Зороастризм



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#139684
1   2   3   4   5   6
Zardushtiylik

Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib, keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo — ziyo (yorug‘lik) va zulmat (qorong‘ulik)ning aabadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko‘maklashishdan iborat degan ma’naviy-axloqiy ta’limot ilgari suriladi.SHUNDAY QILIB YANA BIR QANCHA TA’LIMOTLAR YUZAGA KELDI VA ULARNING HAMMASI AVESTOGA O`XSHAB INSON SOFLIGI VA YAXSHI AMAL HAQIDA G`OYASINI ILGARI SURGAN EDI

"Avesto" matnlarini o`qish imkoniyatiga egamiz. Uning ayrim qisimlarini frantsuz olimi A.Dyuperron tarjima qilishga muvaffaq bo`lgan. Tadqiqotchi olim Meri Boys ko`p yillar davomida Hindistondagi zardushtiylik jamoalari hayoti va urf-odatlarini o`rgangandi. Bu haqida u o`zining "Zardushtiylar. E`tiqodlari va urf-odatlari" kitobida hikoya qilgan. Zardusht 40 yoshida yangi diniy ta`limot payg`ambari bo`ldi. "Payg`mbar" so`zi "savobli ishlar xabarchisi" ma`nosidir. Zardushtning g`oyalari, matnlari miloddan avvalgi IV asrda to`planib, 21 kitob qilingan. Ular "Avesto"ning asosini tashkil etgan. Matnlarga yozilgan tafsirlar "Zand" deb ataladi.

"Avesto"ning qimmati shundaki, u Ozbekiston qadimgi tarixini o`rgainshda dastlabki yozma manbalardan biri hisoblanadi. "Avesto"("Asos") kitobida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga doir ma`lumotlar jamlangan. Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Yomonlikni muqaddas erga ko`mish, kuydirish, suvga tashlash man etilgan. Jasadni qushlarga em bo`lsin deb maxsus baland joyga qo`yganlar. Suyaklar tozalanib, qurib qolgach, ularni maxsus idish "ossuariy"-"suyakdon, ostadon" larda saqlanganlar. Ular nous deb ataluvchi maxsus binolarga qo`yiladi.

‘Avesto’ – Tarix va ma’naviy dunyomiz sarchashmasi. ‘Avesto’ – Turonu Eron xalqlari ajdodlarning islomdan avvalgi dini, ya’ni zardushtiylikning muqaddas kitobi. Mohiyatiga ko’ra ‘Avesto’ miloddan avvalgi 2 ming yillik o’rtalaridan 1 ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarning xamda ilk davlatchilik munosobatlari tarixning qomusiy yozma yodgorligidir. ‘Avesto’ kitobi ko’p qatlamli. Uning tarkibijdan ibtidoiy davrlarga tutashadigan asotirlar, olamning oqilona munosiblikda mukammal yaratilishi haqidagi tasavvurlar, odamzodning ezgulik, baxtiyor va farovon, g’amu anduhsiz xayot, adolatli ijtimoiy boshqaruv, havf-hatarsiz turmush, sog’lom tan, teran aql, soliq va dono farzandlar, oqila ayol, totuh oila, gurkiragan ko’m-ko’k bepayon yaylovlar, to’q va semiz chorva, suvlari ma’mur, serhosil ekin dalalari haqidagi orzu umidalar o’rin olgan.


Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə