Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд кунига бағишланган байрам эрталиги



Yüklə 54,24 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü54,24 Kb.
#164529
  1   2   3
З.М.Бобур.тавалуди.


Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag’ishlangan bayram ertaligi
Zal bayramona bezatilgan saxna o’rtasida Zahiriddin Muhammad Bobur portreti. Gullar. Bolalar zalga bayramona musiqa ostida kirib keladilar.


BOLALAR «GULLA YaSHNA O’ZBEKISTONIM».
SAXNA KO’RINISHI QO’SHIG’INI KUYLAYDILAR.


CHopar: Suyunchi, suyunchi bering olampanox!


B. Otasi: Tinchlikmi? Qanday xabar bor!


CHopar: Farzand muborak, bo’lsin olampanoh.


B. Otasi: A, nima deding o’g’ilmi, qizmi, so’yla tezroq!


CHopar: O’g’il, olampanox!


1-vazir: Valiaxd muborak, xazratim.


2-vazir: SHaxzoda muborak olampanox.


B. Otasi: Qulluq, qulluq. Tangriga ming karra shukr. Endi nima deb ism ko’yamiz?


Munajjim: Yulduzlarni ko’rib va kitobga qarab shunday fikrga keldikki, go’dakka “Zaxiriddin Muhammad” deb nom bermoq kerakdur.


B. Otasi: Ma’qul, xo’p ma’qul.

(Beshikda go’dak yotibdi, musiqa yangrab turadi.)




B. Opoqidadasi: Ismi ne bo’ldi.


B. Otasi: Zaxiriddin Muhammad.


B. Opoqidadasi: Qutlug’ bo’lsin, ulug’larning ismi, nasib etsa inshoolla, yo’lbarsdek, bahodir bo’ladi. E.. aytgandek, Bobur «Yo’lbars» deganidir. Uni “Bobur” deb chaqirsak ham bo’ladi.


1

B. Otasi: Yo’lbars?! Xon ota yo’qsa Zaxiriddin Muhammad Bobur deb ataylik.

(B.Opokidadasi beshik ustidan tangalar sochadi. Kanizaklar terib oladilar).




B. Opoqidadasi: Bahodir sarkarda bo’lsin.


B. Otasi: Olamgir podshox bo’lsin.


B. Buvasi: Nuridiydam olim bo’lsin.


B. Onasi: Bolaginam shoir bo’lsin.


Boshlovchi: Aziz bolalar! Mana bugun shoir bobomiz Zaxiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlari. U 1483 yili 14 fevralda Andijon shahrida tug’ilgan. U Amir Temurning evarasi bo’lgan. Judayam ko’p asarlar yozib qoldirgan. 1530 yil 26 dekabrda 47 yoshida Hindistonning Agra shahrida olamdan o’tgan. Uni Qobul shaxriga dafn etishgan. Ulug’ shoir, tarixchi, olim, Boburiylar davlatining asoschisi bo’lgan.

Hamma Alpomishlar tirilib qaytar.


Tepsinib turadi hamma Boychibor.
Bir kuni ko’z yoshsiz, qo’shiqlar aytar.
Farzandin borligin, sezgan bu diyor.


Bola: Assalomu alaykum, ming bor extirom.
Sizga ta’zim qilar, baxtiyor avlod.
Dilimizda qutlug’, nomingiz mudom
Zaxiriddin Muhammad Bobur bobojan!


Bola: Sizga doim qilurmiz ta’zim,
Ma’rifat mash’ali yongin charog’on
CHorag’bon yurtimga Vatanimga shon,
Nomingiz ulug’dir Bobur bobosan.



Yüklə 54,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə