Ziyoda masharipova


 Nizomiddin Mahmudov. 0 ‘qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/80
tarix29.11.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#143177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

1 Nizomiddin Mahmudov. 0 ‘qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi
0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007, 164-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


san’ati yod olingan matnni ifodali o ‘qishni ham o ‘z ichiga oladi. Ifodali 
o ‘qishda fikrlami yanada silliq, aniq, go‘zal shaklda talqin etish uchun 
emotsional vositalardan unumli foydalaniladi. Ifodali o ‘qishning badiiy 
emotsional b o ‘lishi uchun o ‘quvchi-ijrochi asar mazmuni, g ‘oyaviy-ba- 
diiy jihatlari haqida tasaw urga ega b o ‘lishi lozim” 1.
Ifodali o ‘qishning o ‘ziga xos xususiyati shundaki, u insonda tuyg‘u 
va kayfiyatlar hosil qiladi, aniqrog‘i, voqelikning his-tuyg‘uli qiyo- 
fasini yaratadi. Ifodali o ‘qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”, 
qahramonlar “tilga kiradi”. 0 ‘quvchi bir vaqtning o ‘zida ham muallif
ham qiyofa (obraz) yaratuvchi, ham ijrochi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Demak, ifodali o ‘quvchi m a’lum darajada aktyorlik san’atidan ham 
xabardor bo ‘lishi lozim.
Ifodali nutq san’atini o ‘rganishning muhim vositalardan biri ba­
diiy asarlam i ko‘proq mutolaa qilishdir. Asaming mazmun-mohi- 
yati, qahram onlar xarakter xususiyati, maqsad va intilishlari chuqur 
o‘rganilgandagina og‘zaki talqinda asar ruhiga mos ohang va intonatsi- 
ya paydo bo‘ladi. Badiiy asarlami mutolaa qilish o ‘quvchining dun- 
yoqarashini kengaytirish barobarida adabiy tilni puxta o ‘zlashtirishga, 
ifodali o ‘qish san’atini egallashga yaqindan yordam beradi.
Adabiyot hayotni in’ikos ettirar ekan, u insonning o‘zini o‘ziga 
ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini ham bajaradi. 0 ‘sha ko‘zgu orqali 
har bir kishi o ‘zining yaxshi va yomon tomonlarini ko‘radi, qusur va 
kamchiliklardan forig‘ bo‘lishga, ruhan tozarishga intiladi. Forig‘lanish 
yoxud ruhan tozaiish buyuk faylasuf Aristotel talqiniga ko‘ra, san’atning 
o ‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsadidir. San’at, xususan, adabiyot insonni 
ziddiyatlar asosiga qurilgan, hayot atalmish m o‘jizaning nima ekanligini 
anglashga o ‘rgatadi, yovuzlikka nafrat, ezgulikka muhabbat tuyg‘ularini 
uyg‘otadi va, shu tariqa, inson m a’naviy olamini go‘zallashtiradi. Mana 
shu vazifalami ado etishda ifodali o ‘qish san’ati badiiy adabiyotning 
eng yaqin ko‘makchisi hisoblanadi. Zero, badiiy asardagi nafosat va 
go‘zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg‘ulami 
shakllantirish ifodali o ‘qish praktikumi fanining asosiy vazifasidir.
Adabiyotning barcha tur va janrlaridagi badiiy asarlar ifodali o ‘qish 
praktikumi fanining o ‘rganish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Ifodali 
o ‘qish deganda, faqat lirik turga mansub asarlargina emas, balki nas-

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə