Temperamentingiz qaysi turga mansub?



Yüklə 50,35 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü50,35 Kb.
#135517
  1   2   3   4
Temperamentingiz qaysi turga mansub


Temperamentingiz qaysi turga mansub?

Har bir inson tarbiya mahsuli bo‘lish bilan birgalikda, tabiat tomonidan ato etilgan tug‘ma biologik xususiyatlarga ham ega. Mazkur biologik xususiyatlar fan tilida temperament deb ataladi. Temperamentga xos sifatlar keyinchalik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo‘ladi. Ya’ni temperament — shaxs faoliyati va xulqining o‘zgaruvchan hamda emotsional-hissiy tomonlarini aks ettiruvchi individual xususiyatlar majmuidir. Dunyodagi insonlar temperamentiga ko‘ra 4 xil turga bo‘linadi. Siz ulardan qay biriga mansubligingizni bilasizmi? Fe’l-atvoringizning eng nozik qirralarini-chi? U holda psixologiya sizga bu borada yordam beradi.

Test yordamida temperamentni aniqlash
Berilgan to‘rt fikrdan birini tanlab, jadvaldagi o‘sha harfga (+), qolganlariga (-) qo‘yiladi. Hamma (10 ta) fikrlardan o‘zingizga taalluqlisini belgilaganingizdan so‘ng qaysi qatorda ko‘p (+) bo‘lsa, o‘sha sizning temperamentingiz hisoblanadi.
Savollar varaqasini o‘qishdan oldin o‘zingizga javoblar varaqasini chizib oling.
Savollar Javoblar
t/r 1 2 3 4
1 A B V G
2 V A G B
3 B G A V
4 V G B A
5 A V B G
6 V B A G
7 B G V A
8 G B V A
9 A G B V
10 A V B G
Jami (+)

Xolerik — temperament tez paydo bo‘luvchi va kuchli tuyg‘ular, zo‘r ta’sirlanish, tajanglik, tuganmas g‘ayrat, ko‘proq harakatchanlik, aniq imo-ishoralar va boy mimika bilan xarakterlanadi.
Sangvinik — tez paydo bo‘luvchi va oson almashinadigan tuyg‘ular bilan farq qiladi. Sangvinik kishi uchun xatti-harakatning barqarorligi xosdir.
Flegmatik — temperament tuyg‘ularning sust paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi: flegmatik kishini tinch holatdan olib chiqish oson emas, u harakat va gapirishda ham shoshilmaydi, mimikasi kam ifodali, harakatlari sust.
Melonxolik — temperament tuyg‘ularning nisbatan kam xilma-xil bo‘lgani holda ularning sekin paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi: tashqi tomondan tuyg‘ular deyarli ko‘zga tashlanmaydi: melonxolik kishini ko‘p narsa bezovta qilmaydi, lekin his-tuyg‘ular paydo bo‘lganda u, odatda, chuqur, davomli va ancha kuchli bo‘ladi. Melonxolik kishi ko‘pincha g‘amgin kayfiyatda yuradi.

Yüklə 50,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə