Ziyonet doc


Tarixiy xotirani tiklash va yangi tarixni yaratish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

Tarixiy xotirani tiklash va yangi tarixni yaratish
Yangi tarixiy davr ma’rifat davri, ma’rifatlilik davri sifatida vujudga 
kelmoqda. Istiqlol g’oyalari asosida bosh islohotchilik vazifasini bajarayotgan 
davlat odamlar ongi va tafakkurida tub burilishlar yasash, har qanday islohotlarni 
fuqarolar ongi, tafakkuri va qalbi orqali o’tkazish yo’lini tanladi. Ana shu yo’l 
odamlarning o’gmishga, bugunga va kelajakka munosabatlarini o’zgartirish, 
muayyan mafaatlarga yondashish psixologiyasini yangilash orqali asta-sekinlik 
bilan ularni ma’rifatli, komil inson qilib voyaga etkazishga olib boradi. 
Fuqarolarning ma’rifatliligi orqali ma’rifatli jamiyat barpo etiladi. 
Tarixiy tafakkur va tarix falsafasi ma’rifatli jamiyat qurishning muhim omili 
bo’lib xizmat qiladi. Zotan, o’tmishni anglash, uni to’g’ri tushunish orqali 
kishilar ongi va ruhiyatida jidtsiy o’zgarishlar yasashga, shu orqali hayotni, 
turmush tarzini, oxir-oqibatda esa jamiyatni ma’naviy isloh qilishga erishiladi. 
Buni nimalarda ko’rish mumkin? 
Birinchidan, 
tarixni anglash orqali hayotni anglash, insonning insonligini 
anglash qobiliyati shakllanadi. 
Ikkinchidan, 
tarixiy tafakkur va tarix falsafasi orqali bugungi hayot 
mazmuni chuqurroq tushuniladi va istiqbolni ko’rish falsafasi dunyoga keladi. 
Bu har bir insonning o’ziga xos tafakkur tarzini shakllantirish orqali shaxs 
sifatidagi fenomenini vujudga keltirishga, fe’latvorining shakllanishiga xizmat 
qiladi. 
Uchinchidan, 
tarixni o’rganish orqali mustamlakachilik ta’sirida va 
kommunistik zo’ravonlik mafkurasi natijasvda o’zligini yo’qotgan, o’z qadru 
qimmatini butkul unutgan fuqaroni uyg’onishga, o’zligini anglashga, o’z haq-
huquqini himoya qila oladigan barkamol shaxs sifatida shakllanishga da’vat 
etadi. 
To’rtinchidan, 
ajdodlari buyuk bo’lgan, jahon tsivilizatsiyasi va insoniyat 
taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shgan madaniyatga daxldor fuqaro qalbida 
o’tmishini o’rganish orqali milliy g’ururining uyg’onishi mamlakat mustaqil 
taraqqiyot yo’lini tanlagan bir paytda katta ijtimoiy-ma’naviy qudrat va ulkan 
siyosiy iroda kuchi bo’lib xizmat qiladi. Ana shu anglash jarayoni insonning o’zini 
o’zi yangilashiga, o’zini o’zi ma’naviy tozalashiga, o’zini o’zi isloh qilishiga olib 
keladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə