Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64

176
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
digan bo‘ladi. Sichqonlar yiliga 5–8 marta, shoxli mollar bir marta 
bolalaydi.
Bolalarni sut bilan boqish. Sutemizuvchilar bolasini sut bilan bo-
qadi. Sut urg‘ochi hayvonning ko‘krak yoki qorin qismida joylash-
gan sut bezlarida hosil bo‘ladi. Bezlar yo‘li so‘rg‘ichlar uchi ga ochi-
ladi. So‘rg‘ichlar soni hayvonlarning serpushtligiga bog‘liq. Masalan, 
3–8 tadan bola tug‘adigan itlarning 8 ta, 1–4 tadan bola tug‘adigan 
echkilarning 2 ta so‘rg‘ichi bo‘ladi. Sut tarkibida hayvonlar bolasi 
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar: suv, yog‘lar, ug-
levodlar, oqsillar, vitaminlar va mineral tuzlar bo‘ladi.
Sutemizuvchilarning kelib chiqishi. Sutemizuvchilarning bir qancha 
xususiyatlari, xususan, skeleti, muskullari, ovqat hazm qilish, nafas 
olish, ayirish, qon aylanish sistemasining tuzilishi sudralib yuruv-
chilarnikiga birmun 
cha o‘xshash bo‘ladi. Sutemi 
zuvchilar terisida 
ham sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash tanga 
chalar bo‘ladi. Ularning 
yungi ham tangachalardan kelib chiqqan. Bundan tashqari, tuban 
sutemizuvchilarning sudralib yuruvchilarga o‘xshash kloakasi bo‘ladi; 
ular tirik bola tug‘masdan tuxum qo‘yib ko‘payadi. Bu dalillar sut-
emizuvchilarning sudralib yuruvchilar bilan qarindoshligini ko‘rsatadi.
Sutemizuvchilarning ajdodi bundan 200–300 ming yil ilgari 
yashagan qadimgi yirtqich tishli kaltakesaklar bo‘lgan (102-rasm). 
Olimlar skelet qoldiqlarini tekshirib, ularning oyog‘i sudralib yuruv-
chilarniki singari tanasining ikki yonida emas, balki tanasi ostida 
joylashganligini, tishlari ham ixtisoslashganli 
gini aniqlashgan. Yirtqich 
tishli kaltakesaklarning sudralib yuruv 
chilarga o‘xshashlik belgilari 
ham bo‘lgan. Ular kalta oyoqlarida yo‘g‘on va uzun dumini sudrab 
harakatlangan.
Iqlimning sovib borishi bilan sovuqqonli yirik sudralib yuruvchilar 
qirilib ketib, ularning o‘rnini issiqqonli sutemizuvchilar egallagan.
102-rasm. Yirtqich tishli kaltakesak va uning bosh skeleti


177
53-§. Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar
1. Sutemizuvchilarning qaysi belgilari sudralib yuruvchilarga o‘xshaydi?
2. Yo‘ldosh nima?
3. Homiladorlik nima?
4. Qaysi sutemizuvchilarning homiladorlik davri qisqa bo‘ladi?
1. Sutemizuvchilar embrioni:
a) juda kichik bo‘ladi;
b) tuxum yo‘lida rivojlanadi;
d) bachadonda rivojlanadi.
2. Tuban sutemizuvchilarning urug‘langan tuxumi:
a) tashqi muhitda rivojlanadi;
b) tuxum yo‘lida rivojlanadi;
d) bachadon devorida rivojlanadi.
3. Sutemizuvchilarning sut bezlari:
a) urg‘ochi hayvonning ko‘krak qismida bo‘ladi;
b) urg‘ochi hayvonning ko‘krak yoki qorin qismida bo‘ladi;
d) urg‘ochi hayvonning qorin qismida bo‘ladi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Bachadon, homila, yo‘ldosh, homiladorlik, sut bezlari, yirtqich tishli kaltake-
saklar.
Jumboqni yeching. Sutemizuvchilarning qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib 
chiqqanligini qanday isbot qilish mumkin?
Tasdiqlovchi javoblar; 1d, 2a, 3b.
       
Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: 
53-§.   
 
tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar
Sutemizuvchilar tuzilishi, ko‘payishi va bolasining rivojlanish 
xusu 
siyatlariga binoan tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar va yo‘l 
doshlilar 
guruh lariga  ajratiladi.
Tuxum qo‘yuvchilar, ya’ni kloakalilar tirik bola tug‘masdan tuxum 
qo‘yib ko‘payadi. Sut bezlarining rivojlanganligi va tanasida jun yoki 
qillar bo‘lishi bilan ular sutemizuvchilarga o‘xshaydi. Lekin ular-
ning haqiqiy sutemizuvchilar uchun xos belgilari birmuncha kuchsiz 
rivojlangan. Chunonchi, bosh miyasi ancha sodda tuzilgan; sut bez-
lari so‘rg‘ichlari rivojlanmagan; tana harorati nisbatan pastroq (26° 
dan 36 °C gacha) bo‘ladi. Shuning bilan birga ularning tuzilishida 
?!


178
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
sudralib yuruvchilarga xos bir qancha xususiyatlar (masalan, kloakasi-
ning bo‘lishi, tuxum qo‘yib ko‘payishi) mavjud. Tuxum qo‘yuvchi 
sutemizuvchilarga o‘rdakburun va yexidna kiradi (103-rasm). Ular 
Avstraliya qit’asi va uning yaqinidagi orollarda tarqalgan.
O‘rdakburunning o‘rdaknikiga o‘xshash keng va uzun muguz 
tumshug‘i bor. Tanasi jun bilan qoplangan. U daryo qirg‘oq 
laridagi 
uyasida yashaydi. Oyog‘ining barmoqlari orasidagi suzgich pardasi 
yordamida yaxshi suzadi. O‘rdakburun tuxum qo‘yib, uni bosib yota-
di. Lekin tuxumdan chiqqan bolalarini sut bilan boqadi. Sut bez 
lari 
so‘rg‘ichlari bo‘lmaganidan junining sirtiga oqib chiqadi; bolalari ana 
shu sutni yalab oziqlanadi.
Yexidna – ko‘rinishi tiðratikanga o‘xshaydigan hayvon. Tanasi 
 
uzun qillar bilan qoplangan. Urg‘ochisi bitta tuxum qo‘yib, uni 
qornidagi xaltasida olib yuradi. Uning bolasi ham onasining qorin 
tomonidan terisi ustiga oqib chiqqan sutni yalaydi.
Xaltalilar tuxum qo‘yuvchilar-
ga nisbatan birmuncha murakkab 
tuzilgan. Ular tirik bola tug‘adi; 
kloakasi bo‘lmaydi. So‘rg‘ichlari 
rivojlangan, tana harorati  nisbatan 
yuqori (37°C gacha), bachadoni 
rivojlanmagan yoki juda kuchsiz 
rivojlangan. Shuning uchun tug‘il-
gan bola 
lari juda kichik va zaif 
bo‘ladi. Masalan, bo‘yi 2 m kela-
digan kenguru bolasining uzunligi 
bor-yo‘g‘i 3 sm. Xaltalilarning ur-
g‘ochisi tug‘ilgan bolasini ancha 
vaqt qornidagi xaltasida olib yuradi 
(104-rasm).
104-rasm. Xaltalilar: 
1 – kenguru; 2 – xaltali sichqon; 
3 – koala
3
2
1
103-rasm. Tuxum 
qo‘yuvchi
sutemizuvchilar: 
1 – o‘rdakburun; 
2 – yexidna
2
1


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə