Zaxarlanish va uning turlari


O’TKIR ZAHARLANISHDA BAKTERIYALI (BIOLOGIK) QUROL BILAN SHIKASTLASHGA QARSHI CHORA-TADBIRLAR



Yüklə 69 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü69 Kb.
#143077
1   2
O’tkir zaharlanishlar va ularga qarshi chora tadbirlar. Reja Ku

2.2 O’TKIR ZAHARLANISHDA BAKTERIYALI (BIOLOGIK) QUROL BILAN SHIKASTLASHGA QARSHI CHORA-TADBIRLAR
O’tkir zaxarlanish va ularning mavjudligini aniqlashning o'ziga xos qiyinchiliklari (bakteriyali qurollar asosini tashkil etuvchi mikroblarni qisqa vaqt ichida aniqlash mushkul, chunki hozirgi paytda bunday usullar va asbob-uskunalar juda kam; umumqabul qilingan usullarda aniqlash esa, anchagina vaqt va maxsus asbob-uskunalarni talab qiladi. Mavjud lyuminessentli mikroskop orqali aniqlash esa, qo'llanilgan mikroblar haqida taxminiy ma'lumotlarni beradi. Uning natijalari 2-6 soat ichida ma'lum bo'ladi) bor.
Mikroblar mavjudligini aniqlashga oid masalalarni 3 ta asosiy guruhga ajratish mumkin: tezkor aniqlash (1-10 daqiqa ichida); qo'zg'otuvchilar va toksinlarni aniqlash hamda ularni ajratish (2-3 kun ichida); atrof-muhitni (suv havzalari, havo) nazoratini belgilash (aniq vaqt oralig'ida o'rganish tufayli) va tekshirishlar uchun namunalarni vaqti-vaqti bilan olish; aniqlash vositalari to`zilish va boshqarish jihatidan qulay, tahlillarni qaytara olish, sarf-harajatlarning kamligi, jarayonni toraytirish mumkinligini yarata oladigan bo'lishi kerak; bu jarayonda ishonchlilik asosiy mezon bo'ladi.
Zararlangan tashuvchilar bilan ifloslangan o'choqlar chegarasi aniq bo'lmay, kasallik sekinlik bilan tarqaladi. Bakterial shikastlangan o'choqlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati o'z ishini, kelib chiqqan sharoitni hisobga olgan holda amalga oshirishi zarur. Bunday o'choqlarni baholash quyidagi omillarni hisobga olishni taqozo qiladi: 1) qo'llanilgan qo'zg'otuvchi xili va usuli; 2) mavjudligini o'z vaqtida aniqlash; 3) ifloslangan joy va kasallikni taxminiy tarqalgan joy maydonlari; 4) ob-havo sharoitlari; 5) aholining soni va zichligi; 6) yil fasli; 7) qurilgan aholi joylarining tavsifi va zichligi; 8) aholining shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanganligi va ulardan kerakli vaqtda foydalanish; 9) emlangan odamlar soni; 10) kasallikning oldini olish va davolashning maxsus va nomaxsus vositalar bilan ta'minlanishi.
KUCHLI TA'SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALAR
Xaql iste'moli mollarini ishlab chiqaruvchi ayrim korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan kuchli zaharlovchi moddalar zahiralari bo'lishi mumkin. Bunday inshootlardagi mazkur moddalar turli katta-kichik talafotlar tufayli yoki dushmanlar xatti-harakati oqibatlarida saqlanayotgan idishlaridan tashqi muhitga tushishi, kimyoviy ikqilamchi zaharlanish o'choqlarining vujudga kelishi va odamlar orasida sanitar yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin.
Bunday kimyoviy moddalar qatoriga xlor, ammiak, azot kislotasi va azot oksidlari, ftor va uning birikmalari, vodorod perekisi, gidrazin, aminobirikmalar kiradi.
Xlor moddasi jangovar maqsadlardan chetlashtirilgan bo'lsa ham, hozirgi paytlarda turli ishlab chiqarish korxonalarida xomashyo tariqasida ishlatiladi. Masalan, suvni yuqumli kasalliklar sababchilaridan - mikroblardan tozalovchi, xloramin kabi vositalarni ishlab chiqarishda as qotadi.Xlor moddasi tashqi muhitga tushgach, xlorli bulutlarni hosil qilib, zichligi kattaroq bo'lgani bois yer bag'rilab tarqalib, barcha o'nqir-cho'nqirliklarni, yaxshilab berkitilmagan yerto'la-yu, berkinchoqlarga kirib ketadi.
Kam va o'rtacha miqdordagi xlor ko'zni achishtirib, og'riq paydo qiladi, to'sh suyagi ortida siquv sezgisi va og'riqni, tomoq qirilishini, ko'zyoshi oqishini, quruq og'ir yo'talni, ovoz payfari qisuvini keltirib chiqarishi mumkin.Katta miqdordagi xlor hajmi tez fursatlarda o'pkalarning shishishiga sabab bo'ladi. Jarayon bo'g'uvchi moddalar bilan zaharlanganidek kechadi.O'ta yuqori darajadagi xlor bug'lari sharoitiga tushib qolgan odam, qisqa vaqt ichida es-hushini yo'qotadi va nafasning barham topishi tufayliHayotdan ko'z yumadi.Xlor bilan zaharlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam tariqasida ularga havotozalagich kiydirilishi va ularni xavfsiz toza havoli joylarga ko'chirish tavsiya etiladi.
Ammiak - qitiqlash-g'ashga tegish ta'siriga ega bo'lgan gaz bo'lib, bug'lanish jarayonida hosil bo'ladigan moddalarni so'rib olish maqsadida sovitgichli korxonalarda hamda azotli o'g'itlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ammiak ta'sirida kuchli ravishda qitiqlash alomatlari kelib chiqadi (nafas yo'llari kuchli ta'sirlanadi). Kam miqdorlarda burun shamollashining yengil alomatlariga sabab bo'ladi. Shikastlanish bronxlar bo'ylab tarqaladi. Jarayon 3-5 kun davom etadi.
Ammiak katta miqdorlarda kuchli yo'talni, ko'krak qafasi sohasida og'riq va siquv sezgisini, bronxlarni - tarqalgan yiringli yallig'lanishga sabab bo'ladi. Og'ir zaharlanganda nafas - tovush paylari taranglashib, qisiladi, o'pkalarning shamollashi va shishishi vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda markaziy nerv tizimi qo'zg'olib ketadi.
Ammiak moddasidan zaharlangan taqdirda, zaharlanganlarni tezda, zudlik bilan toza havoga olib chiqib. qisib turgan kiyim-kechaklardan forig' etish, kislorod berish tavsiya qilinadi. Ko'z shilliq qavati zararlangan paytlarda, uni yaxshilab, obdan suv bilan yuvish kerak. Tuzilmalar ammiakli sharoitlar vujudga kelib chiqqan sharoitlarda, havotozalagich va himoya kiyimlarida xizmat qilishlari lozim.
Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə