Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64

190
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
57-§.     Tuyoqli sutemizuvchilar
Juft tuyoqlilar turkumi. Juft tuyoqlilarning barmoqlari bir yoki 
ikki juft bo‘lib, tuyoqlar bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar kavsh 
qaytaruv 
chi va kavsh qaytar 
maydigan guruhlarga bo‘linadi.
Kavsh qaytaruvchi
  juft tuyoqlilar – oyoqlari ancha uzun, oshqozoni 
to‘rt bo‘lmali, o‘simlikxo‘r hayvonlar (112-rasm). Odatda, o‘simlik 
tarkibida qiyin hazm bo‘ladigan kletchatka ko‘p bo‘ladi. Kavsh qayta-
112-rasm. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar: 
1 – jayron; 2 – jirafa; 3 – arxar; 4 – zubr
1
2
3
4


191
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar
ruvchilar oshqozonida yashaydigan mayda mikroskopik bakteriyalar 
va infuzoriyalar kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beradi. Ular 
dastlab oziqni yaxshi chaynamas 
dan yutadi. Oziq oshqozonda mikro-
organizmlar ta’sirida yengil hazm bo‘ladigan holatga keladi. Bunday 
oziq og‘iz bo‘shlig‘iga qaytarib chiqariladi va tishlar yordamida qayta 
yaxshi chaynalib (kavshalib), yana oshqozonga yutiladi.
Kavsh qaytaruvchilarga sigir, qo‘y, echki, zubr, sayg‘oq, jayron, 
bug‘u va boshqa ko‘pchilik juft tuyoqlilar kiradi. Odatda ularning 
boshida bir juft muguz shoxlari bo‘ladi. Bu shoxlar hayvonning bu-
tun hayoti davomida o‘sib boradi. Bug‘u va los kabi hayvonlarning 
shoxlari har yilda almashinib, o‘rniga yangisi o‘sib chiqadi.
Jayron  (ohu yoki g‘izol) O‘zbekiston cho‘llarida yakka holda, 
juft-juft yoki 30 tagacha hayvondan iborat poda bo‘lib yashagan. 
 
 
U cho‘l sharoitiga yaxshi moslashgan: rangi qo‘ng‘ir tusda bo‘lgani-
dan atrof-muhitda ko‘zga tashlanmaydi.
Jayron go‘shti juda mazali bo‘lgani uchun ovlangan. O‘zbekiston-
da jayron faqat qo‘riqxonalarda saqlanib qolgan. Kavsh qaytaruvchi 
juft tuyoqlilardan Buxoro bug‘usi (xongul) Qizilqum qo‘riqxonasi-
da va Termiz yaqinidagi Payg‘ambar oroli 
da boqilmoqda; Ustyurt 
dashtida sayg‘oq uchraydi.
Kavsh qaytarmaydigan  juft tuyoqlilarning qoziq tishlari kuchli 
rivojlangan, oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; bo‘yin, oyoq 
lari 
va dumi kalta. Ularga to‘ng‘iz  (yovvoyi cho‘chqa) va suv ayg‘iri 
(begemot) kiradi (113-rasm). 
To‘ng‘iz  ancha yirik hayvon; tanasining uzunligi 180 sm ga-
cha, vazni 200–240 kg keladi. To‘ng‘iz Yevropa va Osiyo qit’asida 
tarqalgan; O‘zbekistonda tog‘li joylarda va to‘qaylarda uchraydi. 
113-rasm. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar: 
1 – suv ayg‘iri (begemot); 2 – 4 to‘ng‘izlar; (2 – erkagi; 3 – urg‘ochisi; 4 – bolasi)
1
2
3
4


192
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
O‘simlik ildizi va tugunaklarini kovlab olib yeydi; to‘kilgan mevalar, 
hatto hasharotlar va boshqa mayda jonivorlar bilan ham oziqlanadi. 
To‘ng‘iz to‘da bo‘lib yashaydi. Uning bolasi yo‘l-yo‘l tusda. To‘ng‘iz 
xonaki cho‘chqalar naslboshisi hisoblanadi. 
Begemot tropik Afrikada tarqalgan.
Toq tuyoqlilar turkumi. Bu hayvonlarning oyog‘ida bitta yoki uchta 
barmog‘i bo‘ladi, biroq faqat uchinchi barmog‘i kuchli rivojlangan. 
Hayvon tanasining og‘irligi, asosan, shu barmoqqa tushadi. Oshqozoni 
sodda tuzilgan, ammo ko‘richak o‘simtasi juda uzun bo‘ladi.
Toq tuyoqlilar yalanglikda yashaydigan hayvonlar bo‘lib, ular 
ga 
ot, eshak, karkidon, tapir, zebra va qulon kiradi (114-rasm).
Yovvoyi
 Prjevalskiy oti XX asr o‘rtalarigacha Mar 
kaziy Osiyo 
(Mo‘g‘uliston va Xitoy) cho‘llarida yashagan; hozir qo‘riq xona 
lar va 
114-rasm. Toq tuyoqlilar: 
1 – hind karkidoni; 2 – Prjevalskiy oti; 3 – qulon; 4 – zebralar
1
2
3
4


193
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar
hayvonot bog‘larida saqlanib qolgan. Tanasining uzunligi 230 sm, 
balandligi 130 sm, vazni 300 kg keladi. Xonaki otlar qirilib ketgan 
yovvoyi ot – tarpandan, xonaki eshak esa Afrika yovvoyi eshagidan 
kelib chiqqan.
Tapirlarning bir necha turlari Janubiy Amerika va Janubi-Sharqiy 
Osiyodagi o‘rmonlarda yashaydi. Karkidon tropik Afrika va Janubiy 
Osiyoda tarqalgan. 
1. Tuyoqli sutemizuvchilar qanday tuzilgan?
2. Juft tuyoqlilar uchun xos belgilar nimadan iborat?
3. Kavsh qaytaruvchilar oshqozoni qanday tuzilgan?
4. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar qanday tuzilgan?
5. Toq tuyoqlilar yashash muhitiga qanday moslashgan?
1. Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida:
a) oziq mikroorganizmlar ta’sirida hazm bo‘ladigan holatga keladi;
b) oziq qayta chaynaladi;
d) o‘simlik kletchatkasi hazm bo‘ladi.
2. Buxoro bug‘usi:
a) Hisor qo‘riqxonasida boqiladi;
b) Zarafshon qo‘riqxonasida boqiladi;
d) Qizilqum qo‘riqxonasida boqiladi.
3. Toq tuyoqlilarning:
a) birinchi va uchinchi barmog‘i kuchli rivojlangan;
b) ko‘richak o‘simtasi juda uzun;
d) oshqozoni ikki bo‘lmadan iborat.
Hayvonlar nomi bilan ularning xususiyatlarini juftlab yozing.
a) jayron; 
1) qo‘riqxonalarda qolgan;
b) xongul; 
2) xonaki ot naslboshisi;
d) to‘ng‘iz; 
3) to‘qaylarda uchraydi;
e) tarpan. 
4) cho‘llarda yashagan.
Lug
at daftaringizga yozib oling.
Juft tuyoqlilar, kavsh qaytaruvchilar, jayron, xongul, kavsh qaytarmaydiganlar, 
to‘ng‘iz, toq tuyoqlilar, Prjevalskiy oti, tarpan, karkidon.
Jumboqni yeching. Toq tuyoqlilar tuyog‘ining rivojlanganligi va oyoqlarining 
uzun bo‘lishi ular hayotining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mum-
kin?
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d, 3b.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-1, d-3, e-2.
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə