Зороастризм



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#139684
1   2   3   4   5   6
Zardushtiylik

Ekin ekish, mehnat qilish — yerdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla yerdan unib chiqqanda, - deyiladi «Avesto»da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo‘ladi...» deb mehnat ulug‘lanadi.

  • Ekin ekish, mehnat qilish — yerdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, deb qaraladi. «G‘alla yerdan unib chiqqanda, - deyiladi «Avesto»da, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo‘ladi...» deb mehnat ulug‘lanadi.
  • «Avesto»da inson axloq-odobi, ma’naviyati quyidagi uchlikda: Gumata — yaxshi fikr, Gugta — yaxshi so‘z, Gvarshta — yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman», — deb ta’kidlaydi Axura Mazda.
  • Yaxshi fikr deganda yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va saodati uchun faol kurashishga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi.

Yaxshi so‘zlar deganda esa o‘z va’dasiga rioya qilish, so‘zining ustidan chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo‘lishga, qarzini o‘z vaqtida to‘lash, o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik, buzuklikdan o‘zini tiyish va hokazolar tushunilgan.

  • Yaxshi so‘zlar deganda esa o‘z va’dasiga rioya qilish, so‘zining ustidan chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo‘lishga, qarzini o‘z vaqtida to‘lash, o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik, buzuklikdan o‘zini tiyish va hokazolar tushunilgan.
  • Yaxshi ishlar deganda insonning o‘z xatti-harakatida yaxshi fikr va yaxshi so‘zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo‘l-yo‘riqlarga og‘ishmay amal qilish nazarda tutiladi.
  • «Avesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e’tibor berilgan, qattiq nazorat qilingan, qarindosh-urug‘, aka-ukaning quda-anda bo‘lishi qoralangan.
  • Hozirgi medisina fani aka-uka, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi qudachilik munosabatlari kelajak avlodning sog‘lom, to‘la-to‘kis bo‘lib tug‘ilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini to‘liq aniqlagan.
  • Buni esa bizning ajdodlarimiz allaqachon aniqlaganlari hozirgi zamon kishisini lol qoldiradi. Qolaversa, yaqin kishilarning nikoh masalalarida ma’naviy jihatlar ham borki, bunga inson qalbi yo‘l bermasligi kerak.
  • Ko‘rinadiki, O‘rta Osiyoda keng tarqalgan qadimiy Zardushtiylikda oila va nikoh masalalari, inson muammosiga katga ahamiyat berilgan.
  • Insonning jismoniy va ma’naviy pokligi zardushtiylik axloqining eng qadimiy talablaridandir. Oila va nikoh yaratguvchining talabiga mos kelganligi bois uni buzish taqiqlangan. Agarda oilada er yoki xotin axloqsizlik, ya’ni buzuqchilik gunohi sodir etsa, unday kishilar tayoq bilan jazolangan. Shu orqali oila mustahkamligi uchun kurashganlar.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə