«Yol qurilish iqtisodi va ishni tashkil qilish» fanidan 5580600 «Тransport inshootlaridan foydalanish» va



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/35
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#159504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
«Yol qurilish iqtisodi va ishni tashkil qilish» fanidan 5580600 -fayllar.org

Nazorat uchun savollar. 
1. Yol xojaligi bilan avtomobil transportining ozaro bir – birlariga ta’siri qanday?
2. Mamlakat avtomobil kompleksining rivojlanishi va faoliyati samaradorligining
asosiy mezoni nimadan iborat?
3. Yol xojaligi oz tarkibiga nimalarni oladi?
4. Yol xojaligining mahsuloti deb nimadan iborat?
5. Avtomobil yollarining moddiy va ma’naviy eskirishi nimadan iborat?
6. Yol xojaligidagi iqtisodiy munosabatlar xususiyatlari qanday?
7. Avtomobil yollari qurilishiga, ta’mirlanishiga va ularni yaroqli holatda tutish
uchun qaysi manbaalardan mablaglar jalb etiladi?
Mavzu-2. Yol xojaligi boshqaruv ob’ekti sifatida.
Reja: 
2.1. Avtomobil yollarining rivojlanishini boshqarishning mohiyati va vazifalari.
2.2. Yol xojaligida maxsuslashish va kooperatsiyalashish.
2.3. Yol xojaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish.
2.4. Yol ishlarini rejalashtirish.

Asosiy atamalar va tushunchalar: «Ozavtoyol» DAK, xududiy sho’ba
korxonalar, yol tashkilotlari, pudrat shartnomasi, buyurtmachi, pudratchi, shartnomaviy
narxlar, markazlashtirish yoki yiriklashtirish (konsentratsiya), maxsuslashtirish,
kooperatsiyalashtirish, ABТ (ASU) axborot tizimlari, iqtisodiy me’yorlar, (limitlar)
cheklashlar, ishlab chiqarish bazasi, ABZ; SBZ, omborxonalar, elektr stansiyalari, talab,
quvvat, joylanish (dislokatsiya), solishtirma xarajatlar.

Avtomobil transportining kundan – kunga ortib borayotgan talablari asosida


avtomobil yollarini rivojlantirish va ularning transport tasarruf korsatkichlarini oshirib
borish asosan «Ozavtoyol» Davlat aksionerlik kompanpiyasi tomonidan tashkil etiladi.


17
Respublika miqyosida va mahalliy ahamiyatga ega bolgan avtomobil yollari


qurilish, mamlakatdagi yollar va yol inshootlarini ta’mirlash va yaroqli holatda tutish
ham «Ozavtoyol» Davlat aksionerlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yol xojaligini boshqarishning prinsipial sxemasi 2 – rasmda ifodalangan.
Viloyatlarda va Respublika tumanlarida yol ishlarining toliq kompleksini
bajaruvchi (Umumdavlat ahamiyatiga ega bolgan yollardan tashqari) asosiy ishlab
chiqarish birligi (korxonasi) bolib yol ta’mirlash qurilish tashkilotlari sanaladi (YТ+Т).
Mamlakatimizda korxona va tashkilotlarning huquq va vazifalarini belgilovchi
asosiy xujjat Davlat korxonasi (korxonalar birlashmasi) haqidagi qonun «Ozavtoyol»
DAK ga qarashli sho’ba (viloyat) korxonalari va YТ+Т larida toliq amal qiladi. YТ+Т
larining va yol xojaligi ishlab chiqarish bazasi korxonalarining quyi bolimlari avtomobil
yollarining rivojlanganlik darajasi, ularining transport tasarruf holati va mahalliy
tashkiliy ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.
Ilmiy izlanish, loyiha-izlanish, ishlab-chiqarishga ilmiy-izlanish, loyiha-texnologik
ishlanmalarini joriy etish va boshqa ilmiy-texnik progressini jadallashtiriruvchi
tadbirlarni joriy etish «Ozyolloyixa» tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish texnikalarini ta’mirlash, avtomobil yollarini qurish, ta’mirlash va yaroqli
holda tutib turish uchun maxsus mashinalar tayyorlab, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish
materiallarini qazib olish, qayta ishlash va qurilish materiallarini tayyorlash boyicha
alohida ishlar kompleksi maxsuslashtirilgan boshqarmalar kuchlari bilan bajariladi.
Shahar yol xojaligi (shahar yollari va kochalari, maydonlar, qirgoq inshootlari,
kopriklar, yol otkazgichlar, tonnellar, obodonlashtirish elementlari sifatida) ishlab
chiqarishdan tashqari sfera tarmogi bolgan kommunal xojalikka qarashli bolib, uni
boshqarish shahar hokimiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Korxona va idoralarga tegishli avtomobil yollarining qurilishi (sanoat
korxonalarining yol xojaligi, maxsus kirish-chiqish yollari) korxonalarning buyurtmasi va
tuzilgan shartnomalar asosida har xil vazirliklarga qarashli bolgan maxsuslashgan yol
tashkilotlarining yoki korxonalarning oz kuchlari bilan qurilishi mumkin. Хuddi shu
tartibda yollari va yol inshootlarini ta’mirlash va yaroqli holda tutib turish ishlari ham
bajarilishi mumkin. qurilish qatnashchilarining tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari tizimi
qurilishni amalga oshirishning usuliga qarab aniqlanadi. qurilishni olib borishning ikki
usuli mavjud: pudrat usuli va xojalik usuli.



18
Qurilishning pudrat usulida qurilish - ta’mirlash, montaj va maxsus ishlar doimiy


amal qiluvchi, moddiy - texnika bazasiga, ishchi kadrlar va kerakli resurslarga ega bolgan
tashkilot tomonidan bajariladi. Pudratchi qurilish, qurilish - montaj, qurilish - ta’mirlash
tashkilotlari, buyurtmachi tashkilotlar uchun tuzilgan pudrat shartnomalari asosida kapital
qurilish ishlarini bajaradilar. Pudrat shartnomasi buyurtmachi bilan pudratchi ortasidagi
munosabatlarni,
shartnoma
majburiyatlarini
bajarilmaganlik
uchun
iqtisodiy
javobgarlikni belgilovchi asosiy xujjat sanaladi.
Pudrat shartnomasi byurtmachi va bosh pudratchi ortasida yangi qurilish,
rekonstruksiya, korxona, bino va inshootlar yoki ularning navbatlarini texnik jihatdan
qayta jihozlanishi uchun zarur bolgan toliq muddatga tuzilib, ob’ektlar qurilishi rejasiga
kiritilgan va tasdiqlangan titul royxatiga ega bolishlari kerak. Buyurtmachi odatda, pudrat
shartnomasini bitta qurilish - montaj yoki unga tenglashtirilgan tashkilot - bosh pudratchi
bilan tuzadi. Oz navbatida, bosh pudratchi alohida ish turlari va komplekslarini bajarish
uchun umumqurilish va maxsuslashgan tashkilotlar bilan subpudrat shartnomalari tuzish
huquqiga ega. Bosh pudratchi bilan kelishilgan holda, buyurtmachi montaj va maxsus
ishlarni bajarish uchun montajchi va maxsuslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar
tuzishi mumkin (togridan-togri shartnoma). Bunday holatlarda uskunalar montajining
boshlanishi va tugallanish muddatlari bosh pudratchi bilan kelishiladi.
Pudrat shartnomasiga kora bajarilishi bolgan ishlarining qiymati shartnomaviy
narxlar asosida aniqlanadi. Qurilishning boshlanishi va qurilish muddatlari titul royxatiga
muvofiq ravishda pudrat shartnomasida belgilanadi.
Buyurtmachi tuzilgan pudrat shartnomasiga muvofiq ravishda bosh pudratchiga
qurilish maydonini (trassani) taqdim etib, tasdiqlangan loyiha-smeta xujjatlarini yetkazib
berishi, qurilishni moliyalashtirishni oz vaqtida ochilishi va betoxtovligini, hamda
bajarilgan ishlar uchun oz vaqtida oq tolanishini ta’minlashi kerak. Unlardan tashqari,
buyurtmachi bosh pudratchiga qurilish ob’ektining va ishlab-chiqarish quvvatlarining
ishga tushirilishi bilan muvofiqlashtirilgan jadval (grafik) asosida uskuna materiallar va
buyumlarni kompleks ravishda yetkazib berishi va boshqa bir qator tashkiliy tadbirlarni
amalga oshirishi lozim.
Buyurtmachining eng muxim funksiyalari bu bajarilgan ishlar qiymatining loyiha -
smeta xujjatlariga, qurilish me’yorlari va qoidalariga hamda davlat standarti va texnik
shartlarga mos kelishligi ustidan texnik nazorat olib borish va tekshirish sanaladi. Agar



19
muvofiq kelmasliklar aniqlansa, buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni togrilash


togrisida korsatma berishi, zarur bolgan xolatlarda esa qurilishni kamchiliklar
tugatilmaguncha toxtalib turishi, bajarilgan ishlarga haq tolashni toxtatishi mumkin.
Bosh pudratchi rejada va titul royxatida kozda tutilgan qurilish ob’ektlarini
tasdiqlangan loyiha-smeta xujjatlari va qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq
ravishda belgilangan muddatlarda qurishi va ishchi kommisiyaga topshirishi kerak.
Bosh pudratchi qurilish - montaj ishlarini, qurlishning muddat me’yorlari bilan
muvofiqlashtirilgan holda tuzilgan, ishlarni bajarish grafigi asosida amalga oshirilishini
ta’minlashi kerak. Bu grafik buyurtmachi va subpudratchi tashkilotlar bilan kelishilgan
holda tuzilishi kerak.
Bosh pudratchi qurilish-montaj ishlarini bajarish bhiei tasdiqangan rejalar va
grafiklarning bajarilishi bilan bogliq gan masalalarni etishga barcha qish
qatnashchilarining faoliyatlarini, u tashkilotlarning qaysi vazirlik yoki idoraga tegishli
bolishidan qat’iy nazar, muvofiqlashtirishni bilan shugullanadi.
Pudrat shartnomasini tuzish tartibiga rioya qilmaslik, tomonlarning oz
majburiyatlarini bajarmasligi Davlat intizomining buzilishi sanalib, shu buzilishiga yol
qoygan tomon uchun mulkiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ob’ektlarni xojalik uslubida bunyod etilganda, qurilish-montaj ishlarini bajarish
korxonalar va tashkilotlarning oz kuchlari bilan amalga oshiriladi. Хojalik usulida
bajariladigan qurilishning salmogi yuqori emas. Investitsion siyosatdagi ozgarishlar,
bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xojalik mustaqilligining kengayib borishi,
qurilish - montaj ishlarini, birinchi navbatda, korxonalarni rekonstruksiya qilish va texnik
qayta jihozlash ishlarini korxonalarning oz mablaglari hisobiga amalga oshirishda, bu
usulni rivojlantirish zaruriyatini taqozo qiladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etishning
progressiv korinishlari bolgan: konsentratsiyalashuv, kooperatsiya va maxsuslashtirish
bilan ozaro chambarchas bogliq.
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish mehnat taqsimoti bilan ijtimoiy ishlab
chiqarishni tashkil etish va ularning samaradorligi ortasidagi boglanishlar va aloqalarni
aks ettirib, uni ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishini keltirib
chiqaradi. Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi deyilganda, qurilishning texnik,
texnologik, tashkiliy va iqtisodiy masalalarini ilmiy-texnika progressi va ilgor tajribalarni



20
joriy etish asosida samarali hal etish va ishlab chiqarish intensivligini oshirish


imkoniyatiga ega bolgan yirik qurilish-montaj tashkilotlarida moddiy-texnik va mehnat
resurslarining jamlanishi tushuniladi.
Avtomobil yollarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda bolishligini ta’minlashda
ishlab chiqarishning konsentratsiyalashganligi korsatkichlari yol tashkilotining oz
kuchlari bilan bajarayotgan ishlari hajmi, ishlovchilar soni, asosiy ishlab-chiqarish
fondlarining qiymati, ishlab-chiqarish fondlarining qiymati, ishlab chiqarish va
mehnatning mexanik va energetik jihatdan qurollanganligi kabi korsatkichlarda namoyon
boladi.
Yirik yol-qurilish va ta’mirlash qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarishni va
ishlovchilar mehnatini tashkil etish masalalarini kompleks hal etish, ishlarni bajarish
usullaridan optimal foydalanish, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Ammo yol tashkilotlarini yiriklashtirish, xizmat korsatiladigan viloyat yoki tumanning
maydon birligiga togri keladigan yol ishlari hajmiga bogliq ravishda, iqtisodiy jihatdan
asoslangan ma’lum bir olchamgacha bolishi kerak.
Cheklangan hududda yol ishlari hajmining katta bolishi yol tashkilotlarini
yiriklashtirishni iqtisodiy tomondan samarali qiladi. Aksincha bolgan holda esa yirik yol
tashkilotlarini tuzish xizmat korsatish zonasini kengaytirishni talab etadi, ishlab
chiqarishni tashkil etishni murakkablashtiradi hamda ishlab chiqarish vositalarini
kochirib yurishga boladigan xarajatlarning ortishiga olib keladi.
Maxsuslatirish deyilganda ijtimoiy mehnat taqsimotining korinishlari (formalari)
tushuniladi. Maxsuslatirish turli korinishlardi bolishi mumkin: tarmoq boyicha
(predmetlar boyicha), detallar boyicha, texnologiya boyicha.
Тarmoq (predmetlar) boyicha maxsuslashtirish qurilishning ma’lum bir tarmoqlari
boyicha amalga oshiriladi, masalan, sanoat ob’ektlari qurilishi, transport inshootlari, aholi
turar joy binolari, qishloq xojaligi komplekslari va boshqalar. Bunday maxsuslashtirish
pirovard qurilish mahsulotining konstruktiv xususiyatlariga asoslanadi: temir va
avtomobil yollari, havo, dengiz va daryo portlari, sanoat inshootlari uy-joy binolari va
boshqalar. Maxsuslashtirishning bunday korinishi qurilish-montaj trestlari, qurilish-
montaj boshqarmalari va boshqa bolimlar tizimida uchraydi. Hozirgi kunda tarmoq



21
boyicha maxsuslashtirish bosh pudratchi yol qurlish tashkilotlarda tobora keng


qollanilmoqda.
Maxsuslashtirilgan qurilish tashkiloti deb shunday tashkilotga aytiladiki, uning
yillik ish hajmining kamida 75% ni maxsuslashgan profili boyicha ishlar tashkil etishi
kerak.
Detallar boyicha maxsuslashtirish maxsuslashgan tashkilotlar tomonidan
qurilayotgan ob’ekt (inshoot)ning ma’lum bir qismi yoki detalini bajarilishini kozda
tutadi. Masalan, avtomobil yollari qurilishida detallar boyicha maxsuslashtirish kopriklar,
kichik sun’iy inshootlar va boshqa qurilishning umumiy kompleksiga kiruvchi ob’ektlar
qurilishidan iborat boladi.
Тexnologik maxsuslashtirish detallar boyicha maxsuslashtirish bilan uzviy bogliq
bolib, uni yanada chuqurlashtirilgan korinishidir. Bunday maxsuslashtirishning asosiy
xususiyati shundaki, u konkret ishlarning turlari va komplekslari boyicha amalga
oshiriladi, masalan, ishlar kompleksi boyicha maxsuslashtirishga, yol polotnosini tiklash,
yol qoplamasiga asos tayyorlash, yol qoplamasini yaratish, pardozlash ishlari va
boshqalarni kiritish mumkin. Тexnologik maxsuslashtirishning yanada chuqurlashtirilishi
ishlarni bajarish boyicha maxsuslashgan uchastkalarni, masterlar uchastkalarini va
brigadalarini yaratishdan iborat. Maxsuslashganlik darajasi, maxsuslashtirilgan
tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar hajmini umumiy ish hajmiga nisbati sifatida
aniqlanishi mumkin.
Kooperatsiyalashtirish bu har xil tashkilotlari bilan xizmat korsatuvchi xojaliklar
ortasidagi
ishlab
chiqarish
aloqalarini
rejali
ravishda
tashkil
etishdir.
Kooperatsiyalashtirish konsentratsiyalashtirish va maxsuslashtirish bilan uzviy bogliq.
Kooperatsiyaning yanada rivojlanishi maxsuslashtirish jarayonlarining yanada kengayib
va chuqurlashib borishidan kelib chiqadi. Maxsuslashtirish qanchalik chuqurlashib borsa,
xojalik hisobidagi pudratchi tashkilotlarning ozaro aloqalariga bolgan talab ham
shunchalik kop boladi. Koopersiyalashishning eng kop tarqalgan turi-bu maxsuslashgan
yol ishlari bajaruvchilar ortasida pudrat shartnomalariga, kalendar va setevoy grafiklarga
hamda pudrat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga asoslangan ozaro ishlab
chiqarish munosabatlaridir. U yoki bu darajada maxsuslashish va kooperatsiyaning
samaradorligi bajaraladigan ishlar hajmi va qurilish tashkilotining tashkiliy tuzilishiga
bogliq boladi.



22
Kooperatsiya saviyasining sifat korsatkichi bu ishlarning betoxtov bajarilib


borishi, ishlab chiqarish quvvatlari va barcha turdagi resurslardan toliq foydalanish, ishlar
bajarilishining bir maromligi, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boyicha
topshiriqlarning bajarilishi va mehnat unumdorligi boyicha osish templarining
ta’minlanishi kabi korsatkichlardir.
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish va maxsuslashtirishning iqtisodiy
samaradorligi avtomobil yollari qurilishi, ta’mirlanishi va ularni yaroqli holatda saqlab
turish tannarxining kamayishi va ishlab chiqarish asosiy fondlaridan foydalanishining
yaoshilanishi hisobiga meonat unumdorligining osishida kozga tashlanadi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullariga otish bilan bir qatorda, yol xojaligida
boshqaruv tizimini takomillashtirishda boshqaruvning avtomatlashgan tizimini yaratish
nihoyatda muhim ahamiyatga ega (ABТ).
Avtomatlashgan boshqaruv tizimi alohida korxonalarni yoki tarmoqni
boshqarishga moljallangan bolishi mumkin. Тarmoqni boshqarish avtomatik tizimi EХM
yordamida iqtisodiy matematik metodlarni keng qollab, zamonaviy aloqa vositalari va
avtomatikadan foydalanib, tarmoqning rivojlanishi va faoliyat olib borishini eng kam
xalq xojaligi xarajatlari bilan ta’minlash imkonini beradi. ABТ ni ishlab chiqish va joriy
etishda boshqaruv ob’ekti (butun tarmoq yoki alohida tashkilotlari) amaldagi boshqaruv
tarkibini, ishlab chiqarishning konsentratsiyalashganligi va maxsuslashganligini hisobga
olgan holda kichik tizimlarga (podsistemalarga) bolib chiqiladi. ABТ ikki guruhga
ajratilishi mumkin: axborot va axborot-boshqaruv. Axborot tizimi oz navbatida axborot-
hisobot va axborot-bashorat tizimlaridan iborat bolishi mumkin.
Axborot-hisobot tizimi axborotlar oqimini ratsionallashtirish, qaytalanishni
toxtatish, axborotni samaralash, alohida korsatkichlarni hisoblash va hokazolarga
imkoniyat yaratadi. Bu tizimlar avtomatik tarzda axborotlarni yigish, uzatish, qayta
ishlash va hisob-kitob va hisobot axborotlarini tayyorlab berishni kozda tutadi. Bunday
tizimlarning joriy etilishi, xususan, nazorat jarayonlarini, moddiy-texnika resurslarini
yetkazib berish grafiklarini bajarilishi va hokazolarni tekshirib turishni avtomatlashtirish
imkonini beradi.
Axborot-bashorat tizimi bashorat masaalalrini avtomatlashtirish, birinchi
navbatda, tarmoq rivojlanishining optimal strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiy
normativlar tizimi hisobini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.



23
Axborot boshqaruv tizimi axborotlarni avtomatik tarzda yigish va qayta ishlash


natijalariga asoslanib boshqaruv ob’ektining optimal rejimda faoliyat korsatishini
ta’minlashga qaratilgan boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Axborot bazasi, texnik vositalar kompleksi matematik ta’minot ABТ ning
ta’minlovchi qismi sanalib, u quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-axborot ta’minoti-normativ va amaliy qiymatlar, boshqaruv masalalarini hal etish
uchun zarur bolgan iqtisodiy hisob-kitoblarni markazlashgan holda bajarish imkonini
yaratadi;
-matematik ta’minot-algoritmlar kompleksi va programmalar;
-texnik ta’minot-korxonalarni zaruriy EХMlar bilan, axborotlarni toplash va qayta
ishlash uchun kerak bolgan uskunalar, ishlab chiqarishni distansion nazorat etish va
nozimlashtirish uskunalari bilan ta’minlash;
-uslubiy (metodik) ta’minot-ABТ xizmati va boshqaruv xodimlarini butun tizim
miqyosida va alohida kichik tizimlar (podsisitemalar) instruktiv va metodik xujjatlar
kompleksi bilan ta’minlash.
Yol xojaligida «Хodimlar», «Yol» deb nomlangan axborot-qidiruv tizimlari joriy
etilgan hamda bir qator moliyaviy-iqtisodiy masalalarning yechimi avtomatlashtirilgan.
Davlat buyurtmalari transport aloqalarini rivojlantirishda birinchi navbatda turgan
ijtimoiy talablarning qondirilishini kafolatlaydi, ya’ni xalq xojaligi nuqtai-nazaridan eng
muhim bolgan avtomobil yollarini rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishi. Bularga,
asosiy fondlarni ishga tushirish, markazlashgan kapital mablaglar hisobiga ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlari qurilishlariga ajratilgan holda ishlab chiqarish
quvvatlarini ishga tushirishni kiritish mumkin; muhim (titullari korsatilgan) yollarni
ta’mirlash boyicha natural korsatkichlarda ifodalangan ish hajmlari.
Uzoq muddatli iqtisodiy normativlar butun besh yillik mobaynida umumdavlat
manfaatlarini xojalik hisobidagi korxonalar va har qaysi ishlovchining manfaatlari bilan
stabil normativlar orqali boglaydi. Ular oz tarkibiga ishlab chiqarish iqtisodiy
korsatkichlar tizimida proporsiyalarni aniqlovchi iqtisodiy ragbatlantirish fondlari hosil
qilish normativlari, ish oaqi fondi va boshqa normativlarni oladi.
Limitlar-davlat rejasiga kiritilgan yollar qurilishi va rekonstruksiyasiga davlat
investitsiyalarining miqdori, hamda yol qurilishi va ta’mirlash ishlab chiqarish talablarini



24
qondirish uchun markazlashgan holda taqsimlanadigan moddiy resurslarning


chegaralarini belgilaydilar.
Hozirgi kunda yol tashkilotlarining qurilish va ta’mirlash boyicha ishlarining
hajmlari va xarakteri kun jihatdan – ularning faoliyat zonasida joylashgan xalq
xojaligining turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlardan tushadigan
buyurtmalarga bogliq. Buyurtmalarda qurilish va ta’mirlanish ob’ektlari royxati, ularning
ishlab chiqarish quvvati va ishga tushirish muddatlari korsatiladi. Yol tashkilotlari
buyurtmalarni qabul qilishda buyurtmachi korxonalarning qurilish va ta’mirlash ishlarini
bajarilishiga tayyorgarliklarini tekshiradilar: loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilishining
holati,
qurilish
uchun
ajratilgan
maydonning
mavjudligi
(qurilish
hududi),
moliyalashtirishning ta’minlanganligi va hokazolar.
Yol qurilish va ta’mirlash ishlab chiqarish rejalari yol tashkilotlarining ishlab
chiqarish quvvatlari bilan muvofiqlashtiriladi. Agar rejalashtirilgan ishlar programmasini
bajarish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari kamlik qiladigan bolsa, ammo
korxonalar manfaati ularning kengaytirishni talab etsa, u holda ishlab chiqarish
korxonalarini kengaytirish va rivojlantirish, qurilish va ta’mirlash texnikalari parkini
ostirish boyicha, hisob-kitoblarga asoslangan ishlab-chiqarish quvvatlarini kengaytirish
rejasi tuzib chiqiladi.
Yollarni qurilish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yaroqli holda saqlab turish
ishlari hajmining ortib borishi yol xojaligi ishlab chiqarish bazasi qurilish
(rekonstruksiya), ta’mirlash va yollarni yaroqli holda saqlab turishni ta’minlovchi, asfalt
va sement-beton zavodlari, tosh materiallarini qazib olish va qayta ishlash bazalari, bitum
va emulsiya bazalari, temir yol yoqasidagi sement (mineral kukun) bazalari, tosh
materiallar, yigma temir beton zavodlari va poligonlari, har xil omborxonalar, remont-
mexanika ustaxonalari, yol mashinalariga texnik xizmat korsatish punktlari va yol
xojaligi transport vositalari, hamda ularning turish joylari, ma’muriy maishiy ob’ektlar,
elektrostansiyalar, transportlar podstansiyalari, qozon uskunalari va kompressor
stansiyalari, suv otkazgichlar, artezian skvajinalari, tozalash inshootlari, maydon ichi
elektr, issiqlik va suv ta’minoti korxonalarining rivojlanishi va joylashtirilishi
muammosini keltirib chiqaradi.
Ishlab chiqarish bazasi korxonalari uzoq muddat bir yerda turib ishlaydigan
statsionar, mashina va uskunalar toplamidan tashkil topgan inventar, yigma va



25
xarakatlanuvchan bolib, yol asosi va qoplamasi qoyiladigan joy yaqinida yigiladigan oam


boladi.
Yol xojaligining bitta korxonasi yangi qurilish, ta’mirlash, yollarni yaroqli holda
tutish kabi ishlarni bajara olganligi uchun, bunday korxonalarni rivojlantirish va
joylashtirish, yol xojaligida bajariladigan toliq ishlar oajmini xisobga olgan xolda
bajarilishi kerak.
Masalani hal etish uchun birlamchi axborot zarur: hudud boyicha
iste’molchilardan korxonaning mahsulotiga bolgan talab; ishlab chiqarish quvvatlarining
turlari va olchamlari – yangi tuzilayotgan korxonalarning quvvat imkoniyatlari, yangi
qurilishi mumkin bolgan korxonalarning quvvatlari va joylashishi; barcha joylashuv
nuqtalarda quvvat imkoniyatlari boyicha bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga
boladigan solishtirma sarf-oarajatlar; har qaysi joylashuv nuqtasidan iste’molchilarga
mahsulotni tashib yetkazishga boladigan solishtirma oarajatlar.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə