Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnalogiyalari va kompyuter injineringi



Yüklə 175,5 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü175,5 Kb.
#117995
Ochiq dars ishlanmasi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI TALABASI
QODIROVA SARVINOZ NING
O'QUV AMALIYOTIDA TAYYORLAGAN

OCHIQ DARS ISHLANMASI


Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuzi
Ish rahbari:Ataboyeva D

ANDIJON-2023


Titul
Viloyat: Andijon viloyati
Tuman: Buloqboshi tumani
Ish joyi:XTB ga qarashli 55-IDUM
Lavozimi: Matematika fani o’qituvchisi
Familiyasi,ismi va sharifi: Qodirova Sarvinoz Boxodir qizi
Fan: Matematika
Sinf: 6-sinf
Ochiq dars ishlanmasi mavzusi: Aylana uzunligi va doira yuzi
O’quvchilar soni: 20-22 ta
Annotatsiya: Ushbu noan’anaviy dars ishlanmasida o’quvchilarga “Aylana uzunligi va doira yuzi” mavzuda o’quvchilarning bilim,ko’nikma va malakalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi . Darsda qo’shimcha didaktik materiallardan foydalanildi. Fanlar bilan uzviy bog’lanishga harakat qilindi. Elektron darslik va slaydlardan samarali foydalanishga harakat qilindi.Kompyuter texnikasidan taqdimot ko’rinishida foydalanildi. Boshqa darslardan farqli ravishda o’quvchilarning har biriga alohida topshiriqlar berildi va o’quvchilarning 80 foizini ballashga erishildi.Dars mazmunini hayotga,turmushga va texnikaga tadbiq qilishga e’tibor qaratildi. O’quvchilarda ma’naviy,siyosiy,iqtisodiy dunyoqarashini boyitishga e’tibor qaratildi

Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuzi.


Darsning ta`limiy maqsad: O`quvchilarning o`tgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini mustaxkamlash. O`quvchilarning aylana uzunligi va doira yuzi bo‟yicha bilim va ko`nikmalarini shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsad: Milliy istiqlol g`oyasi bo`yicha yuksak ma`naviyatli, bilimli insonlar bo`lishga o`rgatish. Vatanni qadrlashga, shu vatanga sodiq farzand bo`lishga o`rgatish. Matematika faniga bo`lgan qiziqishini oshirish. O`quvchilarni aylana va doira yuziga doir olgan bilimlarini kengaytirish.
Darsni rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning hisoblash malakasini rivojlantirish. O’quv jarayonining mazmuni:Aylana uzunligi va doira yuziga doir misol va masalalar yechish. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Darsning metodi: Guruh bo`lib ishlash, ta‟limiy o„yinlardan klaster, aqliy hujum, mustaqil ish.
Darsning jihozi: Darslik, misollar yozilgan ko‟rgazmalar, turli shakllar, texnika vositasi
Nazorat: Og‟zaki, misollar yechish, savol-javob, muhokama, kuzatish. Baholash : Rag‟batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutilayotgan natijalar: O’quvchilar aylana uzunligu va doira yuzi va ularga doir masalalar yechish usullari haqida tasavvurga ega bo‟ladilar.
Darsning texnologik xaritasi: (45 min)
1 Tashkiliy qism 5 min
2 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10 min
3 Yangi mavzuning bayoni 15 min
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 10 min
5 Uyga vazifa 5 min
1.Tashkiliy qism:
a) salomlashish
b)davomatni aniqlash
v)Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, siyosiy bilimlarni aniqlashdan boshlanadi.
Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuzi 738-756 misol-masala

Darsni Aylana va doiraga ta’rif berishdan boshlab o’quvchilarni guruhga bo`lib, musobaqaa tarzida olib boraman.


1-Guruhning nomi – “Oy”
2-Guruhning nomi – “Quyosh”
O’tgan mavzuni mutahkamlab olamiz.
I – bosqich: I –“Oy” guruhi uchun
Savol: Uchburchakning tomonlariga ko‟ra turlarini ayting.
II – “Quyosh” guruhi uchun
Savol:Uchburchakning burchaklariga ko’ra turlarini ayting.
Guruhlar olgan ballarni hisoblab, g`olib guruh nomi va olgan ballarini e`lon qilinadi.
Yangi mavzuning bayoni: Aylana deb berilgan nuqtadan teng uzoqlikda yotuvchi nuqtalar to’plamiga aytiladi.


Radius: R yoki r harf bilan belgilanadi


Aylana uzunligini toish uchun diametrini π soniga kopaytirish kifoya:
C= π*d buyerda π=3,14 ga teng.
Aylananing tekislik bilan chegaralangan qismi doira deyiladi .
Doiraning yuzini toppish uchun π sonini radiusining kvadratiga ko’paytirish kifoya
S= π*r2

738-misol.Aylana deb qanday shaklga aytiladi?


I – guruh “Oy” Javob beradi
2-savol Doira deb nimaga aytiladi ?
II – guruh “Quyoshl” Javob beradi
Guruhlarni ballarini umumlashtirib g`olib guruhni nomi va balini e`lon qilish.
739-misolni slayd orqali yozib ko`rsatish
Radiusi 5sm bo‟lgan aylana uzunligin toping?
I – guruh “Oy” Javob beradi:
a) 20 π b) 10 π c) 15 π d) 5 π
740-misol. Diameri 7dm bo’lgan aylana uzunligini toping?
2 – guruh “Quyosh” Javob beradi

  1. 20 π b) 10 π c) 7 π d) 5 π

741misolni doskada guruhlar to`g`ri va tеz ishlashini nazorat qilish

  1. guruh «OY»

Uzunligi 3,14 sm bo‟lgan aylana diametri necha sm ga teng?
Yechilishi C=3,14sm :
C= π*D
Π=3,14
3,14sm=3,14*D
D=?
D=1sm
II-guruh “Quyosh” Uzunligi 62,8 sm bo‟lgan aylana radiusi necha sm ga teng?
Guruhlarni har bir ishlagan masalalarini tеkshirib borish hamda noto`g`ri ishlagan guruhlarni balini pastroq qo`yib g`olib guruhni e`lon qilish.

745-masala. Guruhlar o`rtasiga tashlab mustaqil to`g`ri va tеz ishlashini tushuntirish.


Radiusi 3sm, 10 sm bo‟lgan doiralarning yuzini toping?
Guruhlarni har bir ishlagan masalani tеkshirib borish hamda noto`g`ri ishlagan guruhlarni balini pastroq qo`yib g`olib guruhni e`lon qilish.

  1. Mustahkamlash

Kim chaqqon?
Bo’yalgan sohaning yuzini toping?
Bunda r =5sm, R=8sm
Guruhlarni boshqotirma masalani to`g`ri yechganini tushuntirib g`olib guruh e`lon qilinadi.
Guruhlarni umumiy olgan ballari jamlanadi, g`olib bo`lgan guruh rag`batlantiriladi va ballar sinf jurnaliga, o’quvchilarning rеyting daftariga qo`yib bеriladi.
Uyga vazifa: 752-753-misol va masala
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Karimov. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch
2. Darslik 6-sinf matematika
3. Davlat Ta'lim Standarti va o'quv dasturi
4. Qiziqarli matematika
Yüklə 175,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə