Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


Muammoning o’rganilish darajasi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix04.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#88672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
xvi-xviii asrlarda hindiston va orta osiyo xonliklari

Muammoning o’rganilish darajasi. 
Bevosita O’zbekiston hududidagi 
xonliklar, jumladan Buxoro xonligi va Hindistonning azaliy tarixiy munosabatlari 
masalasi yuzasidan ham ba’zi bir ilmiy ishlar qilingan. Rus tadqiqotchilaridan 
birinchi bo’lib K.A.Antonova qariyb 50 yillik munosabatlar tarixini bir qancha 
sahifalarda bayon qilsa ham, tekshirilayotgan mavzu yuzasidan bir qator jihatlarni 
ochiq qoldirgan. 
G’arbiy Yevropa olimlari ham O’rta Osiyo - Hindiston munosabatlari tarixiga 
oid birmuncha ishlar qilganlar. Misol tariqasida nemis olimi F. A. Noer
4
va hind 
tarixchisi R. Ch. Varma
5
asarlarini keltirib o’tish mumkin. 
So’nggi yillarda O’zbekiston va Hindiston xalqlarining tarixiy aloqalariga 
bag’ishlangan bir qancha asarlar nashr qilingan bo’lsa ham bu sohada hali ko’pgina 
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish lozim. Chunki bu borada, xususan, O’rta Osiyo va 
Hindiston munosabatlarini o’rganishda barcha mavjud qimmatli qo’lyozma asarlar 
va hujjatlardan yetarli darajada foydalanilmagan. Chet el olimlari, shu jumladan, 
hind tarixchilari ham O’rta Osiyo — Hindiston munosabatlarini o’rganishda asosan 
3
www.press.uz 
4
D е N о e r F. A. L’Empereur Akbar, Leide, 1883. 
5
R a m e s h C h a n d r a V a r m a . Akbar and Abdullakhan, «Islamic culture», vol. XXI, № 4, October, 1937, 
p. 379—389 



hind manbalariga, rus olimlari esa mahalliy manbalarga asoslanganlar. Faqatgina 
I.G’.Nizomiddinovda
6
har ikkala tomon manbalari tahlilini ko’rishimiz mumkin. 
Biz ham ushbu ishni yozishda har ikki mamlakat - Buxoro xonligi va Hindiston 
tarixiga oid har ikki tomon manbalaridan imkoniyati boricha foydalanishga
harakat qildik. Bu yerda misol tariqasida Buxoro tarixiga oid asarlar qatorida Hofiz 
Tanish Buxoriyning «Abdullanoma»sini
7,8
, Muhammad Tolib binni Tojiddin 
Hasanxo’janing «Matlabut-Tolibin», Muhammad Yusuf Munshining «Tarixi 
Muqimxoniy»
9
kitobini va Boburiylar imperiyasi tarixiga oid Abulfazl
Allomiyning «Tarixi Akbarshohiy», Badavoniyning «Muntahabut-tavorix», Mirza 
Muhammad Hodining «Tuzuki Jahongiriy», Baxtovarxonning «Mirotul olam», 
Mirza Muhammad Soqiyning «Olamgirnoma» va boshqa asarlarini ko’rsatib 
o’tish mumkin. Har ikkala davlat tarixi, geografiyasi va madaniyatiga oid 
masalalar esa Zahiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma‖
10
va 
Gulbadanbegimning ―Humoyunnoma‖
11
asarlarida uchratish mumkin. 
Har ikkala tomon tarixi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishda o’sha davrda 
ularga bog’liq bo’lgan ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilish ham muhim rol 
o’ynaydi. Shunga ko’ra, bu o’rinda e’tiborli Eron tarixchisi Iskandar Munshining 
«Tarixi olamoroyi Abbosiy» nomli asarini keltirib o’tish mumkin. 
O’rta Osiyo - Hindiston o’rtasidagi siyosiy munosabatlarning biz 
tekshirayotgan davrdagi ahvolini o’rganishda ushbu ishda ilova qilingan 15 ta 
hujjat ham alohida qimmatga egadir. 
6
Низомиддинов И.Ғ - ХVI-ХVIII асрларда Ўрта Осиѐ - Ҳиндистон муносабатлари., Т., "Фан", 1966 
7
Ҳофиз Таниш ибн Мир Муҳаммад Бухорий. Абдулланома (Шарафномаи шоҳий). Биринчи нашр/I жилд. 
Форсчадан С. Мирзаев таржимаси, нашрга тайѐрловчи, сўз боши ва изоҳлар муаллифи Б.А. Аҳмедов. - Т., 
"Фан", 1966. 
8
Ҳофиз Таниш ибн Мир Муҳаммад Бухорий. Абдулланома (Шарафномаи шоҳий). Биринчи нашр/I жилд. 
Форсчадан С. Мирзаев таржимаси, нашрга тайѐрловчи, сўз боши ва изоҳлар муаллифи Б.А. Аҳмедов. - Т., 
"Фан", 1969. 
9
М у х а м м е д Ю с у ф М у н ш и . Мукимханская история, перевод с тaдж. проф. А.А.С е м е н о в а ,
Ташкент, Изд-во АН УзССР, 1950, стр. 140—145. 
10
Заҳириддин Муҳаммад Бобур - Бобурнома. Т., "Юлдузча", 1990 
11
Гулбаданбегим. Ҳумоюннома, Т., 1959. 



Bu hujjatlar Buxoro xonlari bilan hind podsholarining o’zaro bir-birlariga 
yozgan maktub va nomalari bo’lib, ular har ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy 
munosabatlarida va bu munosabatlarni o’rganishda nihoyatda muhim rol o’ynaydi. 
Bizga ma’lum bo’lishicha, Akbarshohning Abdullaxonga yuborgan 
maktublaridan bittasi (IV maktub) nemis sharqshunosi Noer tomonidan nemis 
tiliga, shuningdek, Zabardastxon elchiligi keltirgan Avrangzeb xati rus tarixchisi 
A. A. Semyonov tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. 
Shu ikki maktubdan boshqa hujjatlar keyinchalik I.G’.Nizomiddinov 
tomonidan tarjima qilingan. Shunday qilib, mazkur hujjatlarning ko’pchiligi (asl 
nusxasi va ularning tarjimasi) birinchi marta nashr qilingan. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə