Zbekiston davlatchiligining shakllanish asoslari


Ikkinchi davr — mil. av. I mingyillik boshlari — mil. avv. 540-y



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə2/8
tarix10.10.2023
ölçüsü31,14 Kb.
#126529
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbek Davlatchiligining Shakllanish asoslari

Ikkinchi davr — mil. av. I mingyillik boshlari — mil. avv. 540-y.
Bu davrda Baqtriya, Sug‘d va Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlar shakllanadi. «Avesto» ma’1umot1ariga tayanib, tadqiqotchilar ularni ijtimoiy toifalar tizimiga asoslangan siyosiy hokimiyat ko‘rinishidagi davlatlaming ilk shakli sifatida izohlashadi. Bu davrda nisbatan hududiy yirik mulklar — qadimgi Baqtriya va qadimgi Sug‘d davlatlari, shuningdek, shimolda sak-massagetlarning qabilalar konfederatsiyalari tashkil topgan.


Uchinchi davr — mil. avv. 540—330-yillar.
Ahamoniylar bosqini tufayli O‘rta Osiyo viloyatlarining ular qadimgi Fors davlati tarkibida kirishi natijasida mahalliy davlatchilik taı’aqqiyotidagi uzilish davri. Ulkan Ahamoniylar saltanati satrapliklarga bo‘1inib boshqarilgan hamda uchta O‘rta Osiyo satrapliklari — Baqtriya, Sug‘d, Xorazm to‘laligicha yoki qisman hozirgi O‘zbekiston hududlariga to‘g‘ri keladi.
Satrapliklar tarkibiga kirgan viloyatlarning hukmdorlari, xususan, Oksiart, Xoriyen, Sisimitr, Katan, Avstan singari Baqtriya va Sug‘d zodagonlari Nautaka, Ksenippa, Paretaka kabi o‘zlarining merosiy mulklar ini ma’1um ma’noda mustaqil boshqarishgan. Sak qabilalarining ahamoniylarga qarshi uzoq kurashlari natijasida mil. avv. IV asrning boshlariga kelib, Xorazmda mustaqil davlat taslıkil topadi.
To‘rtinchi davr — mil. avv. IV asrning oxiri — II asr ikkinchi yarmining boshi.
Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng Salavkiylar davlati davri va Yunon-Baqriya davlatining inqirozigacha bo‘lgan, o‘z xususiyati va shakliga ko‘ra ikki xil — Shimoliy Baqtriya va qisman Sug‘dda ellinistik, qolgan hududlarda esa, xususan Xorazmda mahalliy davlatchilik an’analari rivojlanadi, O‘rta Sirdaryo havzasida Qang‘ va Farg‘ona vodiysida Davan davlati vujudga keladi. Bu davrda paydo bo‘lgan Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlarida davlatchilikning ellinistik siyosiy mezonlari o‘rnatilgan tarzda, ayrim yirik shaharlarda polis boshqaruvi mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘rta Osiyo Ikkidaryo oralig‘ining Shimoliy va Sharqiy qismida — Xorazm, Sug‘d va Farg‘onada mahalliy davlatchilik tizi- mining rivojlanishi bo‘lib, tadqiqotchilar bu jarayon bosqichini shaıtli ravishda «Xorazm-Qang‘», deb ataydilar.
Mil. avv. IV asrda Xorazm ahamoniylardan mustaqil bo‘1gan bo‘lsa, mil. avv. III—Il asr bo‘sag‘asida Sug‘dda Antiox I va Evtidem tangalariga taqlidan tangalar zarb etgan alohida mulklar shakllanadi. Shu davrda markaziy va shimoliy hududlarda Qang‘ davlati konfede- rasiyasining ham shakllanish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə