Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети


Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning



Yüklə 297,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix12.04.2022
ölçüsü297,46 Kb.
#85350
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
          4.Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 

tutgan o’rni

 

Makroiqtisodiyot   o‘z   ichiga   xalq   xo‘jaligining   moddiy   va   nomoddiy 



ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.

Moddiy   ishlab   chiqarish   sohalari   o‘z   navbatida   xalq   xo‘jaligining 

ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va 

iste`mol   buyumlari   ishlab   chiqaruvchi   tarmoqlarga   (I   va   II   bo‘linma) 

ajratiladi.

Milliy   iqtisodiyot   meyorida   faoliyat   qilish   uchun   barcha   tarmoq   va 

ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi 



talab   qilinadi.   Nomoddiy   ishlab   chiqarish   milliy   iqtisodiyotning   ijtimoiy 

iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va 

millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at, 

sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga 

oladi.

Xizmat   ko‘rsatish   sohalari   uy-joy,   kommunal   xo‘jaligi   va   madaniy 



maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi.

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi 

orqali,   mikro   va   makroiqtisodiy   darajada   aniqlanib,   tahlil   qilinadi.   Bu 

ko‘rsatkichlar   yordamida   korxonalar   faoliyatiga   baxo   beriladi   va   milliy 

iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi.

Masalan,   korxonalar   faoliyatiga   baxo   berish   uchun,   ularning 

daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib 

korxonaning   foyda   olishi   eki   zarar   ko‘rishini   bilish   mumkin.   Agar 

korxonaning   ishi   yaxshi   bo‘lib,   foida   olsa,   tegishli   ma`lumotlaridan 

muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi.

Korxona   zarar   ko‘rgan   taqdirda   ham   tegishli   mikroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi.

Mikroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   ham   butun   iqtisodiyot   uchun   huddi 

shunday   vazifani   bajaradi.   Bu   tizimga   kiruvchi   turli   hil   ko‘rsatkichlar, 

birinchidan,   bizga   ma`lum   vaqt   oralig‘idagi   ishlab   chiqarish   hajmini 

hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi 

omillarni   aniqlash   imkonini   beradi.   Ikkinchidan,   makroiqtisodii 

ko‘rsatkichlar   tizimi,   Yamm   ni   uning   harakatining   barcha   bosqichlarida, 

ya`ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish 

bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.

Nihoyat   mazkur   ko‘rsatkichlar   tizimi   mavjud   resurslar   va   ulardan 

foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy 

iqtisodiy   muvozanatlik   holatini   aks   ettiradi.   Makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar 

tizimini   yaxshi   tushunib   olish   uchun   bozor   ho‘jaligi   sub`ektlari   va   bozor 

operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur.

Bozor xo‘jalik subyektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan.

1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari. 



2. Uy xo’jaliklari. 

3. Davlat ma`muriy tashkilotlari. 

4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari.

           Bozorli operatsiyalar 3ta katta guruhga bo‘linadi:

1. Tovarlar va xizmatlar bilan operasiyalar (ishlab chisarish, investisiyalash, 

iste`mol qilish, import va shu kabilar). 

2. Taqsimlash operatsiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va 

h.k.) 


3. Moliyaviy operasiyalar (pulga taaluqli aktivlar va passivlarning o’zgarishi, 

valyuta   va   qimmatli   qog’ozlar   bilan   operasiyalar,   kreditli   operasiyalar   va 

h.k.)

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda moliyaviy balanslar tizimi 



alohida   o‘rin   tutadi.   Bunda   balans   shaklidagi   jadval   orqali   resurslar   va 

ulardan foydalanish ikki yo‘qlama yozish tartibida ko‘rsatiladi, ya`ni har bir 

operasiya   to‘lovchisi   va   oluvchisiga   ega   bo‘ladi.   Shu   sababli   bir   marta 

resurslar va ikkinchi marta foydalanish sifatida yoziladi.

BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlar harakati ikki darajada aks etadi: yig‘ma hisobda YaMM, MD 

harakti,   kapital   qo‘yilmalarni   moliyalashtirish,   boshqa   mamlakatlar   bilan 

operasiyalar;   mukammal   hisobda   esa   tarmoqlararo   aloqalar, 

daromadlarning   harakati,   ularning   taqsimlanishi   va   pirovard   foydalanishi 

ko‘rsatiladi. Yig‘ma hisobga yalpi milliy maxsulotni daromadlar va sarflar 

bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi.

Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini harakterlovchi juda ko‘plab 

makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   mavjud.   Tarixiy   jihatdan   dastlab   moddiy 

ishlab   chiqarish   sohalari   rivojlanish   miqiyosini   harakterlovchi 

ko‘rsatkichlarga ustunlik berilgan. Bu faqat foydali buyumlarni tayorlashda 

qo‘llaniladigan mexnat tan olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy 

xol hisoblanadi.

Shu nuqtay nazardan kelib chiqib ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari 

milliy

ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan:




1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat.

2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat.

Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab 

chiqarish va ulardan uzoq yillar davomida ko‘pchilik mamlakatlar xo‘jalik 

amaliyotida foydalanishga sabab bo‘lgan.

Mazkur ko‘rsatkichlarni hozirgi davrda ham moddiy ishlab chiqarish 

sohalari rivojlanishini iqtisodit taxlil qilishda qo‘llash foydadan holi emas.

Ishlab chiqarishni sohalari rivojlanishini eng umumiy holda - ijtimoiy 

maxsulot   ko‘rsatkichi   harakterlaidi.   Ma`lum   vaqt   davomida   (odatda   bir 

yilda)   moddiy   ishlab   chiqarish   sohalarida   yaratilgan   barcha   maxsulotlar 

o‘zining qiimat ifodasida jami ijtimoiy maxsulotni tashkil qiladi.

Butun halq Ho‘jaligi ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari 

ishlab   chiqaradigan   tarmoqlardan   iborat   bo‘lganligi   sababli   jomi   ijtimoiy 

maxsulot   (JIM)ning   ashyoviy   (natural-buyum)   tarkibi   ishlab   chiqarish 

vositalari va iste`mol buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘linish asosida 

JIM tarkibii elementlarining iste`mol qilinish harakteri etadi. JIMning ishlab 

chiqarish vositalaridan iborat qismi (mashina, uskuna va shu kabilar) ishlab 

chiqarish   ehtiyojlari   uchun   foydalaniladi   va   demak   belvosita   iste`molni 

qondiradi, iste`mol buyumlari (oziq- ovqat, kiyim-kechak va shu kabilar) esa 

ulardan farq qilib, bevosita ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.

JIMning   tarmoq   tarkibi   ham   farqlanadi.   JIM   tarmoq   tarkibi   undagi 

ayrim   tarmoqlar   (sanoat,   qishloq   ho‘jaligi   va   shu   kabi)   maxsulotlarining 

ulushi sifatida namoyon bo‘ladi.

Qiymat   shaklida   JIM   -   iste`mol   qilingan   ishlab   chiqarish   vositalari 

qiymati (S) va yangidan yaratilgan qiymatidan (V+m) iborat bo‘ladi. JIMni W 

bilan   belgilasak,   bunda   W   c+V+m   bo‘ladi.   Yangidan   yaratilgan   qiymat 

zaruriy   maxsulot   eki   ishchi   kuchi   qiymatidan   (V)   va   qo‘shimcha 

maxsulotdan (m) iborat bo‘ladi.

JIM   ko‘rsatkichi   muxim   kamchilikga   ega.   Uni   hisoblashda   ishlab 

chiqarishning barcha texnologik bosqichlaridagi moddiy harajatlar miqdori 

bir necha marta ko‘rib chiqiladi

Boshqacha aytganda:

JIM oraliq maxsulot + pirovard maxsulot 



Oraliq maxsulotga ishlov berish, qayta ishlash va sotish maxsadlari 

uchun harid qilingan tovarlar kiradi.

Pirovard maxsulot iste`molchilar tomonidan foidalanish uchun sotib 

olinadigan tayor tovarlar va hizmatlardan iborat bo‘ladi. 

Pirovard maxsulot mexnat predmetlari qiymatini takroriy hisoblashdan 

ozod   bo‘lsada,   u   mexnat   vositalarining   yillik   amortizasiya   ajratmalari 

summasiga teng bo‘lgan, ko‘chgan qiymat o‘tmish mexnat natijasi bo‘lib, 

oldingi davrlarda vujudga keltirilgan. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish 

hodimlarining   joriy   yildagi   faoliyatini   aniq   baxolash   uchun   boshqa 

umumlashtiruvchi ko‘rsatkich zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich sof milliy 

maxsulot qisoblanadi.


Yüklə 297,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə