Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


KIRISH  Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

KIRISH 
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. 
O’zbekiston 
Respublikasi bilan Hindiston o’rtasidagi do’stona, iqtisodiy va siyosiy 
munosabatlar o’zining ko’p asrlik tarixiga ega bo’lib, O’zbekiston mustaqillikka 
erishgan so’nggi yillarda esa bu munosabatlarning rivojlanishida katta 
imkoniyatlar yaratildi. Natijada ana shu masalalar va ularning tarixiga oid ko’p 
ilmiy asarlar, maqolalar va arxiv hujjatlari bosilib chiqdi-ki, ular har ikki mamlakat 
o’rtasidagi munosabatlarni ravshanlashtirishda muhim ahamiyatga egadirlar. 
O'zbekistonning yirik mamlakat — Hindiston bilan aloqalari kengayib 
bormoqda. Prezidentimizning hali davlatimiz mustaqilligi e’lon qilinishidan 
avvalroq 1991-yilning 17-19 avgust kunlari Hindistonga rasmiy tashrif bilan 
borishi ham fikrimizning dalilidir. 1993- yil 23 - 25- may kunlari Hindiston Bosh 
vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi. Safar kunlarida 
―O'zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o'rtasida davlatlararo 
munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to'g'risida‖ shartnoma, foyda va mulkka ikki 
yoqlama soliq solmaslik to'g'risida, havo yo'llari to'g'risida va savdo-iqtisodiy 
hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi.
1
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1993-yil 17-19 - avgust kunlari 
Hindistonga rasmiy tashrifi chog'ida ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiy, savdo va 
ilmiy-texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitim, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, 
texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida 
bitim imzolandi.
1995- yil 25 - avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning ―TATA Projekte 
LTD‖ firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o'rinli salomatlik zali, majlislar 
xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta restoranlari bo'lgan 
zamonaviy mehmonxonaning ochilishi ham fikrimizning dalilidir.
2
1
―Xalq so’zi‖. 1993-yil 27-may soni. 
2
O’zbekistonning yangi tarixi. III-tom, B.225 



Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarini Islom Karimovning 2000 - yil 
1-3 - may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog'onaga ko'tardi. 
Safar paytida O'zbekiston Prezidenti Hindiston prezidenti va Bosh vaziri bilan 
muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular 
orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va 
qurol-yarog' kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O'zbekiston 
bilan Hindiston o'rtasida hamkorlik to'g'risida Qo'shma bayonot, jinoyat qidiruv 
ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to'g'risidagi shartnoma muhim 
ahamiyatga ega.
3
Shuningdek iqtisodiy, madaniy, ta'lim, axborot, bojxona sohalari 
bo'yicha hamkorlik qilish haqidagi hujjatlar imzolandi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə