Zbekiston davlatchiligining shakllanish asoslari


Davlatning birinchi turi — podsholik



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə7/8
tarix10.10.2023
ölçüsü31,14 Kb.
#126529
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbek Davlatchiligining Shakllanish asoslari

Davlatning birinchi turi — podsholik, boshqaruv shakli mutlaq monarxiya. O‘zbekistonning qadimgi tarixida davlatlarning bunday turi va shakli ustuvor bo‘1gan bir necha davrini kuza- tish mumkin. Avvalambor, mil. avv. 539—330-yi1larga qadar qadimgi O zbekistonning Farg‘ona va Chochdan tashqari, deyarli barcha hu- dudlari Ahanıoniylar davlati tarkibida bo‘1gan. Xorazm, Sug‘d, Baqt- riya va saklar o‘lkasi ahamoniylar podsholari tomonidan tayinlanib qo‘yilgan satraplar tomonidan boslıqarilib, ularga ma’lum miqdorda boj to‘lab turishgan.
Noiblar boshqaruvi tizimida ma’1um mustaqilikka ega bo‘lgan mutlaq monarxiya Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlarida ham mavjud bo‘1gan. Mil. avv. IV asr oxirlaridan III asr o‘rtalariga qa- dar Shimoliy Baqtriya va Sug‘d ellinistik podsholik hisoblangan Sa- lavkiylar davlati tarkibida edi. Mil. avv. III asrning o‘rta1aridan II asrning ikkinchi yarmiga qadar Shimoliy Baqtriya va ma’lum davr- da Sug‘d Yunon-Baqtriya podsholigi :arkibiga kirgan. Bu davlatdab•i podsholar hokimiyati doimo ham avloddan avlodga o‘tmagan.
Milodiy I—III asr o‘rtalarida mavjud bo‘lgan Kushon podsholigi ham aniq ko’zga tashlanuvchi teokratik mutlaq monarxiya davlati edi.
Davlatning birinchi podshosi Kujula Kadfiz davridan so‘ng yurtimizning janubiy hududlari bu davlat tarkibiga kirgan. Bu davlat ham satrapliklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning boshqaruvi to‘laligicha Kushon podsholari qo‘1ida edi. Undan tashqari,
Kushon podsholigida maxsus chegara viloyatlari bo‘lib, ularni harbiy boshliqlar boshqarishgan. O‘zbekistonning janubidagi Surxon vohasi ana shunday' viloyatlardan biri bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar Ahamoniylar inqiroziga qadar, ya’ni, mil. aVv. IV asrning boshlarida paydo bo‘1gan Xorazm podsholigi liam mutlaq
monarxiya davlati bo‘lgan1igini taxmin qilishadi. Milodiy I asrdan boshlab Xorazm podsholigida o‘z tangalarini zarb etishni yo‘1ga qo‘ygan yangi sulola hokimiyatni qo‘lga oladi.
Davlatning ikkinchi turi — konfederativ podsholik, boshqaruv shakli—cheklangan monarxiya. Davlatning bunday turiga Qang‘,Yuechji (Katta yuechji) davlatlari kiritiladi. Bu konfederativ podsholiklar Teokrafik — diniy yo‘lboshchi, ruhoniy qo‘lida bo‘lgan siyosiy hokimiyat hamda shu usulda idora qilingan davlat.
Bir nechta mustaqil mulklardan iborat bo‘lib. o‘z tangalarini zarb etgan qabila yo‘lboshclıilari yoki urug‘ boshliqlari tomonidan boshqarilgan.
Qang‘ davlati hududlariga Buxoro va uning atroflari mulki, Buxo- ro Sug‘dining janubi-sharqi va Samarqand Sug‘dining shimoli-g‘arbi mulklari, Janubiy Sug‘d mulki kirgan. Katta Yueji podsholigi ham Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Dumi, Xitun kabi beshta mulkdan bo‘1ib, ulans turli Yuechji urug‘lari vakillari boshqargan.

Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə