3
KIRISh
IShNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi globallashuv va integratsiya
jarayonida ilm fanni
yanada yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyat, san’at, fanni rivojlantirish, uni
yangi davr, yangicha dunyoqarash nuqtai nazaridan taraqqiy
toptirish davlatimiz va
jamiyatimiz istiqbolining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Xalqning milliy madaniyati va
o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek
tilini rivojlantirish, bu tilning davlat
maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish davlat ishi ahamiyatiga molik”
2
ekanligini
ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, o’zbek tili sohasida ham milliy ruh imkoniyatlarni tiklash uchun
harakat kuchaydi. So’nggi yillarda o’zbek tilini ilmiy tadqiq etishning qator yo’nalishlari
rivojlandi.
Bular ichida ayniqsa, tilning boshqa fanlar bilan aloqasiga ko’proq e’tibor
qaratilmoqda.
Til kishilar o’rtasida eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy mohiyat kasb etadi.
Demak, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadadir. Shu bois ham u xalqning
dunyoqarashi, o’tmishi,
madaniyati, ruhiyati kabi masalalarni o’rganuvchi falsafa, tarix,
etnografiya, sotsiologiya,
psixologiya, etika kabi fanlar bilan bog’liq. Bu bog’liqlik
natijasida tilshunoslikda bir qator oraliq yo’nalishlar – mentalingvistika, etnolingvistika,
sotsiolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika kabi yangi fan sohalari vujudga keldi.
O’zbek tilshunosligida ham bunday yondashuvlarning kurtaklari mavjud bo’lsa-da,
gender lingvistikasi yo’nalishi bo’yicha jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan. Gender
lingvistikasi
nafaqat sotsiolingvistika, psixolingvistika, balki
tilshunoslikning barcha
yo’nalishlari bilan bir qatorda inson, kishilik jamiyatini o’rganadigan
boshqa fanlar uchun
ham qiziqish kasb etadi. Bizning fikrimizcha, tilshunoslarni qiziqtirib kelayotgan, bir necha
fanlarning chorrahasida hosil bo’luvchi gender lingvistikasi o’zbek tilshunosligining
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: