Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish mundarija



Yüklə 55,96 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü55,96 Kb.
#181987
  1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINI IFODALI O\'QISHGA O\'RGATISH


BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI IFODALI O'QISHGA O'RGATISH
MUNDARIJA

Kirish. Mavzuning dolzarbligi…………………………………


3 – 6

I bob.Ifodali o’qish o’tkazish metodikasi ……..............................

7– 27

1.1 Ifodali o’qish san’ati va vositalari ………….....................

7– 15

1.2. Ifodali o’qish saboqlari……………………………………

16-21

1.3.Ifodali o’qishda orfoepik va tinish belgilari qoidalari….. ..

22-26

II bob. Badiiy asarlarni ifodali o’qish…………...………….. …...

27–57

2.1. Nasriy asarlarni ifodali o’qish………………………… .

27-32

2.2.Dramatik asarlarni ifodali o’qish………………………...

33-38

2.3. She’riy asarlarni ifodali o’qish………………………….

39-45

Umumiy xulosalar.......................................................................

58-61

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.................................................

66-67












Kirish

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng barcha: ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohalarda keng imkoniyatlar qo’lga kiritildi. Mustaqillik xalqimizning har tomonlama rivojlangan, kamol topgan, o’z tarixiy va an’analarimizni yangicha bir tarzda rivojlantirishga imkon beradigan, o’zbek millatni dunyodagi ma’naviyati eng yuksak xalq darajasiga ko’tarishga sharoit yaratadigan kelajagimizni barpo etishga zamin yaratdi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, uning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohalarning rivojlanishi uchun bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar hammaga ma’lum. “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustda bo’lib o’tgan sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Przedenti I.A.Karimov “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida so’zlagan nutqida istiqbolimiz, umidimiz bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash strategiyasini aniq va ravshan belgilab berdi. Binobarin, ijtimoiy hayotning ana shu murakkab jabhasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir ziyoli pedagog uni o’ziga dastur sifatida qabul qilinishi, o’z ish rejasini undagi g’oyalar, taklif va mulohazalar asosida tuzib, ish ko’rmog’i lozim bo’ladi.1
Maktabga ona tili ta’limining oldiga qo’yilgan bosh maqsad o’quvchining mustaqil fikrlash, og’zaki va yozma nutqni to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Darhaqiqat, bugungi ona tili ta’limi oldidagi maqsad va vazifalar doirasida ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnalogiyalarni joriy etish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, o’qituvchilarning kasbiy mahorati, sohaviy bilimini oshira borib o’qitishning sifat-samaradorligini ko’tarish va eng muhimi ona tili darslarining sifat samaradorligini oshirish uchun dars mazmunini bugungi ilg’or pedagogik texnalogiyalar asosida ya’ni darsning mazmun mohiyatini tushuntirishni o’yinlar asosi tashkil etish kabi bir qator dolzarb vazifalar qo’yilgan.
Ta’limning muhim vazifalardan biri- bu yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek “… o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi”. Ona tiliga bergan bu yuksak ta’siri soha mutaxasislarigi ta’lim va tarbiya jarayonini davr talablari asosida, ijtimoiy iqtisodiy islohotlarga mos ravishda uzluksizlik va uzviylik tamoyillarga rioya qilgan holda yangi pedagogik texnalogiya darajasida, dars jarayonlarining mazmunli va sifatli bo’lishi uchun mavzuni o’yinlar vositasida o’qitish, shuningdek, o’qitishning boshqa bir qator texnalogiyalardan foydalanib tashkil etishning mazmunini, shakllari metod va usullarini izlab, ishlab chiqish yosh avlodni komil inson qilib tarbiaylashning muhim omillari ishning dolzarbligini belgilaydi.



Yüklə 55,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə