, 
Seni qalbim, ko‘zim, so'zlarim quchar. 
Vaqt yetsa shu xalqda qolar daftarim,
Vaqt yetsa, bu yoqda qolar dardlarim...
Ruhim u yoqlarga qush bo'lib uchar...
1995


Xalqimga aytar so'zlarim........................................................................ 5

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə