Yuqori temirli qalay boyitmasini yalligʻ qaytaruvchi pechda eritish jarayonini tanlash mundarija


Yallig‘ qaytaruvchi pechlarda eritish



Yüklə 351,2 Kb.
səhifə4/13
tarix22.03.2024
ölçüsü351,2 Kb.
#182796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yuqori temirli qalay boyitmasini yalligʻ qaytaruvchi pechda eritish jarayonini tanlash

Yallig‘ qaytaruvchi pechlarda eritish.

Yallig‘ qaytaruvchi pech shixtasiga boyitma, flyus va aylanuvchi materiallar kiradi. Boyitma tarkibida mis %, temir %, S %, SiO2 %, Al2O3 % CaO %.


Flyus sifatida oxak, tarkibida oltin bo‘lgan kvarsli ruda va kremniy (II) oksidi ishlatiladi.
Aylanuvchi materiallar sifatida konvertor shlaki, turli xil chiqindilar, chang va temir tersaklar ishlatiladi.
SHixta tayyorlash lentali konveyerlarda amalga oshiriladi. Maxsus bunkerlardan boyitma flyus va aylanuvchi moddalar tarozilardan o‘tgach, yig‘ma konveyerlarga yuklanadi. Konveyrlarda xarakatlanish, qayta yuklanish paytida va yallig‘ pech bunkeriga joylanish davrida shixta yaxshi aralashadi. Bu sistema oson va kam xarajat talab qiladi, lekin shixtani bir xil tarkibda ushlab turish qiyin.
Yallig‘ qaytaruvchi pech – olovbardosh g‘ishtlardan yasalgan fazali eritish agregatidir. Pech fundamentdan, yon devorlardan, tubi (leshad) dan, svod (tom) dan, gaz chiqarish tuynugi (apteyk) dan, metall karkasdan, shixtani yuklash va eritish maxsulotlarini chiqarish qurilmalaridan, yoqilg‘ini yoqish uchun gorelka (forsunka) lardan tuzilgan.
Fundament (pech asosi) tarkibida shlak, beton bo‘lgan g‘ishtlardan tayyorlanadi. Fundament tagi zichlanadi va yer osti suvlaridan xoli bo‘lishi kerak. eritmalarni tashishni osonlashtirish maqsadida fundament 3-4 m balandlikda quriladi.
Pech devorlari xromomagnezitli, magnezitli va magnezitoxromitli g‘ishtlardan pech fundamentini ustidan ko‘tariladi. Pechni pastki qismidagi devorlarini qalinligi 0,75 –1 m eng ustki qismi 0,5 – 0,6 m ni tashkil qiladi. Bu devorlarni ishlash muddati shixtani yuklash usuliga va uni sifatiga bog‘liq. Yuklangan shixta pech devorlarini yuzasida qatlam hosil qiladi, bu olovbardosh g‘ishtlarni tez yemirilishdan saqlaydi. Bundan tashqari pech devorlariga tashqi kessonlar ham o‘rnatish mumkin.
Pech tubi kvarsli qumdan yoki maxsus g‘ishtlardan 0,6-1,5 m qalinlikda tayyorlanadi. Pech tubi quyidagicha quriladi: pech fundamentiga dastlab bir necha qator qurilish so‘ngra olovbardosh g‘ishtlar taxlanadi, so‘ngra 100 mm qalinlikda qaynoq kvars qumni 10-15 % olovbardosh loy va 5 % gacha suyuq oyna (stekla) aralashmasi zichlanadi. Zichlangan leshedni umumiy qalinligi 800 mm atrofida bo‘ladi. Leshedni monolit ko‘rinishiga keltirish uchun, u dastlab quritiladi, so‘ngra qism-qism qilib payvandlanadi, so‘ngra 10-15 sutka davomida 1500-15500C xaroratgacha sekinlik bilan qizitiladi va xuddi shunday sekinlikda sovutiladi. Bunday ishlov berilgan pech tubidagi kvarslar kristallanadi, va monolit ko‘rinishiga keladi. Leshedni g‘ovakligini yo‘qotish uchun pechda dastlab tez eruvchi aylanma materiallar eritiladi va astalik bilan sovutiladi. Natijada shlak g‘ovaklarni to‘ldiradi va shteynni ushlash uchun kerakli zichlikka ega bo‘ladi.
Pech kerakli mexanik mustaxkamlikga va qattiqlikka ega bo‘lishi uchun olovbardosh g‘ishtlar usti metall karkas bilan qoplanadi. Bundan tashqari pech shveller, payvandlash va qoqiluvchi kolonnalar kerakli pech qismidan beton fundament va tom (svod) bilan po‘lat tyagalar bilan bog‘lanadi. Buning sababi pech qiziganda issiqlik ta’sirida kengayishiga qarshilik qilishdir. Pechni eng kerakli joyi svod (tub) dir. U yoysimon, osiluvchan va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Gorelka (forsunka) lar yoqilg‘ini yoqish uchun ishlatilib, (4-8 dona) pechni oldingi devoridagi darchalarga 3-5 qiyalikda o‘rnatiladi, chetdagi gorelkalar pech markaziga to‘g‘irlanadi. Gorelkalar iloji boricha mustaqil tayanchlarga o‘rnatilishi kerak, chunki pechni issiqlik ta’sirida kengayishi gorelka olovini yo‘nalishini o‘zgartirmasligi kerak.
CHiqindi gazlar pechni orqa tomonidan gazoxoddan chiqarilib, kotel utelizatorga issiqlikni ishlatish uchun jo‘natiladi. Pechdan chiqayotgan gazlar xarorati 1200-12500C bo‘lib, o‘zi bilan yoqilg‘ini yonishidan ajraladigan issiqlikni 70 % ini olib chiqib ketadi. Bu issiqlikni pechga qaytarish pechni ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Pechga yuklash pech yon tomonlaridagi uzunasi bo‘yicha joylashgan teshikchalarda amalga oshiriladi. Bu teshikchalar 200x200 mm yoki 250x250 mm o‘lchamda bo‘lib bir-biridan 1-1,2 m masofada joylashgan. Shixta teshikchalarga yuklash yuklash voronkasi (patrubka) da taqsimlanadi.
SHixtani yuklashni kuzatish va voronkalarni tozalash kuzatish derazalarida amalga oshiriladi.
Tarkibida mis kam bo‘lgan dastlabki moddalarni iste’mol qiladigan, bir qator zavodlarda qo‘llaniladi. Olmaliq sharoitida boyitmada misni miqdori borgan sari kamayib borayapti. SHuning uchun uni birinchi pog‘onada kuydirish ishlab chiqish samaradorligini oshirish mumkin.
Dastlabki pog‘onada boyitmani kuydirish, mis miqdori yuqoriroq bo‘lgan ogarokni olish, misi ko‘proq bo‘lgan shteyn va sulfat kislotasi olishi mumkin bo‘lgan texnologik gazlarni olishga imkon yaratadi.
Kuydirish davomida oksid yoki sulfat quyidagi yakunlovchi reaksiyalar orqali o‘tadi:
MeS + 1,5O2 = MeO + SO2
2 SO2 + O2 = 2 SO3
MeO + SO3 = MeSO4
Birinchi reaksiya deyarlik bir tomonlama oqib o‘tadi. Ikkinchi reaksiya uchun:
Kr = P2so3 /Pso2 * Po2
Qayerdan
Pso3 = P so2 Kr * Po2
Kuydirish uchun eng mos dastgox - bu qaynovchi qatlamli (KS) pechdir. kuydirish xarorati 650 - 750 0C (sulfatlash) va 850 - 10500C (oksidlanish).
Kuydirish jarayonlari AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda keng tarqalgan. Sulfatli kuydirishda misni 94 - 98 % suvda eriydigan birikmalarga o‘tadi, qaysilardan elektroliz orqali erkin holatda ajratib olinadi. Olmaliq sharoitida kuydirish jarayonini qo‘llash rejalashtirilmagan shixta yuklanadi.
Yallig‘ pechda katta xajmda organik uglerod yoqilg’i ishlatiladi. Bu jarayonda ajralib chiqqan issiqlikni ta’sirida, pechni ishchi xajmi va vannasida turli fiziko - kimyoviy o‘zgarishlar oqib o‘tadi: namni parlanishi, shixtani isishi va erishi, kimyoviy o‘zgarishdar va shixta komponentlarni bir-biri reaksiyaga kirishi, shteyn va shlakni paydo bo‘lishi, gaz fazasini shixta va eritma bilan o‘zaro ta’siri va nihoyat qattiq, suyuq va gaz fazalarni pechni futerovkasi bilan.
Namlik shixtani yuklashda ko‘proq suv bog‘lari parlanadi va oltingugurt birikmalari bilan sulfat kislotali bug‘larni payda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Moddalarning parchalanishi ham jarayonning birinchi daqiqalarida o‘tadi. Bu jarayonlar batafsil keyingi bo‘limlarda ko‘rib chiqiladi.



Yüklə 351,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə